Soliqlarni boshqarishning elektron tizimi – bu har bir soliq to‘lovchining elektron kabineti bo‘lib, u yerda turli manbalardan kelgan elektron axborot jamlanadi. So‘ngra ushbu axborotga tegishli algoritm asosida ishlov berilib, to‘lovchiga doir tavakkalchilik tahlili uchun ma’lumotlar beriladi. Ular to‘lovchi muayyan soliqni to‘lamaganligi haqida xulosaga kelish imkonini bersa, uni taklif etib, ushbu ma’lumotlar bilan tanishtiradilar. Soliq to‘lovchi asossiz ravishda soliq to‘lashdan bosh tortsa, hujjatli tekshiruv tayinlanadi.
Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini modernizatsiya qilish va kengaytirish borasida faol ish olib borilmoqda. Bu esa soliq organlarining mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish asosida soliq ma’muriyatchiligi jarayonlarini qayta tashkil etish imkonini beradi.
Mazkur loyiha doirasida Jahon banki va Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Rossiya, Hindiston, Koreya, Fransiya, Ozarbayjon hamda Gruziya ekspertlari bilan esa Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini kengaytirish masalalari muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar strategiyasi belgilab olindi.
Shu bilan birga, davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator hisoblangan «Uzinfokom» bilan hamkorlikda Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqilmoqda.
Mazkur markazni kengaytirish va soliq ma’muriyatchiligining texnologik jarayonlarini modernizatsiyalash axborotni qayta ishlash muddatlarini qisqartirishga, qo‘lda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirishga va soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshirishga zamin hozirlaydi.
Soliq tizimida ma’lumotlar boshqarilishini takomillashtirishning asosiy maqsadi jarayonlarni raqamlashtirish orqali tizimni to‘liq avtomatlashtirishdan iborat. Bugungi kunda Ma’lumotlarni qayta ishlash markazidan 11 ming nafardan ortiq davlat soliq xizmati organlari xodimlari foydalanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida jamlanadigan ma’lumotlarni «big data» ko‘rinishiga keltirishni maqsad qilib, bu yo‘lda amalga oshiriladigan loyiha katta hajmdagi ma’lumotlarni qamrab olish va tahlil yeta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur markazning kengayishi real vaqt rejimida qabul qilib olingan barcha ma’lumotlar oqimini birlashtirishga sharoit yaratadi.
Dunyo tajribasidan ma’lumki, katta hajmga ega raqamli ma’lumotlar bilan ishlaydigan vositalar va ishlarni tashkil qilish foydalidir. Xususan, katta ma’lumotlardan foydalangan holda, keng qamrovli tahlillarning amalga oshirilishi natijasida 2018 yilda Rossiya g‘aznasiga qo‘shimcha 345 mlrd. rubl kelib tushgan.
Mamlakatimizda «big data» asosida qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lashni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha yirik loyihalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Toshkent viloyatining Shirchiq shahrida hamda Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatida hisobvaraq-fakturani elektron usulda rasmiylashtirish tajribasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Yangi tizim yordamida QQS bo‘yicha to‘lovlar zanjiri deyarli real vaqt rejimida monitoring qilib boriladi. Ushbu tizim «soliq to‘lovchi-kontragent» zanjiridagi uzilishlarni aniqlash imkonini beradi hamda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarining oldini oladi. Bu esa o‘z navbatida, QQS bo‘yicha to‘lovlar hajmining oshishiga olib keladi.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilayotgan yana bir istiqbolli loyiha – onlayn nazorat kassa mashinalari bo‘lib, ularni joriy etilishi natijasida olingan katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda «big data» muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Onlayn kassa apparatlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, mahsulotning (xizmatning) miqdori va nomi, tarkibidagi QQS va boshqa tafsilotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga kelib tushadi. Ma’lumotlarni onlayn tarzda tezkor monitoring qilib borilishi biznes subektlari faoliyati shafofligini oshirishga, davlat soliq xizmati organlari va tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro ishonch muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Eng muhimi esa, ma’lumotlarni muntazam tahlil qilib borilishi tadbirkorlik subektlarini qo‘shimcha ravishda tekshirishga yehtiyoj qoldirmaydi. Toshkent shahri hududida 1 martdan 1 iyulga qadar onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish belgilangan 16 16 O«zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 fevraldagi «Toshkent shahrida onlayn Nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 150-sonli qarori
.
2020 yil 1 yanvardan keyingi hisobot davri uchun esa barcha soliq turlari bo‘yicha soddalashtirilgan va ixchamlashtirilgan yangi soliq hisoboti shakllari asosida taqdim qilina boshladi.
Yirik hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirib, soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi imkoniyalar eshigini ochadi. Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlardan biri ham ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirish, yangi tahliliy vositalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga qaratilgan.
Shu bois Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish iqtisodiyotda xufiyona faoliyatlarni qisqartirishga, shafoflik darajasini oshirishga xizmat qiladi hamda biznes uchun teng raqobat sharoitini yaratishga katta turtki beradi.
Ta’kidlash joizki, Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmonning imzolanishi mamlakatda soliq islohotlarining yangi bosqichini boshlab berdi.
Soliq qonunchiligidagi islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, soliq yuki darajasini kamaytirish, soliq qonunchiligini soddalashtirish va sog‘lom raqobatni ta’minlash bo‘ldi.
Jahon bankining e’lon qilingan yillik «Doing Business 2020» xalqaro reytingida, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 190 mamlakat orasida 69,9 ball to‘plab, 69-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili xuddi shu reytingda 76-o‘ringa loyiq topilgan mamlakatimiz bir yil ichida 7 pog‘onaga yuqorilagani yuksak natija, albatta.
Prezidentimiz mamlakatning Jahon banki ma’ruzasida egallagan pozitsiyasiga alohida e’tibor qaratdi. Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» hisobotida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekistonning istiqboldagi rejasi 2022 yilgacha – 40-o‘ringa chiqish 17 17 O«zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 13 iyuldagi «Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining «biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3852-sonli qarori
.
1.7. Soliqlarni guruhlashning o‘ziga xos xususiyatlari.
O«zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlardan iborat.
O«zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
Читать дальше