Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy - Hofiz Sheroziy

Здесь есть возможность читать онлайн «Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy - Hofiz Sheroziy» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Жанр: Поэзия, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Hofiz Sheroziy: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Hofiz Sheroziy»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Hofiz ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga Xurshid, Muinzoda, Chustiy, Vasfiy, Sh. Shomuhamedov, J. Jabborov, E. Vohidov, M. Kenjabek, O. Bo‘riyev kabi fors-tojik adabiyotining bilimdonlari tarjima qilganlar.

Hofiz Sheroziy — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Hofiz Sheroziy», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Ko‘p vaqt erur daydi dilim bog‘landi-ketdi zulfiga,
Ushbu uzoq sayridan u qilmaydi hech azmi vatan.

Yo qoshlarin qarshisida qancha xushomadlar qilay?
Bermaydi hech so‘zga quloq, doim tag‘oful qildi fan.

Garchi binafsha zulflar to‘zdi shamol ila bu choq,

Ko‘nglim uning yodi bilan qashmaqdi hech o‘z ahdidan.

Yog‘di etaklardan gulob, hayron erurmankim, sabo
O‘tgan yo‘lin tufroqlarin qilmas nega mushki Xo‘tan?

Loyiq ko‘rib soqiy agar sunsa to‘la kosa zahar,
Kim may kabi ichmas uni, bo‘lmay og‘iz jonu badan?

Ruxsori orzusida dil jon birla hamdam bo‘lmadi —
Tan xizmatin qilmaydi hech, jondir uning shavqi bilan.

Men zulfidan qildim gila, hiyla yo‘li-la u menga
Dediki: Bu egri qora olmas so‘zimni hech qachon.

Tortg‘il qo‘ling, qilma jafo, oqmish ko‘zimning yomg‘iri —
Ko‘z yoshlarim qilmay madad, bo‘lmaydi hech durri Adan.

G‘amzangga bo‘lmishdir fido, Hofiz o‘gitni tinglamay,
Tig‘ ila o‘lmakka sazo har kimki so‘z uqmas ekan.

* * *

Domlalar minbar uza so‘z qilsa takror o‘zgacha,
Aylagay xilvatda turli fitna bedor o‘zgacha.

Ushbu majlisning bilimdoniga bor mushkul savol:
Tavba berguchiga tavba ne uchun or, o‘zgacha?

Mildir o‘z eshshaklariga yangi boylarni bu choq,
Qul xachirga faxr etib, noz aylar izhor o‘zgacha.

Xonaqohning soili, kel, o‘tparastlar dayrida
Bir qadah-la dilni ayla boyu dedor o‘zgacha.

Husni bepoyoni qancha oshiqin qilsa halok,
Yangi oshiqlar kelib, bo‘lgay giriftor o‘zgacha.

Dod shu gavhar bilmagan sarroflarning dastidan —
Kim, eshakmunchoqni dur dsb, qildi bozor o‘zgacha.

Arshdan tong chog‘ida keldi tovush, aql unga der:
Yod olur ko‘kda malak Hofizdan ashor o‘zgacha!

* * *

Go‘zal gul chog‘i yashnar tog‘u cho‘llar,
Kerak bu chog‘da bo‘lsin qo‘lda sog‘ar.

Ko‘ngilni aylagil bir lahza xursand,
Sadafda doimo bo‘lmaydi gavhar.

G‘animat bil — guliston ichra may ich,
Ikkinchi hafta gulning holi digar.

Qiziq sevgi yulikim, ushbu yulga
Bosh urganlarda bosh qolmaye muqarrar.

Menga hamdars esang — yiqqil varaqni,
Bu ishq ilmini bildirmas u daftar.

Ushanday yorga dil bog‘lagilkim,
Jamoli bo‘lmasin muhtoji zevar.

Kel, ey shayx, boda ich g‘amxonamizda,
Uyalsin ushbu maydan havzi Kavsar.

Qizil may birla oltin jomni to‘ldir,
Bag‘ishla kimki ehsoningni istar.

Xudo haqqi, kumush tanli butim bor,
Bu xil but ko‘rmagandir balki Ozar.

Desa Hofizni she’rin kimki yanglish,
Yetishmas aqli: nedir toza gavhar?

* * *

Bu kecha maykadada bazmu aysh farovon edi:
Xurushda soqiyu kunduz kabi charog‘on edi.

Emasdur ishq so‘zi ovozu harfga hech muhtoj,
Xuro‘shga solg‘uchi nay, daflar etgan afg‘on edi.

Bu telbalar yig‘inida na o‘tsa bahsu javob,
U madrasa haqida qilu qolu doston edi.

Ko‘ngil quvonchda edi soqiynipg karashmasidan,

Bu baxt qaytmog‘i bir oz ko‘ngilga armon edi.

Aniqladim: u ikki mast jodu ko‘zlarni
Sehrchi somiriyning mingi banda farmon edi.

Dedimki: Menga labingdan havola qil bo‘sa,
Kulib dediki: Qachon bizda buncha bo‘lg‘on edi?

Aniqki, baxtu saodat menga yuz ochdi kecha —
Oy ila yer yuzi bir-bir bilan gilaxon edi.

Ul oy labi edi Hofizni dardiga darmon,
Karam chog‘ida biroq do‘stiga kamehson edi.

* * *

Men nomoz ichra shu qayrilma qoshing etdim yod,
Bo‘ldi bir holate — mexrob ham etdi faryod.

Endi, dil, shodligu sabrni mendan kutma,
Sabru oromki, ko‘rgan eding — o‘ldi barbod.

Boda — xo‘b, toza chaman, qushlari bo‘lmishlar mast,
Ishq eli davri kelib, bo‘ldi hama ish bunyod.

Yaxshilik islari kelmoqda jahonda menga ham:
Gul quvontirdi meni, bodi sabo ayladi shod.

Ey sevinchlar kelini, qilma zamondan hasrat,
Pardalar tut, bezat uyniki, kelibdur domod.

Dilni band etgan o‘simlik bori ziynatlanmish,
Yorimiz husni erur aslida ham shuncha ziyod.

Uzining yuklari ostida qolib barcha daraxt,
Xayriyat, g‘am yukidan sarv bo‘libdir ozod.

Uqi, ey cholg‘uchi, Hofiz g‘azalin yaxshisini,
Toki avvalgi quvonchli chog‘imi aylay yod.

* * *

Qo‘l tortmagum tilakdan lutf ztmaguncha dilbar,
Yo jon ketar tanimdan, yo vasl bo‘lur muyassar!

Ulgach, ochib mazorim, boqqil o‘lik tanimga,
Bag‘rim yonib, kafandan ko‘kka chiqar tutunlar.

Ko‘rsat yuzingni, jonon, tang qolsin ahli olam,
Och labni — er-asllar qilsin fig‘on barobar.

Jon labga keldi, ko‘ngul hasratdadir labingdan,
Maqsadga vosil o‘lmay jon chiqmog‘i muqarrar.

Og‘ziigni shavqi birla qiynaldi xasta jonim,
Yo‘qsillar ul og‘izda hech yod etilmagaylar.

Yed aylasa oshiqlar yaxnsh sifatlarini,
Har yerda, har yig‘inda Hofizni nomi yangrar!

* * *

Umrim yuzingni nuri bilan doimo bahor,
Kel, kel, yuzingsiz o‘ldi xazon ushbu lolazor.

Bir zarra tashvish etmas o‘limda u kimsakim,
Topgan esa labing mayidan umriga mador.

Loyiq agar ko‘zimdan oqar sel bo‘lib yoshim,
Jonim yashin kabi g‘amu dardingda beqaror.

Beumr men tirikman — ajablanma bunga hech,
Kim ayriliqni umr debon berdi e’tibor?

Poylaydi har tarafda falokat qo‘shinlari,
O‘tmakda umr, qolmadi ilgingda ixtiyor.

Diydor agar bir-ikki nafas bo‘lsa muddati,
Bir yulni topki, umri aziz o‘tmagay bekor.

Mayxo‘rlik ila tong chog‘i uyqu qachongacha?
Uyg‘onki, umr o‘tib boradir olmayin qaror.

Sur’at bilan o‘tar edi, boqmasdi qayrilib,
Umr o‘tdi-yu, dil o‘lmadi bir zarra baxrador.

Hofiz, gapir, bu olamaro so‘z durini soch —
Dunyoda qolg‘usi qalamingdan shu yodgor.

* * *

Ey sabo, yor hididan ruhi ravonimni ketur,
Xastaman qayg‘u bilan — rohati jonimni ketur.

Tilak oltinlariga to‘ldir bu yuqeil dilni,
Ya’ni do‘st dargohidan yaxshi nishonimni ketur.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Hofiz Sheroziy»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Hofiz Sheroziy» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Hofiz Sheroziy»

Обсуждение, отзывы о книге «Hofiz Sheroziy» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x