Maskur bosqich 1998 yilda birinchi Soliq kodeksi va «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan bog‘liq. Ushbu bosqichda soliq tizimini bir tizimga solishga ilk urinish bo‘ldi, biroq ushbu qonunlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilmas – qonunosti hujjatlar ustunlik qilar edi.
Soliq boshqaruvida to‘plangan tajriba 1998 yildan boshlab soliq solish sohasidagi bir nechta qonun hujjatlaridan bitta – Soliq kodeksiga o‘tishga imkon berdi. Soliq organlari ishida to‘plangan tajribani aks ettirib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning soliq solish dastaklarini o‘zida mujassam etib, Kodeks O‘zbekiston soliq qonunchiligi va soliq solish tizimini xalqaro darajaga yaqinlashtirdi. Bu hujjatning qabul qilinishi faoliyat tarmoqlari, miqyoslari va turlarining xususiyatini hisobga olgan holda soliq solishning bir nechta tizimlarini shakllantirishga, ularning rag‘batlantiruvchi vazifasini kuchaytirishga, soliqlarning rolini oshirishga va ularni birxillashtirishga imkon yaratdi.
Iqtisodiy islohotlarning rivojlanishiga qarab, soliq organlari ishining shakl va uslublari ham o‘zgardi, ular faoliyatiga yangicha talablar qo‘yildi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tartibga solish bilan birga olib borildi. 1990 yillarning boshida barcha korxonalarni to‘liq yillik hujjatli tekshiruvdan o‘tkazishga erishish vazifasi qo‘yilgan edi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ko‘payib borishi, soliq qonunchiligining soddalashtirilishi va tizimlashtirilishi, huquqiy savodxonlikning oshib borishiga qarab, to‘liq nazoratni o‘tkazishga zarurat o‘z ahamiyatini yo‘qotib bordi. 1996 yildan boshlab mamlakatimiz rahbariyati tadbirkorlik tuzilmalarini tekshirishni tartibga solish yo‘lidan bora boshladi 8 8 O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 8 avgustdagi «Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1503-sonli farmoni.
. Davlat nazorati to‘g‘risida maxsus qonun hujjati qabul qilindi 9 9 O«zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida» 717-I-son Qonuni.
. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tashkil etildi va rejali tekshirishlarni o‘tkazish jadvali joriy etildi 10 10 O«zbekiston Respublikasi Prezidentning 1998 yil 19 noyabrdagi «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida"gi 2114-sonli farmoni.
. Tekshiruvlar soni qisqardi (1990 yillarning boshlaridagiga nisbatan 2—3 baravarga), ular samaradorligi esa oshib bordi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va soliq yukini kamaytirib borish jarayonlarining tobora avj olib borayotgan pallasida soliqlarning yig‘iluvchanligi birgina tekshiruvlar va soliq to‘lovchilarni to‘laroq qamrab olish hisobiga amalga oshirilayotgani yo‘q. Profilaktika ishlari, xronometraj va monitoringlarni o‘tkazish, tushuntirish ishlarini olib borish – zimmaga qo‘yilgan vazifalarni uddalashda soliq organlari mana shu dastaklardan faol foydalandi.
Uchinchi bosqich (2006—2017 yillar) – bozor islohotlari va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq tizimini takomillashtirish.Ushbu bosqichda iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ta’minlovchi bozor islohotlari soliq tizimini rivojlantirishga asos bo‘ldi.
Soliq boshqaruvi sohasida hosil bo‘lgan tajribaga asoslangan hamda mavjud bozor munosabatlarini hisobga olgan holda 2008 yilda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ishlab chiqildi va amalga kiritildi. Kodeksning 1998 yildan beri amal qilayotgan eski tahriri uning normalariga aniqlik kiritadigan qonunosti hujjatlariga muhtoj edi. 2007 yilga kelib ularning soni 150 tadan oshib ketdi, bu soliq qonunchiligi anglanishini murakkablashtirib, ichki jihatdan ziddiyatli qilib qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat deb e’lon qilingan bo‘lsada, biroq amaldagi ma’muriy tizim ilgarigidek qonunosti hujjatlardan foydalanish istagidan voz kecha olmadi.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, tarkibiy islohotlar, kichik va xususiy biznes rolining oshishi – bularning bari mamlakatimizning «soliq konstitutsiyasi» uzluksiz takomillashtirilishini talab etardi. 2008—2017 yillar davomida Soliq kodeksiga 41 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ular quyidagilarga yo‘naltirilgan:
– ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish, resurslardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash;
– samarasiz soliqlardan (ekologiya solig‘i, atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar) voz kechish orqali soliq tizimini soddalashtirish hamda majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish qoidalari va to‘lash tartibini maksimal darajada birxillashtirish;
– o‘xshash daromadlarga soliq solishning yagona tartibini belgilash;
– birgina soliq bazasiga ega bo‘lgan soliqlar va majburiy to‘lovlar sonini qisqartirish;
– soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni ularning soliq bazasini kengaytirish uchun stavkalarni pasaytirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida birxillashtirish, qayta ko‘rib chiqish va qisqartirish.
Uchinchi bosqichda soliq tizimini takomillashtirishning asosiy sub’ekti kichik biznes hisoblanadi. Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning aksariyati mikrofirma va kichik korxonalarga soliq solish tizimini soddalashtirishga, ularning soliq yukini kamaytirishga, rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan edi.
Yagona soliq va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy ajratmalarni to‘lash o‘rniga mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lay boshladilar. Bunda YaST stavkasi 13 foizdan 5 foizgacha kamaydi, bu esa real soliq yuki 2,6 baravar pasayganini bildiradi.
Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga to‘lovlar yagona ijtimoiy to‘lovga birlashtirildi. Kichik biznes sub’ektlari uchun uning stavkasi 25 foizdan 15 foizga pasaytirildi.
YaST va YaITni eng kam normativlarni hisobga olgan holda to‘lash tartibi joriy etildi, bu esa budjet yo‘qotishlari ko‘payishi xatarisiz hujjatli tekshiruvlarni ancha qisqartirish imkonini berdi.
Dividendlardan soliq stavkasi 15 foizdan 10 foizga pasaytirildi, 2010—2013 yillarda esa mikro va kichik korxonalarni tashkil etuvchilar uchun u nolga tenglashtirildi.
Yirik korxonalarning ham soliq yuki yengillashtirildi. Foyda solig‘i stavkasi 12 foizdan (2006 y.) 7,5 foizgacha (2016 y.) pasaytirildi. Joriy to‘lovlar miqdori chorakda 6 tadan 3 taga tushirildi. YaST stavkasi 25 foizgacha pasaytirildi. QQS (so‘nggi 20 yil mobaynida 20 foiz darajasida saqlagan holda) va aksiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar bekor qilingan. Avvallari korxonalar bu to‘lovlarni oyiga 3 martadan to‘lashgan, hozir esa – oy yakunlari bo‘yicha 1 marta to‘lashadi.
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun YaST to‘lash davriyligi har oylik muddatdan har choraklik muddatgacha kamaytirildi.
O«z ishlab chiqarish bazasini muntazam modernizatsiyalovchi, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlovchi korxonalar uchun soliq imtiyozlari va preferensiyalarining samarali tizimi yaratildi.
Moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlar soni bir-birini takrorlovchi shakllarini bekor qilish, birlashtirish, shuningdek ularni taqdim etish davriyligini birlashtirish hisobiga bir necha baravar qisqartirildi. Hisobot elektron shaklda topshirila boshlangani sababli soliq inspeksiyalariga borish zarurati qolmadi.
Читать дальше