Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy - Hofiz Sheroziy

Здесь есть возможность читать онлайн «Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy - Hofiz Sheroziy» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Жанр: Поэзия, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Hofiz Sheroziy: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Hofiz Sheroziy»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Hofiz ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga Xurshid, Muinzoda, Chustiy, Vasfiy, Sh. Shomuhamedov, J. Jabborov, E. Vohidov, M. Kenjabek, O. Bo‘riyev kabi fors-tojik adabiyotining bilimdonlari tarjima qilganlar.

Hofiz Sheroziy — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Hofiz Sheroziy», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Iqbol egalarin ko‘z nur hikmati,
Sohibdil kishilar valine’mati.

Alo, ey humoyu humoyunnazar,
Farishtatabiat, muborakxabar,

Falak sadafida sendek gavhar yo‘q,
Faridun, Jamshidda sendek javhar yo‘q.

Iskandar taxtida davron sur ko‘p yil,
Donishmandlik ila kashf etib ko‘ngil.

Birovning diliga tig‘ ursa ro‘zgor,
Boshqa bittasini qilur mansabdor.

Mug‘anniy, chalib ber yangi bir navo,
Rubob chalib, ayla raqibga nido:

Bu kun yov ustidan topurmiz zafar,
Osmondan kelmoqda yaxshilik xabar.

Mug‘anniy, xursandlik kuy-la qo‘sh hissa,
G‘azal qavli birla boshlagil qissa.

G‘am yukidan yerga botmishdir oyoq,
Usuling zarbi-la qo‘zg‘atgil bu choq.

Ulug‘lar ko‘nglini kuy ila shod et,
Parvizu Borbadning nomini yod et!

Mug‘anniy, pardadan shunday naqsh ol,

Parda tagidagi gapni esga sol.

Musiqa sadosin yangrat shu zayl,
Nohid ham raqsga tushsin muttasil.

Shunday chalki, so‘fiy hushidan ketsin!
Mast bo‘lib, xayolan visolga yetsin!

Mug‘anniy, childirma, sozingni soz et,
Yaxshilik odati birla ovoz et!

Firibgar jahonning qissasi ravshan,
Homilador bu tun ne tug‘ar ekan?

Mug‘anniy, ozurda xotirim kuyla,
Yagona bo‘lsa ham bu sirim kuyla.

Davrondan g‘am-alam ko‘radi dilim,
Bilib bo‘lmas kimga intizor o‘lim.

Mug‘ rindi yoqmoqda yana olovin,
Kimning o‘chog‘ini buzar qalovi?

Qon to‘kuvchi bunday qiyomat kuni,
Kosayu ko‘zasi sinsaydi uni.

Mastlarga ashula payg‘om yubormish,
Ketgan do‘stlarga ham salom yubormish.

Kel, soqiy, o‘shal may otashga oshno,
Yubor, g‘amdan xalos bo‘lay mutlaqo!

Menga may ber — ko‘ngil sultoni edim,
Bu kun olis ketdim, dil joni edim.

Kel, soqiy, kelaqol, umr — bevafo,
May — vosita, unga gado bo‘l, gado!

Faqat may umrga qo‘shadir umr,
G‘oyibning eshigin har dam ochadir.

Kel, soqiy, sharob suz, majlis et barpo,
Dunyo bevafodir, dunyo bevafo!

Uning qilmishidan shuni oldim yod,
Kayqubod tojini ul etdi barbod.

Kel, soqiy, dil komin maydan et talab,

Dil oromin istab, ich kech, ertalab.

Agar dardu g‘amga sabr etsa dil,
Dildan qutqarmoqni maydan talab qil.

Kel, soqiy, kosani qil limmo-lim may,
So‘zlab beray nechuk o‘tdi Kisro, Kay.

Kel, soqiy, dunyodan g‘aflatda qolma,
Oxir qoning to‘kar — ichishdan tolma!

Kel, soqiy, kelaqol, sarkashlik qilma,
Sen ham tuproqdansan, o‘tdan deb bilma!

Qadaxga mayni quy, yoqimli otash,
Ayniqsa, sof bo‘lsa va ersa beg‘ash.

Kel, soqiy, esganda xush bo‘yli nasim,
Dunyoda qolmagay na oltin, na sim.

Keltir, soqiy, boda bo‘lsin la’lin, sof,
Qo‘lga tut, tugasin bu yolg‘onu lof.

Tasbehu xirqadan bezorman mudom,
May-la ikkovidan bo‘shat, vassalom!

Mayxona kunjidan kelaqol, soqiy,
Undan uzoqlashma, unda umr boqiy.

Desa kim: mayxona yurursan nechun?
Ne javob berursan? De: Xayrli tun!

Keltir, soqiy, menga arg‘uvon qadah,
Undan dilga shodlik va jonga farah.

Menga tutgil, g‘amdan xaloslik berar,
Bazmga ko‘rsatib yo‘l, xoslik berar.

Kel, soqiy, may tutki, bo‘lsin jonparvar,
Xasta dilga jondek g‘amxo‘r dilovar.

May bergil, jahonga quray bir chodir,
Sarpardam osmondan baland bo‘ladir!

Kel, soqiy, quyoshdek, oydek, tutgil jom,
Taxtim oyog‘ida falak, vassalom!

Kel, soqiy, ko‘hna ul maixo‘rlik bo‘lsin!
Mast bo‘lay, qadahing paydarpay to‘lsin!

Beg‘ash qadahingdan agar bo‘lsam mast,
Xush kuylarni kuylay men — ishratparast.

Kel, soqiy, jannatdek bo‘ldi anjuman,
Yuzingdan yashnadi misoli gulshan.

Maydan chetga, soqiy, tushmaydir yo‘lim,
Bir qadah boqiy may ila tut qo‘lim.

Jonimni halqumga keltirdi davron,
Mug‘lar dayri tomon yo‘l oldim ravon.

Bu jahon g‘amidan naf yo‘qdir, hech naf,
Uni qilmoq mumkin boda ila daf.

Kel, soqiy, zavqbaxsh maydan suz bul kun,
Ul maydan Raxshga minmoqlik mumkin.

Tahamtan misoli olaylik maydon,
Dilimiz komi-la qilaylik javlon.

Kel, soqiy, uzatgil yoqutdek ichku,
Shodlik eshigini dilga ochar u.

Kel, soqiy, may tutgil misli Salsabil,
Jannat borligidan dilga u dalil.

May ber, sho‘x kuylasin childirmayu nay,
Kay tojidan avlo menga unday may!

Kel, soqiy, podshoh xuzuriga bor,
Jamshid tojli shoxga so‘zim et oshkor:

Benavo miskinlar dilini ovla,
So‘ngra jahonnamo jomingni kovla…

Mug‘anniy, chalgil chang ila arg‘anun,
Ko‘ngildan quv nokas bu dunyo fikrin.

Agarda bir zamon bo‘lsam xotirjam,
Ko‘ngilda qolmagay na dardu na g‘am.

Mastlarga ashula va jom yuborgil,
Ketgan sronlarga salom yuborgil.

Mug‘anniy, beri kel, men-la etma jang,
Childirmaga qo‘l ur gar bo‘lmasa chang.

Eshitdimki, boshga tushsa g‘am, balo,
Childirma ovozi ko‘ngilga davo.

Mug‘anniy, qaydasan, gul vaqtidir, gul,
Chamanni chah-chaxga to‘ldirdi bulbul.

Qonim qaynat, dilni urushga keltir,
Bir nafas changingni xurushga keltir!

Mug‘anniy, beri kel, uding bo‘lsin soz,
Yangi-yangi navo aylasin ovoz!

Bir nag‘ma ila qil dardimga chora,
Dilim misli xirqa ayla sadpora.

Mug‘anniy, ne bo‘lur qilsang lutfu qut,
Naying birla dilga solsang otash, o‘t.

Meni fikru o‘ydan xalos et bir dam,
Dardim kuyib ketsin, barbod o‘lsin g‘am!

Mug‘anniy, qaydasan, navo et niyat,
Bizdek benavoga ber imkoniyat.

Oxir bo‘shar ekan bizdan bu dunyo,
Bilib qo‘y, shoxlikdan gadolik a’lo!

Mug‘anniy, tinchima, kuyla chalib soz,
Biz bechoralarga o‘zing chorasoz.

Iroq yo‘lin ko‘rsat o‘zing chalib rudh
Ko‘zlarim suvini ayla Zindarud.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Hofiz Sheroziy»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Hofiz Sheroziy» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Hofiz Sheroziy»

Обсуждение, отзывы о книге «Hofiz Sheroziy» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x