Omon Maxmudov - Soliqlar va soliqqa tortish

Здесь есть возможность читать онлайн «Omon Maxmudov - Soliqlar va soliqqa tortish» — ознакомительный отрывок электронной книги совершенно бесплатно, а после прочтения отрывка купить полную версию. В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. ISBN: , Жанр: Прочая научная литература, на эстонском языке. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Soliqlar va soliqqa tortish: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Soliqlar va soliqqa tortish»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

O’quv qo‘llanmada soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, zarurligi, soliq siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari olib borilayotgan islohotlarning samarasi bayon qilingan. Respublikamizda amalda bo‘lgan soliqlarni undirish mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan, soliq stavkalarining o‘zgarishi, hamda keyingi yillarda soliq-budjet siyosatining aholi farovonligini oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliq qonunchiliklariga kiritilgan o‘zgarishlar hisobga olingan.

Soliqlar va soliqqa tortish — читать онлайн ознакомительный отрывок

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Soliqlar va soliqqa tortish», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Iqtisodiy vaziyat quyidagi vazifalarni zudlik bilan hal etishni soliq tizimining oldiga ko‘ndalang qo‘ygandi:

1) budjetning kamomadi kuchaygan, inflyatsiya ildamlab borayotgan, ishlab chiqarish hajmlari pasayayotgan va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar soni ortib borayotgan bir sharoitda budjetga tushumlarni ta’minlash. Shakllanib borayotgan soliq tizimining tor soliq bazasi sharoitida mazkur vazifani faqatgina xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasiga ko‘proq soliq yukini solish hisobidan hal etsa bo‘lar edi. Soliq stavkalari nihoyatda yuqori bo‘lgan. 1990 yillarning boshida daromad (foyda) solig‘i eng yuqori stavkada – 38 foiz, JShDS – 40—50 foiz, QQS – 30 foiz, ish haqi fondiga – 40 foiz bo‘lgan. Natijada soliq undiruvlari ulushi YaIMning 40 foiziga yetgan;

2) moliyaviy mablag‘larni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, strategik zaxiralar bilan o‘zini o‘zi ta’minlashga erishish, tub tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish hisobidan qayta taqsimlash. Buning uchun QQS, foyda solig‘i, aksizlar, mol-mulk va yer solig‘i singari odatiy soliq turlarining o‘zidangina foydalanilgani yo‘q. Soliq tizimi noan’anaviy soliq turlari – xom ashyo resurslarini olib chiqishga soliq, korxonalar daromadidan soliq, amortizatsiyadan ajratmalar va boshqalardan ham foydalandi;

3) narx-navo ko‘tarilishi va ishlab chiqarishning pasayishi sharoitida turmush tarzi va ijtimoiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash. 1991—1995 yillarda o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlarini ko‘tarish to‘g‘risida 19 marta qarorlar qabul qilingan. Buning uchun esa o‘sib borayotgan summalarda soliqlarni yig‘ishga to‘g‘ri kelgan.

Shuning uchun soliq tizimi shakllanishining mazkur bosqichi soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirishi bilan xarakterlanib, budjetga tushumlarni ta’minlash (fiskal vazifa), iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni saqlash (qayta taqsimlash vazifasi) uning asosiy vazifalariga aylangan. Soliqlarning boshqaruvchi vazifasi ko‘proq iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun emas, balki mehnatga haq to‘lash fondini nazorat qilish orqali inflyatsiya darajasini ushlab turish, xom ashyo zahiralarining arzon narxlarda chetga chiqib ketishining oldini olish, inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun qo‘llanilgan.

Tadbirkorlikka erkinlik berish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari sharoitida soliq tizimiga nisbatan muayyan talablar qo‘yildi. Soliq to‘lovchilar soni keskin tarzda ko‘paydi. Yuridik shaxslar – 28,3 mingdan 113,7 mingtaga, yakka tartibdagi tadbirkorlar – 49,4 mingdan 217,6 ming nafargacha oshdi. Huquqiy savodxonlik darajasi uncha yuqori bo‘lmagan va soliqlardan bo‘yin tovlash holatlari avj olgan bir sharoitda soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashning birdan-bir ishonchli dastagi yalpi soliq nazorati bo‘ldi. Soliq organlari oldiga barcha korxonalarni har yili tekshirish vazifasi qo‘yilgan edi. Masalan, 1992 yilda deyarli 42 mingta soliq to‘lovchi – yuridik shaxs tekshiruvdan o‘tkazildi. 1993 yilga kelib esa soliq organlari 60 mingta soliq to‘lovchini «g‘alvirdan o‘tkazishga» ulgurishdi.

Soliq solish ob’ektlari ham o‘zgardi. Masalan, davlat korxonalari mehnatga haq to‘lash shakl va miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega bo‘ldilar. Natijada mehnat haqi keskin ko‘tarila boshladi, foyda esa soliq solish ob’ekti sifatida keskin kamayib bordi yoki umuman yo‘q bo‘ldi. Davlatning munosabati ham shunga mos bo‘ldi – foyda solig‘ining o‘rniga daromad solig‘i joriy etildi (foyda + mehnatga haq to‘lash fondi).

Mazkur davrda soliq tizimining oldiga qo‘yiladigan ba’zi an’anaviy talablarga – o‘zgarishlarning bosqichma-bosqichligi, barqarorlik va soliq to‘lovchilar uchun oddiy va tushunarli bo‘lishlikka rioya qilish qiyin kechdi. Hayotning o‘zi soliqchi va soliq to‘lovchilarning ortiqcha taraddud-tayyorgarligisiz, o‘qib-o‘rganishisiz yangi soliqlarni zudlik bilan joriy etishni taqozo etardi. Masalan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda uning moslashuviga 3 yildan 7 yilgacha muddat talab qilinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i O‘zbekistonda bir necha oy oralig‘ida joriy etilgan edi. Qisqa muddatlar ichida soliq tizimiga boshqa o‘zgartirishlar ham kiritib borildi. Bu yo‘nalishda uchraydigan qiyinchiliklarni soliq organi xodimlarining ham, soliq to‘lovchilarning ham yengib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.

90-yillar boshida asosan qonunosti hujjatlar – yo‘riqnomalar, nizomlar, tartiblar, ba’zan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari dastak sifatida qo‘llandi. Soliq to‘lovchining huquqlari to‘g‘risida hech kim o‘ylab ham o‘tirmadi. Soliq organlari va soliq to‘lovchilarning tayyorgarligi quyi darajada qolaverdi.

Yuzaga kelayotgan iqtisodiy vaziyatga tezkor munosabat bildira borib, davlatimiz soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga tezkorlikda o‘zgartirishlar kiritib bordi. Masalan, 1991—1995 yillarda «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonunga 18 marta tuzatish kiritilgan. Qonunlar bilan birga hukumatning ko‘plab qarorlari, shuningdek yo‘riqnomalar, nizomlar (50 dan ortiq), vazirlik va idoralarning xatlari qabul qilindi.

Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidagi dolzarb masalalarning muvaffaqiyat bilan hal etilishi, ishlab chiqarishni barqarorlashtirishni ta’minlash, inflyatsiyani cheklash 1996 yildan boshlab soliq tizimi rivojlanishining yangi pog‘onasiga ko‘tarilishga imkon yaratdi.

Ikkinchi bosqich (1996—2005 yillar) – soliq tizimining bozor munosabatlariga moslashtirilishi.Hukumat tomonidan xususiy biznesni erkinlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosatning olib borilishi iqtisodiyotning o‘sishiga, soliq to‘lovchilar sonining ortishiga va soliq solish bazasining kengayishiga yordam berdi. Birinchi bosqichdan farqli o‘laroq, davlatimiz soliq solishning fiskal va qayta taqsimlash vazifalari bilan bir qatorda uning rag‘batlantiruvchi funksiyasini ham faol tarzda ishga soldi.

Mamlakatimiz hukumati undiruvning yuqori darajasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va xodimlarning qonuniy faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirmasligini hisobga olgan holda, soliq yukini bosqichma-bosqich tushirib borish yo‘lini tanladi. Mazkur davrda QQS stavkasi (30 foizdan 20 foizga), foyda solig‘i (37 foizdan 15 foizga), savdo korxonalarining yalpi daromadidan soliq (50 foizdan 20 foizga), JShDS (50 foizdan 29 foizga), ijtimoiy jamg‘armalarga to‘lovlar (40 foizdan 25 foizga) tushirildi.

Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni ixchamlashtirish konsepsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin. Kichik biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Uning uchun 8—10 ta soliq turini bittaga almashtiruvchi soliq solishning soddalashtirilgan tizimlari joriy etildi. 1998 yildan boshlab uni qishloq xo‘jaligidan tashqari iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi kichik korxonalar to‘lashmoqda. 1999 yildan boshlab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari yagona yer solig‘i to‘lovchilariga aylanishdi. Oqibatda 2006 yilga kelib, soliqlarning YaIMdagi ulushi 1990 yillar boshidagi 40 foizdan 23 foizga tushdi.

Soliq tizimi o‘z rivojlanishining ikkinchi bosqichida ancha barqarorlashdi. Bozor iqtisodiyoti tamoyillariga javob bermaydigan soliq va to‘lovlar bu tizimdan chiqarib tashlanmoqda, ilg‘or mamlakatlarning tajribasi kengroq qo‘llanila boshlandi. Daromad solig‘i o‘rniga o‘z mablag‘larini yangi texnologiyalar va ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirayotgan korxonalar uchun imtiyozlarni nazarda tutuvchi foyda solig‘i joriy etildi. Bir nechta daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolardan JShDSni hisoblash va to‘lashning deklaratsiyalanadigan shakllari joriy etilishi boshlandi. Davlat budjeti daromadlarining tarkibi ijobiy tarzda o‘zgardi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri va resurs soliqlarining ulushi ortib bordi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Soliqlar va soliqqa tortish»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Soliqlar va soliqqa tortish» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Soliqlar va soliqqa tortish»

Обсуждение, отзывы о книге «Soliqlar va soliqqa tortish» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x