Omon Maxmudov - Soliqlar va soliqqa tortish

Здесь есть возможность читать онлайн «Omon Maxmudov - Soliqlar va soliqqa tortish» — ознакомительный отрывок электронной книги совершенно бесплатно, а после прочтения отрывка купить полную версию. В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. ISBN: , Жанр: Прочая научная литература, на эстонском языке. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Soliqlar va soliqqa tortish: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Soliqlar va soliqqa tortish»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

O’quv qo‘llanmada soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, zarurligi, soliq siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari olib borilayotgan islohotlarning samarasi bayon qilingan. Respublikamizda amalda bo‘lgan soliqlarni undirish mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan, soliq stavkalarining o‘zgarishi, hamda keyingi yillarda soliq-budjet siyosatining aholi farovonligini oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliq qonunchiliklariga kiritilgan o‘zgarishlar hisobga olingan.

Soliqlar va soliqqa tortish — читать онлайн ознакомительный отрывок

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Soliqlar va soliqqa tortish», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Insofli soliq to‘lovchilar xo‘jalik faoliyatiga asossiz aralashuvlardan ko‘proq himoyalana boshlandi. Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining faoliyati 4 yilda ko‘pi bilan bir marta rejali tartibda tekshiriladi. 2014 yildan boshlab soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lovchi, shuningdek barqaror o‘sish sur’atlari va ishlab chiqarish rentabelligini ta’minlovchi kichik biznes sub’ektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazish taqiqlandi.

Umuman olganda, soliq to‘lovchilarini rejali hujjatli tekshirishlar soni minimumga keltirildi. Ularning soni 10 yil ichida 3 baravar kamaydi, so‘nggi yillarda yiliga 5—5,5 mingtadan oshmayapti, bu esa faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning qariyb 2 foizini tashkil etadi. Kameral tekshiruvlar (korxonaga chiqmasdan), monitoring va xronometrajga katta e’tibor berilmoqda.

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy va jinoiy javobgarligi liberallashtirildi. Ular birinchi marta sodir etilgan, qasddan qilinmagan va kam ahamiyatli bo‘lganda, budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga zarar keltirilmaganda mansabdor shaxslar moliyaviy sanksiyalar qo‘llanmagan holda faqat ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ixtiyoriy ravishda to‘laganda ham biznes tuzilmalari ulardan ozod etiladi. Boshqa hollarda moliyaviy sanksiyalar, tadbirkor ularga rozi bo‘lmagan taqdirda, faqat ularning qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi sud organining hal qiluv qarori asosida undiriladi.

Soliq tizimining takomillashtirilishi uni iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va aholi bandligini oshirishning samarali dastagiga aylantirish imkonini berdi. So‘nggi 10 yil ichida biznesga tushadigan soliq yuki 21 foizgacha pasaydi. Kichik tadbirkorlikning YaIM umumiy hajmidagi ulushi 2000 yildagi 31 foizdan 56 foizgacha, ya’ni 1,8 baravar o‘sdi. Soliq stavkalari ancha pasayganiga qaramay, budjet daromadlarini shakllantirishda uning ulushi ikki barobardan ortiq hajmda (2,9 foizdan 6,6 foizgacha) oshdi.

Bunda soliq tizimi o‘zining asosiy vazifasi – budjetning daromad qismini to‘ldirish vazifasini ham samarali amalga oshirib kelmoqda. Chunonchi, 2006 yildan boshlab mamlakatimiz Prezidenti tomonidan turmush darajasini oshirish maqsadida 21 marotaba eng kam ish haqi miqdorini oshirish haqida qarorlar qabul qilindi, o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa budjetdan ta’minlanuvchilarning mehnat haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlar unga bog‘langan. Soliq tizimi uzluksiz ishlashi tufayli buning uchun Davlat budjetida mablag‘lar yetarli bo‘lgan.

2014-yilda milliy dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi guruh tomonidan «EREPORT» soliq hisobotlari bilan ishlash, hisobotni o‘zi istagan joydan yuborish, vaqtni tejash imkonini beruvchi dastur taqdim etildi.

Milliy soliq tizimini takomillashtirish natijalari Xalqaro moliyaviy korporatsiya uslubiyati bo‘yicha o‘tkaziladigan yillik tadqiqotlar doirasida ham aks ettirilgan. 2006—2016 yillarda O‘zbekistonning biznes yuritish (Doing Business) bo‘yicha umumiy xalqaro reytingi 51 pozitsiyaga o‘sdi, soliq sharoiti bo‘yicha – 64 pozitsiyaga o‘sdi.

Xususan, so‘nggi 5 yil davomida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingi 2 baravardan ortiq yaxshilanib, mamlakatimiz jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012 yildagi 166-o‘rindan 2017 yilda 74-o‘ringa ko‘tarildi. Bundan tashqari, so‘nggi hisobotda mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko‘rsatkichi bo‘yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi o‘ntaligidan joy oldi.

Mamlakatimiz soliq tizimi tajribasining ko‘rsatishicha, u:

– iqtisodiyotdagi tub islohotlar talablariga javob beradi va soliq yukini kamaytirish sharoitida mustaqil davlat rivoji uchun davlat budjeti daromadlari, moliyaviy resurslar o‘sishini ta’minlaydi;

– kichik va xususiy biznes rivojlanishi yo‘lidagi, soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarini tartibga solish borasidagi muammolarni bartaraf etadi;

– tobora pragmatik, ochiq-oydin va izchil bo‘lib bormoqda;

– iqtisodiy o‘sish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sonining oshishi va ularning daromadlari ko‘payishiga imkon yaratmoqda, soliq bazasini kengaytirmoqda.

To‘rtinchi bosqich (2018 yildan bugungi kunga qadar) – xalqaro norma va standartlar talablari asosida soliq tizimini yanada takomillashtirishbosqichi bo‘lib, u soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash bilan xarakterlanadi.

2018 yil 1 yanvardan soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari belgilangan bo‘lib, unda soliq ma’muriyatchiligining yangi mexanizmlari joriy etila boshlandi 11 11 O«zbekiston Respublikasi Prezidentning 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5116-sonli farmoni . Ayni paytda soliq to‘lovchilarning huquqlari tizimga solina boshladi. Bugungi kunda soliq tizimi oldiga zamonaviy talablarga muvofiq keluvchi yangi vazifalar qo‘yilgan 12 12 O«zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 13 fevraldagi «Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5214-sonli farmoyishi .

Yuqoridagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi 13 13 O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida» gi 5468-sonli farmoni :

iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;

soliqlarni unifikatsiya qilish yo‘li bilan ularni maqbullashtirish, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish.

makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va uning daromadlarini mustahkam shakllantirishni ta’minlash;

soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;

soliq solish masalalarini tartibga soladigan havola qiluvchi normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan, kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari miqdorlarini belgilash;

xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;

soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan, soliq solish ob’ektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Soliqlar va soliqqa tortish»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Soliqlar va soliqqa tortish» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Soliqlar va soliqqa tortish»

Обсуждение, отзывы о книге «Soliqlar va soliqqa tortish» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x