Omon Maxmudov - Soliqlar va soliqqa tortish

Здесь есть возможность читать онлайн «Omon Maxmudov - Soliqlar va soliqqa tortish» — ознакомительный отрывок электронной книги совершенно бесплатно, а после прочтения отрывка купить полную версию. В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. ISBN: , Жанр: Прочая научная литература, на эстонском языке. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Soliqlar va soliqqa tortish: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Soliqlar va soliqqa tortish»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

O’quv qo‘llanmada soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, zarurligi, soliq siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari olib borilayotgan islohotlarning samarasi bayon qilingan. Respublikamizda amalda bo‘lgan soliqlarni undirish mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan, soliq stavkalarining o‘zgarishi, hamda keyingi yillarda soliq-budjet siyosatining aholi farovonligini oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliq qonunchiliklariga kiritilgan o‘zgarishlar hisobga olingan.

Soliqlar va soliqqa tortish — читать онлайн ознакомительный отрывок

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Soliqlar va soliqqa tortish», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Soliq solishning boshqarishga qulaylik tamoyili. Samarali soliq tizimiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri boshqaruvga qulay bo‘lishidir. Soliqlarni undirib olishda samaradorlikka erishish ko‘p hollarda soliqlarning soliq to‘lovchilarga yaxshi tushunarli bo‘lishiga bog‘liq.

Ayrim mamlakatlarda soliq solishning nihoyatda murakkab tartibi amal qiladi, aytaylik, shkala va stavkalar turi, soliqlar tarkibi, ularni to‘lash qoidalari va tartiblari haddan tashqari ko‘p bo‘ladi. Buning ustiga ular soliq tushumlarining ko‘payishiga hech qanday yordam bermaydi hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bajarilishida rol o‘ynamaydi.

Soliq solishning soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish tamoyili. Ushbu tamoyil davlat va soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni yig‘ish uchun ketadigan xarajatlarni mumkin qadar kamaytirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun respublikamizda soliq solish tartibini takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter texnologiyalari, soliq axborotlarining to‘g‘riligini bevosita nazorat qilish usullarini qo‘llash orqali soliq to‘lovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat hisobidan saqlanadigan servis-markazlar, soliq solish masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul maslahatxonalar tashkil etilgan.

Soliq solishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili. Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, ya’ni mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek bo‘lsa, bu hol respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, yengil sharoit yaratilsa, mamlakat budjetiga salbiy ta’sir qiladi.

Soliq solish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni hayotga to‘liq tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.

O«zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi soliq solish majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi, adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.

1.6. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.

Soliqlarni undirish – eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek soliq tizimi ko‘p jihatdan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning samaradorligini va uning raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda soliq solish sohasida muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soliq yuki pasaytirildi, yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, soliq solish tizimi soddalashtirildi, soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirildi. Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish O‘zbekiston Respublikasining 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishishga imkon berdi 6 6 O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli farmoni. . Hozirgi vaqtda respublikamiz ishbilarmonlik muhiti holatining soliq yuki darajasi va soliq stavkalari singari ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘p mamlakatlardan ilgarilab ketgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda soliq tekshiruvlari soni boshqa ko‘plab davlatlardagidan ancha kamdir. Bularning barchasi O‘zbekistonda iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari hisoblanadi.

O«zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab davlat qurilishi, mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy siyosat o‘tkazish, suverenitetini mustahkamlash uchun mablag‘ga ehtiyoj sezgan. Faqat o‘z kuchiga suyanishiga to‘g‘ri kelgan. Sobiq Ittifoq davlatining 70 yildan ortiq vaqt amal qilgan budjet mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash tizimi barbod bo‘lib, moliyaviy resurslarga ehtiyojni milliy manbalar hisobiga ta’minlash zarurati yuzaga kelgan. 1991 va 1992 yillarda davlat budjeti kamomadi 50 foizgacha miqdorni tashkil etgan.

Ma’muriy-rejali boshqaruvda aslida soliq tizimi mavjud bo‘lmagan. Davlat barcha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar: ish haqi, ishlab chiqarish hajmlari, narxlar, foyda darajasini qat’iy nazorat ostiga olganligi sababli xo‘jalik faoliyatini tartibga solishning soliq dastaklariga ehtiyoj sezmagan. Tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha belgilanadigan mavjud majburiy to‘lovlar (daromad, qishloq xo‘jaligi, inshootlarga va boshqalar) xo‘jalik mexanizmining markazlashtirilgan tizimiga kiritilgan va o‘ziga xos vazifalarni bajarar edi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda soliq qonunchiligiga «nol”dan asos solishga, faoliyat yurituvchi soliq organlarini tashkil etish, soliq to‘lovchilar deb atalmish hamjamiyatni o‘qitish va shakllantirishga to‘g‘ri keldi. Bularning bari ijtimoiy hayotda keskin o‘zgarishlar yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun soliqlar kelib tushishini majburiy ta’minlash sharoitida amalga oshirildi.

O«zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan soliq tizimi shakllantirila boshladi. Davlatchilikni o‘rnatish sharoitida soliqlarni undirishning ahamiyati juda katta – yosh suveren davlatning taqdiri ko‘p jihatdan ushbu vazifa samarali hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Juda qisqa davr ichida ikkita vazifani birdaniga bajarishga to‘g‘ri kelgan. Birinchidan, navqiron davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlariga mos keluvchi soliq tizimini shakllantirish, zarur huquqiy hujjatlarni qabul qilish. Ikkinchidan, soliq ma’muriyatchiligining tegishli tizimini yaratish.

Mustaqil davlatni tarkib toptirish va rivojlantirishning barcha bosqichlarida soliq tizimi budjetga zarur moliyaviy mablag‘larning kelib tushishi, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning ta’minlanishi bo‘yicha oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyat bilan hal qilib kelgan bo‘lsada, mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligi zaruriy darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar borligini ko‘rsatdi. Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Shulardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyaviy jozibadorligi va davlat budjetining daromad qismi muntazam o‘sishini rag‘batlantiruvchi zamonaviy soliq tizimini yaratilishiga sabab bo‘ldi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini yangi bosqichga ko‘tarilishiga olib keldi.

2018 yilgacha bo‘lgan davrda mamlakatimiz soliq tizimining rivojlanishi taniqli iqtisodchi olimlarimiz tomonidan uch bochqichga bo‘lib o‘rganilgan 7 7 Jo‘rayev A., Toshmatov Sh., Abduraxmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Norma. 2009. -183-b. . Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy soliq tizimining rivojlanishida evolyutsion tusga ega bo‘lgan to‘rtta asosiy bosqichni ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi.

Birinchi bosqich (1991—1995 yillar) – soliq tizimining shakllanishi bosqichidir.Soliq tizimi murakkab iqtisodiy sharoitlarda shakllandi: xo‘jalik aloqalaridagi uzilishlar, resurslar markazlashtirilgan tarzda taqsimlanadigan bir sharoitda bozor munosabatlariga o‘tish, inflyatsiyaning yuqori darajasi. Bularning barchasi xo‘jalik faoliyatining natijalarida, pirovard oqibatda esa budjetga tushumlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Soliqlar va soliqqa tortish»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Soliqlar va soliqqa tortish» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Soliqlar va soliqqa tortish»

Обсуждение, отзывы о книге «Soliqlar va soliqqa tortish» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x