Nigor ishratu ishqin bajo ketir, so‘ngra
O‘zingga Hofizi Sheroz she’rin az bar qil!
* * *
Bu jandapo‘shlar ila bo‘lma hamdam,
O‘girma rindlardan yuzni har dam.
Erur bu janda to‘n g‘oyatda iflos,
Erur pok mayfurush ko‘ngli, dili ham.
Qilursan mastlik, yoshrin o‘turma —
Ichirding boda, yutdirma zahar ham.
Chidolmaysan — tanang g‘oyatda nozik,
Hazar qil — malla to‘nlar mushti bardam.
Erur bedard bu so‘fiynamolar,
May ichganlar bo‘lishein shodu xurram!
Labi maygun-u, mastona — ko‘zing och,
Sening shavqingda may qaynar damodam.
Kelib bu hiylagarlar yolg‘onin ko‘r:
Qadahning bag‘ri qon, cholg‘uda motam.
Hayiq Hofizdagi o‘tli yurakdan,
Qozondek ko‘ksi qaynar, ko‘nglida g‘am.
* * *
Xo‘blar shahi, bir boq — bu gadoyingai rizo qil,
Kuygan bosh-oyoqsizga karam ayla, vafo qil.
Bir boqmog‘ing orzusi bu yo‘qsil dilidadir,
Boq g‘amzadaga: mast ko‘zing och — ramzu imo qil.
Bahslashsa go‘zallikda jamoling-la to‘lin oy,
Ko‘rsat yuzung-u, xalqqa tanit, yuzi qaro qil.
Ey sarvi ravon, bir nafase bog‘u chamandan
Bazm ichra kelib deki: to‘ning yirt-u, qabo qil!
Parvonavu sham’u gulu bulbul yig‘ilibdur,
Yolg‘uzlama, jono, kelib ayshimni raso qil!
Dil berguchiga tokay o‘lur jabru jafolar,
Bir ayla vafo Tangri uchun, tarki jafo qil!
Tangri haqi, dushmanlaring ig‘vosin eshitma,
Hofiz kabi o‘z yo‘qsilingga lutfu ato qil!
* * *
Dilim zulfing uchida tutdi maskan,
Quyi solma, sinur, dilbarlik et fan.
Agar zulfing kabi tortsa ko‘ngul bosh,
Qo‘lingga ol, oyoqqa solma boshdan.
Agar tunda kelur bo‘lsang charog‘dek,
Ko‘zim bo‘lgay jamoling birla ravshan.
Guliston endi menga zavq bermas,
Yuzingni ko‘rsam — olam menga gulshan.
Qading sarvini vasfiga tutinsam,
Tanim bori til o‘lgay misli savsan.
Qachon qo‘ngay shakar solgan idishga,
Chibin andisha qilsa yelpig‘ichdap.
Qilolmas ishqbozlik mojarosin
Jahonda kimsa Hofizdek muayyan.
* * *
Ey ko‘zlarimni nuri, eshitgil so‘zim bu dam,
Ichgil to‘liq piyolani, ber so‘ngra menga ham.
Aytdimki, tajriba bila so‘zlaydi keksalar,
Tingla nasihat, o‘g‘lim-u, bo‘l piri muhtaram.
Eslik kishi oyog‘iga ishq urmadi kishan,
Oshiq bo‘lishni istasang, aqlingni ayla kam.
Bermaydi mastlik kayfini tasbehu malla to‘n,
Bu ishda may sotuvchiga bo‘yningni ayla xam.
Jon birla molni do‘st qilur do‘stga fido,
So‘z tinglaguchi yorga yuz jonni bersa kam.
Sevgi yo‘lida devlarnnig ig‘vosi ko‘p erur.
Aqlingga kel, xato sariga qo‘ymagil qadam.
Sarg‘aydi bargu qolmadi shodlikni cholg‘usi.
Tosh, ayla nola, doira, g‘avg‘oni ayla zam.
Bo‘lsin hamisha toza maning jom ila to‘la,
Soqiy, sharob qoldig‘ini bizga qil karam.
Zarbof to‘n ichra mastlik ila tushsa gar yo‘ling,
Nazr ayla bo‘sa Hofizi eski choponga ham.
* * *
Xirqamni garov qo‘ygum — bir kosa sharob avlo!
Bema’ni nasihatdan menga mayi nob avlo!
Har qanchaki ko‘z tutdim — behudaga umr o‘tdi,
Bas, menga faqirlik-la bir kunji xarob avlo!
Zohidni yurak sirrin xalqqa demagayman xech,
Bu qissani aytmoqqa chang ila rubob avlo!
Shunday falak axvoli: bosh ham so‘nggi yo‘q, bundan —
Soqiyning xayoli-la qo‘llarda sharob avlo!
Bir sen kabi dilbardan ko‘nglimni uzolmasman,
Sendan bosh agar tortsam, bo‘ynimga tanob avlo!
Keksayding, ayo Hofiz, tark et mayu mayxona,
Yoshlikda xdvaskorlik, rindlik, mayi nob avlo!
* * *
Sen, ey zohid, o‘z orzuying sari bor,
Mening ham xuddi shunday maqsadim bor.
Qadah bo‘sh doimo lola qo‘lida,
Kel, ey soqiy, ketur har narsaki bor!
Meni tort endi devona safiga,
Shu mastlik yaxshidur bo‘lguncha hushyor!
Hazar qil mendan, et, ey so‘fiy, parhez,
Ki parhezdan qilibman tavba ming bor.
Kel, ey ko‘ngil, uning zulfiga bog‘lan,
Xalos bo‘lmoqqa gar bo‘lsang havaskor.
Qo‘yib tur tavbani gul mavsumida,
Davom etmas — o‘tar gul fasli nochor.
Chaman atrofidan yel o‘tganidek,
Umrning ko‘klami o‘tmoqda, ey yor.
Kel, ey Hofiz, eshit achchiq nasihat,
Nechun g‘aflatda o‘tsin umr bekor.
* * *
Bu yurt to‘la harifdir, har bir tarafda dilbar,
Qo‘shgaysiz ishqqa hissa, ishlang bu haqda, do‘stlar!
Charx ko‘zi ko‘rgan ermas bundap qiziq harifnn.
Hech ovchi qilmagandir bunday bir ov musaxxar.
Bog‘ ichra barcha guldan husn ila nozaninsan,
Pok etaginga aslo yopishmasin tikanlar!
Kimning ko‘zi ko‘ribdur, kim jondan ishlagan tan,
Gard yuqmagan taniga bir yori hur paykar.
Mendek dili yarimni quvding nega yoningdan?
Bo‘lgaymi bo‘sa yoxud quchmoq menga muyassar?
Tez kel, ko‘ngil ochar may, shodlik nafas g‘animat,
Kelgusi navbahordan kimda umidu bovar?!
Bo‘stonda tengu to‘shlar gul birla lola yanglig‘,
Har birlari tutib jom, yor ismi tilda az bar.
Gar bu tugunni yechsam, bu sirni fosh qilsam,
Ishlar chatog‘-u, dardlar ezmakda to barobar.
Hofiz tanida har tuk ul sho‘x nari qo‘lida,
Mushkul turish bu yanglig‘ bir yurtda, e birodar!
* * *
Bo‘ldi yana gul birla chamanlar bihishtoso,
Gulgun may ila jomni to‘lat, soqiyi zebo!
G‘am zangini dildai yo‘qotar ushbu qizil may,
Qutlar edi bu so‘zni baland tab’li dono!
Man’ aylaguchi may qovog‘in tosh bila ursa,
Sen xisht ila yor boshini — rahm aylama aslo!
Ongsizligimi — ilmingga boqmaydi falak hech,
Chunki ko‘zi yo‘q: yaxshi-yomon unga muammo.
Hur ila bihisht naqd bo‘libdir menga, zohid,
Nechun qilayin nasya hikoyat sari parvo?
Ul xoja kamol ahlidur, aylab yo‘lini pok,
Oltun yo‘q esa, xisht-la yo‘lin bergumiz oro.
Читать дальше