Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy - Hofiz Sheroziy

Здесь есть возможность читать онлайн «Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy - Hofiz Sheroziy» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Жанр: Поэзия, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Hofiz Sheroziy: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Hofiz Sheroziy»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Hofiz ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga Xurshid, Muinzoda, Chustiy, Vasfiy, Sh. Shomuhamedov, J. Jabborov, E. Vohidov, M. Kenjabek, O. Bo‘riyev kabi fors-tojik adabiyotining bilimdonlari tarjima qilganlar.

Hofiz Sheroziy — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Hofiz Sheroziy», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Tarsobachaye kechagina derdiki: Hofiz,
Afsuski, butxona aro ayladi ma’vo.

* * *

Ey bod, nishoni yor erursan,
Dilbar soridan chopor erursan.

Zinhor qo‘lingni cho‘zma, saqlan —
Zulfin silab, aybdor erursan.

Ey gul, yuziga ne nisbating bor?
U mushku tikanga yor erursan.

Rayhon, nimasan, qaro xatin ko‘r:
U toza-yu, ssn g‘ubor erursan.

Nargis, qanisan, u mast ko‘zlar
Kayfin surar-u, xumor erursan.

Ey sarv, u baland qad oldida sen
Bog‘ ichra kame’tibor erursan.

Ey aql, uning ishqiga berilding,
Bu choqda beixtiyor erursan.

Hofiz, senga vasl o‘lur muyassar
Gar sabrda barqaror erursan.

* * *

Umid ila ming urindimki, yor bo‘lsang deb,
Bu beqaror dilimga qaror bo‘lsang deb.

Kel endi ishq eli g‘amxonasiga — budir umid,
Bu g‘amli ko‘nglima shoyad mador bo‘lsang deb.

Tilayman uyqusi yo‘q ko‘zlarim charog‘i bo‘lib,
Umidli ko‘nglima hamdam nigor bo‘lsang deb.

Menga yarim kechada uyqudan murod shudir,
Ko‘zim yoshi kabi ko‘kraktumor bo‘lsang deb.

Yurak aqiq labing ishvasi bilan qondur,
Shikoyat aylar esam, g‘amgusor bo‘lsang deb.

Malohat iqlimi shohini qulgadur nozi,
Bu ishda sendan umid — sulhkor bo‘lsang deb.

Vazifa aylading ikki labingdan uch bo‘sa,
Vazifani qil ado: Ol, xumor bo‘lsang! — deb.

Go‘zallar ishq elini qo‘llagan chaman ichra,
Umid ila boqaman menga yor bo‘lsang deb.

Shaharda Hofiz o‘lub, arzimasman arpaga ham,
Karamlaring kutaman g‘amgusor bo‘lsang deb.

* * *

Bordim saharda bog‘ sari gul terish uchun,
Nogoh quloqqa keldi — chekar erdi bulbul un.

Bir gulning ishqiga u bo‘lib men kabi asir,
G‘avg‘o qilar emish bu chamai ichra ushbu kun.

Sayr aylar erdim ul chamanu bog‘ aro faqat,
Uylar edim u bulbulu gul haqqida butun.

Gul yor etib tikonni-yu, bulbulda yo‘q qaror,
Na gulda o‘zgarish, na u bulbuldadir sukun.

Bulbul fig‘oni qildi dilimga og‘ir asar,
Qaytdim, chidolmadim juda holim bo‘lib zabun.

Gulshanda gullar ochilar — aslo hisobi yo‘q,
Qo‘ymas tikan balosi biror gul uzish uchun.

Hofiz, suyuggch umidini tutma zamonadin,
Ming ayb bor, fazilatidir makr ila fusun.

* * *

O‘tparast dayrida ham men kabi yo‘q bir maftun,
Bo‘ldi har joyda garov xirqayu daftar may uchun.

Ayladim boda sotuvchi qo‘lida ming tavba:
Yorsiz tomchi may ichmay, demayin bazmu o‘yin!

Borladim ko‘z arig‘ini etagim birla agar,
Koshki yonimga o‘tirtilgusi sarvi mavzun.

Balki bu sir haqida sarv tili so‘zlag‘usi,
Io‘qsa parshishda til yo‘q, o‘zi g‘oyatda zabun.

Menga boda kemasin tezda ketur, dilbarsiz
G‘amdan oqmoqda ko‘zim burchida nahri Jayxun.

Qilma begona so‘zin yorga topinguchi menga.
Yo‘q ishim o‘zga bilan — menga piyola may sun!

Ranjima, nargis agar kulsa ko‘zing shevasidan,
Yurmagay ko‘r izidan kimki, ko‘zi bo‘lsa butun.

Juda yoqmish bu so‘zim — tong chog‘ida bir tarso
Maykada oldida nay, daf ila kuylardi bugun:

Gar musulmonlik esa Hofiz tutib turgan ishi,
Oh agar bo‘lsa bu kun orqasidan tonglasi kun!

* * *

Ey podshohi xo‘bon, yolg‘izlik g‘amidan dod!
Qiynaldi g‘arib ko‘nglim, kel, ayla g‘aribing yod.

Darding menga darmondir navmidlik yotog‘ida,
Yoding menga hamdamdir hajr aylar esa bedod.

Mushtoqligu ayriliq bir holga keltirmishkim,
Sabrim etagi qo‘ldan ketdi-yu, ko‘ngil barbod.

Bo‘ston guli har doim yashnab, ochilib turmas,
Munglug‘lar dilin ovla, davring ekan et imdod.

Yuz bodi sabo bunda zulfing tarab o‘ynaydur
Budir harif, ey ko‘ngul, mag‘rurligang et barbod.

Doirai taqdirda biz nuqtai pargormiz,
Lutf ulki — sen o‘ylaysan, hukm ul — qilasan ijod.

Beboshligu o‘jarlik rind olamida yo‘qdir,
Rind mazhabida bunlar bir kufr deb o‘lmish yod.

Ko‘ngil sirini, go‘stlar, kimga yechay olamda:
Har yonda yurar yorim — ko‘rmas yuzin odamzod.

Men tong yeliga oqshom qildim gila zulfidan,
Aydiki: g‘alatdir bu savdoyi kabi faryod.

Soqiy, chaman-u gulda sensiz sira ravnaq yo‘q,
Shamshodni xiromon qil, bog‘ni bezab, et obod!

Bu gardishi zumraddan qondir jigarim — may ber,
Zumrad kosadan mushkil hal bo‘lg‘usi, ko‘ngul shod.

Hijron tugadi, Hofiz, vasl islari kelmoqda,
Ey oshiqi shaydoyi, bu aysh muborakbod!

— Chustiy tarjimalari —

* * *

Sabo, degil, u kiyik ko‘zli sho‘x ra’noga:
Ravona qilding o‘zing bizni tog‘u sahroga.

Shakarfurushki, omon bo‘lsin, ul nega boqmas
Mudom shakar yeguvchi to‘g‘in shakarxoga?

Ichishda yor ila may esla mayparastlarni.
Shu xilda o‘tdi ular ham kelib bu dunyoga.

Chiroy g‘ururi magar ruxsat etmadi, e gul,
Tabassum aylamading bulbulingga — shaydoga.

Tuzog‘u donga ilinmaydi asli ziyrak qush.
Asiru band bo‘lur xulqi yaxshi zeboga.

Dilida mehri nega yo‘q — qarab topolmasman —
Ki, qancha sarvqad, oy yuzli ko‘zi shahloga.

Jamoling aybli emas, bemisol erur-ku, faqat
Vafoyu mehr uzoq ermish chiroyli barnoga.

Bu baxtu suhbatu do‘stlarni shukrin et, esla
G‘ariblaringniki, ovora dashtu sahroga.

Tarannum aylasa Hofiz so‘zini Zuhra agar,
Ajab emaski, kelur zavqi raqs Isoga.

* * *

Baxt tongidir — qani ul jomi misli oftob?
Qayda bundan yaxshi fursat; menga sun bir jom sharob.

Soqiy yoru xoli uy, mashshoq xazilkash xo‘b shirin,
Bu yigitlik davri — mayning navbati ishratga bop.

Mashq etar sozanda, yor qarsakda, mastlar raqsda,
Quvdi mastlar uyqusin noz birla soqiy beniqob.

Xos xilvat tinchu insonga tomosho joyidur.
Buki, men ko‘rmoqdaman: o‘ngimmi, yo Rab, yoki xob?

Pokiza mayning xasli birla sho‘x esgan sabo,
Yoshirur xo‘b yaxshi gul bargiga gulshanda gulob.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Hofiz Sheroziy»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Hofiz Sheroziy» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Hofiz Sheroziy»

Обсуждение, отзывы о книге «Hofiz Sheroziy» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x