Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy - Hofiz Sheroziy

Здесь есть возможность читать онлайн «Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy - Hofiz Sheroziy» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Жанр: Поэзия, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Hofiz Sheroziy: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Hofiz Sheroziy»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Hofiz ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga Xurshid, Muinzoda, Chustiy, Vasfiy, Sh. Shomuhamedov, J. Jabborov, E. Vohidov, M. Kenjabek, O. Bo‘riyev kabi fors-tojik adabiyotining bilimdonlari tarjima qilganlar.

Hofiz Sheroziy — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Hofiz Sheroziy», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Jon bag‘ishlar yuzi gullarning oyoq gardi isi,
Onglilar undan dimog‘in chog‘u rohat qildilar.

Qarg‘a, quzg‘un ov uchun bog‘lab boqishga arzimas,
Lochinu qirg‘iyni ammo shunday izzat qildilar.

Boqmangiz rindlarni tahqirlab, safol deb kosasi,
Bu hariflar jomi Jam bazmida xizmat qildilar.

Qilmadi mujgon o‘qi ham jodutar afsunlari,
Javrlarkim, zulfu mushkin xoling odat qildilar.

Bizga bir bo‘sa yetardi — qilmadi ruxsat labing:
Bu shirin lablar mudom shunday ishorat qildilar.

Soqiyo, may ber — azal taqdirining tadbiri yo‘q,
Hech bir o‘zgarmasligin ta’kidu hujjat qildilar.

O‘tli, pardozli yuzi birla go‘zallar dam-badam
So‘fiylarning dil bilan diniii g‘orat qildilar.

Maqtadi ehsonlaring she’rida Hofiz har qachon,
Tinglaganlar she’rini tahsin-u rahmat qildilar.

* * *

Oftob kabi har ko‘zga yuzing jilvagar o‘lsin!
Xo‘bliqda yuzing xo‘blig‘i har on digar o‘lsin!

Davlat qushi — lochin pari yanglig‘ qaro zulfing
Dunyodagi shohlar boshida toji sar o‘lsin!

Har dilki, sening zulfinga band o‘lmas ekan, u
Bo‘lsin jigari qon, o‘zi undan batar o‘lsin!

G‘amzang o‘qi yog‘sa, sanamo, boshima har dam,
Ul o‘q qoshida g‘amzada ko‘nglim sipar o‘lsin!

Bir bo‘sa menga ushbu shakar labdan et ehson,
Jon komi uning lazzati birla shakar o‘lsin!

Har lahza menga yangilanur shavq ila ishqing,
Har damda sening ravnaqi husning digar o‘lsin!

Hofiz dilu joni ila diydoringga mushtoq,
Bir boq unga — ehsoning ila bahravar o‘lsin!

* * *

Yuzingdek yorqin oy osmonda ham yo‘q,
Qadingdek sarv hech bo‘stonda ham yo‘q.

Labingdek la’l yo‘q — dil etguchi shod,
Tishingdek toza bir dur konda ham yo‘q.

Labing jonbaxsh rayhon orasida —
Bu xislat chashmai hayvonda ham yo‘q.

Senga bir tan teng o‘lmas bu jahonda:
Tan ermas, ushbu tenglik jonda ham yo‘q.

Erur Hofizni she’ri shirin, ammo,
Shirinlik yor labidek onda ham yo‘q.

* * *

Ko‘ngilda labingni shavqi, jono,
La’lingdan unga nedir tamanno.

Shavqing mayi, sevgining itrobi
Dil shishasida bori huvaydo.

Zulfingni asirlariga doim
Dard ila baloni domi ma’vo.

Dildorim oti nedir, so‘rardim,
Menga sira uchramas u barno.

Andisha qiluvchi yurtu eldan
Yori ila o‘ltirolmas aslo.

Shod ul kishining dili hamisha,
Dildor ila ayshi bo‘lsa barpo.

Bir noz ila ov qilishga dilni,
Gul uzra binafsha bo‘ldi oro.

Hofiz, shu ko‘ngilli dam g‘animat
Asbobi tarab bori muhayyo.

* * *

Saharda bulbul arz etdi saboga,
Gul ishqi netdi, deb biz benavoga.

Erurman nozanin ehsoniga qul,
Qilur u yaxshi ish ketmay riyoga.

Xayrli bo‘lsin unga tong shamoli,
Davo qildi tun uyg‘oq bedavoga.

Sira begonalardan nolimasman,
Na bo‘lsa — yetdi do‘stdan oshnoga.

U sunbul zulfi guldan parda ochdi,
Tugundan g‘uncha chiqdi sof havoga.

Yuzu rangin ko‘rib, qon bo‘ldi ko‘nglim,
Duchor o‘ldim tikan otlig‘ baloga.

Qilur har joyda bulbul ohu afg‘on,
Maza bu o‘rtada bodi saboga.

Kutib sultondan ehson yanglishibmai,
Jafo ko‘rdim yalingach bevafoga.

Borib may sotquchiga xush xabar ber
Ki, Hofiz yurmagay endi riyoga.

* * *

Bilsangki, changu ud nelarni qilur bayon,
Ta’zir etilmayin desang, ich bodani nihon.

Eltarlar ishq nomusin, oshiqning ravnaqin:
Yoshlarni aybu cholni qilib ta’naga nishon.

Derlar: bu sevgi sirin eshitmang-u, so‘zlamang,
Mushkul hikoyadurki, qilurlar uni bayon.

Biz tashqarida aldanamiz makru hiylaga,
Parda aro ular nima tadbirda bu zamon.

Piri mug‘onni vaqtin olib, tashvish orttirar,
Ko‘rgil, murid pirga na qilmoqchidir bu on.

Yuz dilni bir boqish ila mumkin sotib olish,
Xo‘blar tag‘oful ayladi bu haqda har qachon.

Bir qanchalar urinsa tilab yor vaslini,
Taqdir ishi, degay, uni bir qanchalar hamon.

Bo‘l ehtist, inonma, bu olamda yo‘q sabot,
Har damda o‘zgaruvchi bir ishxona bu jahon.

May ichki, shayxu Hofizu muftiyu muxtayeib
Aldarlar, anglasang, ko‘rinur makrlari ayon.

* * *

Dilim olg‘ach, yuzini qildi pinhon,
O‘yin qilmas bu xil do‘stga qadrdon.

Meni yolg‘iz topib, qasd ztdi jonga,
Xasli qildi menga katta ehson.

Boshim bo‘ldi og‘ir nargislaridan,
Nega dil bo‘lmasin lola kabi qon?

Sabo, gar chora bo‘lsa, vaqti — ko‘rsat,
Bu mushtoqlikni tortib, bitdi darmon.

Meni bir sham’dek kuydirdi, menga —
Surohiy yig‘lab, etdi cholg‘u afg‘on.

Demak mumkin emas hech mehribonga
Bu xil so‘zlar, bu xil ish qildi jonon.

Qilolmas bunday ish Hofizga dushman:
Qachon yo(y) qoshlar otsa tiri mujgon.

* * *

Ul kimki, ehson yo‘lidan menga vafodorlik qilur,
Mendek yomonlik o‘rniga, bir lahza g‘amxorlik qilur.

Soz aylab avval nag‘mani, dilbar so‘zin menga degay,
Ul dam sunib bir kosa may, menga xaridorlik qilur.

Dilbarki, jonim yoqdi u, kuttglimga to‘lgan orzu,
Budir umid — ul javrjo‘, shoyadki, dildorlik qilur.

Dedim: Yurakda g‘am tugun, zulfing yana aylar zabun.
Dedi: Men aytdim, shul uchun ul senga tarrorlik qilur.

Ul malla to‘n kiygan dag‘al, sevgi ishidan bexabar:
Ber unga mastlikdan xabar, to tarki hushyorlik qilur.

Mushkul topishlik oshno, mendek nishonsiz bir gado,
Sulton qachon ko‘rib ravo, rindlar-la mayxorlik qilur.

Mayli, necha ko‘rsam sitam, ul jingalak sochdan bu dam,
Zanjir zulfidan, ne g‘am, har qancha ayyorlik qilur.

Ul ko‘zda ko‘p nayrang bor, Hofiz, hech etma ixtiyor,
Tundek qaro sochli nigor har turli makkorlik qilur.

* * *

Sarvi ravonim ne uchun qilmaydi hech mayli chaman?
Bo‘lmaydi hamdam ul bilan, yodiga kelmaydur suman?

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Hofiz Sheroziy»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Hofiz Sheroziy» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Hofiz Sheroziy»

Обсуждение, отзывы о книге «Hofiz Sheroziy» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x