Soliqlar va soliqqa tortish
Ulug'bek To'lakov
Omon Maxmudov
© Ulug'bek To'lakov, 2021
© Omon Maxmudov, 2021
ISBN 978-5-0053-1358-4
Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero
Soliqlar va soliqqa tortish. / U.To«lakov, O.Maxmudov. 2020 yil – 284 bet
O’quv qo‘llanmada soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, zarurligi, soliq siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari olib borilayotgan islohotlarning samarasi sifatida bayon qilingan. Respublikamizda amalda bo‘lgan soliqlar va yig‘imlarni undirish mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan, soliq stavkalarining o‘zgarish dinamikasi, hamda keyingi yillarda soliq-budjet siyosatining aholi farovonligini oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliq qonunchiliklariga kiritilgan o‘zgarishlar hisobga olingan.
Darhaqiqat, soliqlarning yig‘iluvchanligi ko‘p jihatdan aholining soliq bilimdonligi, soliq madaniyatiga bog‘liq ekan, ushbu qo‘llanma nafaqat oliy ta’lim muassasalari talabalariga, shuningdek texnikum talabalari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes xodimlari uchun ham tavsiya etiladi.
O«quv qo‘llanmaning yakuniy qismida soliqlar va soliqqa tortish bo‘yicha glossariy va ilovalar keltirilgan.
В учебном пособии описана экономическая сущность, значение, необходимость налогов, Особенности налоговой политики как результат проводимых реформ. Особое внимание было уделено механизмам взимания действующих в республике налогов и сборов, учтена динамика изменения налоговых ставок, а также изменения в налоговое законодательство с целью повышения благосостояния населения, обеспечения устойчивого экономического роста в последующие годы.
Действительно, поскольку собираемость налогов во многом зависит от налоговой грамотности населения, налоговой культуры, данное пособие рекомендуется не только студентам высших учебных заведений, но и студентам техникумов, работникам малого бизнеса, занимающимся предпринимательской деятельностью.
В заключительной части учебного пособия приведены глоссарий и приложения по налогам и налогообложению.
Iqtisodiyot fanlari doktori S.K.Xudoyqulovning umumiy tahriri ostida
Taqrizchilar:
Yaxshiboyev A. – Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Kadrlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i
Xatamov O. – Termiz davlat universiteti professori, i.f.d.
© U.To’lakov, O.Maxmudov
© Soliqlar va soliqqa tortish
ГЛАВА I. ВВЕДЕНИЕ В «НАЛОГИ И НАЛОГООБЛОЖЕНИЕ»
ГЛАВА II. НАЛОГ НА ПРИБЫЛЬ
ГЛАВА III. Налог с ОБОРОТА
ГЛАВА IV. НАЛОГ НА ДОХОДЫ ФИЗИЧЕСКИХ ЛИЦ
ГЛАВА V. НАЛОГ НА ДОБАВЛЕННУЮ СТОИМОСТЬ
ГЛАВА VI. АКЦИЗНЫЙ НАЛОГ
ГЛАВА VII. НАЛОГ НА ИМУЩЕСТВО
ГЛАВА VIII. ЗЕМЕЛЬНЫЙ НАЛОГ
ГЛАВА IX. НАЛОГ ЗА ПОЛЬЗОВАНИЕ ВОДНЫМИ РЕСУРСАМИ
ГЛАВА X. НАЛОГ ЗА ПОЛЬЗОВАНИЕ НЕДРАМИ
ГЛАВА XI. СОЦИАЛЬНЫЙ НАЛОГ И СБОРЫ
ГЛОССАРИЙ
ПРИЛОЖЕНИЯ
СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ
Mamlakatimiz ta’lim tizimini shaklan va mazmunan isloh qilish, uning huquqiy bazasini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl va usullari samaradorligini oshirish borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada kadrlar tayyorlash va ta’limning uzluksiz tizimini isloh qilish bo‘yicha ko‘plab qonuniy asoslari yaratildi.
Uzluksiz ta’lim tizimida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ularda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, yuksak mehnat intizomini shakllantirish bo‘yicha «Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Qisqa vaqt davomida har tomonlama yetuk, komil inson va barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan uzluksiz ta’limning yaxlit tizimi yaratildi. Respublikada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida ham islohotlar bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda amaliyotga joriy etildi. Oliy ta’limning jahon standartlariga javob beradigan ikki bosqichli tizimi – bakalavriat va magistratura yaratildi. So‘nggi yillarda oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirildi hamda shakllangan stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutlarining moddiy ta’minoti mustahkamlandi.
O«zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mazkur muammoning ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy ahamiyatini «Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga katta zarurat sezila boshladi» 1 1 Karimov. I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O‘zbekiston, 2011. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni.
deb asoslaganlar. Shu bois, hozirgi davrda ta’lim samaradorligini oshirish, pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish va maqsadli yo‘naltirish oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashdagi dolzarb vazifalar sifatida belgilandi.
Xususan, 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish 2 2 3 www.press.servis//Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omili.
maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
O«zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatning yetakchi olimlari, ziyolilari, akademiklari bilan uchrashuvida o‘tgan 25 yil davomida mamlakatda katta islohotlar amalga oshirilgani, barcha sohalarda ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilganini e’tirof etgan holda bugungi ta’lim sifatini shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy dunyoning yangicha talablarga moslashtirish lozimligi, bu masalalarni bugun hal qilinmasa, ertaga kech bo‘lishini ta’kidladi. Uchrashuvda qayta-qayta tilga olingan masala kadrlar tayyorlash tizimi bo‘ldi. O‘zbekistonda bu borada tegishli baza yaratilgan, faqat uni mukammal tizimga aylantirish, buning uchun esa OTMda ta’lim dasturlarini takomillashtirish talab etiladi.
Читать дальше