O«zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi Soliq kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.
O«zbekiston soliq tizimida soliqlarni ob’yekti, iqtisodiy mohiyati budjetga tushishi va to‘lovchilari nuqtai-nazari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin.
Soliqlar soliq solish ob’yektiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
– oborotdan olinadigan soliqlar;
– daromaddan olinadigan soliqlar;
– mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji va yer qa’ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgarigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki yuklab yuborilgan mahsulotlar qiymati bilan o‘lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliq kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig‘i hamda yuridik va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri (bilvosita), to‘g‘ri (bevosita) soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to‘lanadigan soliqlar hamda mol-mulk va resurs soliqlari kiradi. Resurs soliglari tarkibiga yer solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi.
To‘g‘ri soliqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi. Demak, bu guruh tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir.
Egri soliqlarning huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmat) ni yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og‘irligi haqiqatan ham tovar (ish, xizmat) ni iste’mol qiluvchilar, ya’ni bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi.
Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo‘lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi.
Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kiradi.
Shunki qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i iqtisodiy kon’yukturaning o‘zgarishlariga bevosita bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.
O«zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlari o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini, budjet daromadlarini uzluksiz ta’minlashni taqozo qiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandir. Yevropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25—30 foizni tashkil qiladi. 18 18 Panskov V.P., Knyazev V.G. Nalogi i nalogooblojeniye. -M.:MTSFER, 2003. -s.57—59.
Budjetga tushishiga qarab soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
– yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
– jismoniy shaxslardan olimadigan daromad solig‘i;
– qo‘shilgan qiymat solig‘i;
– aksiz solig‘i;
– yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
avtotransport yig‘imlari;
Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Republikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni asosida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli mahalliy budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.
2020 yil uchun quyidagi soliq turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan to‘lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;
qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, bundan sement xom ashyosi va sement ishlab chiqarishda foydalaniladigan ohaktosh mustasno.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar viloyat budjetlariga va Toshkent shahri shahar budjetiga quyidagilar to‘liq o‘tkaziladi:
yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
aylanmadan soliq;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat bojlari (patent boji va litsenziya berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;
ayrim tovarlarning chakana savdosiga beriladigan huquq uchun undiriladigan yig‘imlar;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
Читать дальше