• Пожаловаться

Ray Bradbury: Marsga hujum

Здесь есть возможность читать онлайн «Ray Bradbury: Marsga hujum» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию). В некоторых случаях присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, год выпуска: 2008, категория: Фантастика и фэнтези / uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале. Библиотека «Либ Кат» — LibCat.ru создана для любителей полистать хорошую книжку и предлагает широкий выбор жанров:

любовные романы фантастика и фэнтези приключения детективы и триллеры эротика документальные научные юмористические анекдоты о бизнесе проза детские сказки о религиии новинки православные старинные про компьютеры программирование на английском домоводство поэзия

Выбрав категорию по душе Вы сможете найти действительно стоящие книги и насладиться погружением в мир воображения, прочувствовать переживания героев или узнать для себя что-то новое, совершить внутреннее открытие. Подробная информация для ознакомления по текущему запросу представлена ниже:

libcat.ru: книга без обложки
  • Название:
    Marsga hujum
  • Автор:
  • Жанр:
  • Год:
    2008
  • Город:
    Toshkent
  • Рейтинг книги:
    3 / 5
  • Избранное:
    Добавить книгу в избранное
  • Ваша оценка:
    • 60
    • 1
    • 2
    • 3
    • 4
    • 5

Marsga hujum: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Marsga hujum»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Amerikaning mashhur fantast yozuvchisi Rey Bredberining nomi va asarlari o‘zbek o‘quvchilariga ham yaxshi tanish. Endi adibning shoh asari “Marsga hujum”ni siz aziz fantastika ixlosmandlariga havola etmoqdamiz. Oltmish yoshida ilk marta uchoqqa chiqqan, uyida eski yozuv mashinkasidan boshqa bironta zamonaviy texnika uskunasi bo‘lmagan Rey Bredberi favqulodda quvvai zehni bilan olis-olis galaktikalarga xuddi fazogirlarday “sayohat” qiladi va mo‘‘jizaviy taassurotlarini jahon ahli bilan baham ko‘radi. Muallifning fantastika vositasida bunday g‘aroyib “sayohat”lari zamirida ulkan majoziy ma’no yotadi — u Yerdagi hayot, xususan ona tabiatga munosabat allaqachon izdan chiqqanligini alam, o‘kinch va zaharxandalik bilan ifoda etadi. Hatto biz shaffof marsliklar istiqomat qiladi deb tasavvur etganimiz Mars sayyorasini ham mana shu odamlar allaqachon boshiga yetib bo‘lganini alohida uqtiradi. Bu esa Yerdagi har bir odamni chuqurroq o‘ylashga, hushyor bo‘lishga da’vat etadi. “Jahon adabiyoti” jurnalidan

Ray Bradbury: другие книги автора


Кто написал Marsga hujum? Узнайте фамилию, как зовут автора книги и список всех его произведений по сериям.

Marsga hujum — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Marsga hujum», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема

Шрифт:

Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

— Endi u-bu haqda o‘ylaydigan vaqtingiz keldi. Ehtimol, men sizlarni bundan qaytarganimda nohaq bo‘lgandirman. Bilmadim, sizlar qancha narsani tushunasizlar, ammo men sizlarga hamma narsani ochiq aytishim kerak, shundan yuzdan birini anglab ololsangiz ham katta gap.

U bir varaq qog‘ozni olovga tashladi.

— Men hayot tarzini yoqayapman — bu hozir Yer yuzidan kuydirib yo‘qotishayotgan hayot tarzining o‘zidir. Siyosatchiga o‘xshab gapirayotgan bo‘lsam, meni ma’zur tutasizlar, axir men shtatning sobiq gubernatoriman-da. Men halol odam edim va shuning uchun meni yomon ko‘rishardi.

Biron-bir jo‘yali ish qilish uchun Yerdagi hayot sira to‘g‘ri kelmas edi. Fan haddan tashqari tez va haddan tashqari uzoq ilgarilab ketgandi va odamlar mashinalar o‘rmoni ichida adashib qolgan edilar, ular xuddi bolalarday ermakbop narsalar, boshqotirma mexanizmlar, vertolyotlar, raketalar bilan andarmon bo‘lib qolgandilar. Kerakli narsa bilan ishlari yo‘q edi, nuqul yangidan-yangi mashinalarni o‘ylab topar edilar, ularni qanday boshqarishni xayollariga ham keltirmasdilar. Urushlar tobora vayrongar bo‘lib ketaverdi va oxiri Yerning boshiga yetdi. Radioning jim bo‘lib qolgani shundan.

Bizning qochib kelganimiz shundan. Tag‘in ham omadimiz bor ekan. Boshqa bitta ham raketa qolmadi. Biz aslo baliq tutgani kelmaganimizni bilish vaqti keldi. Men galga solaverdim, aytmasdim…

Yer halok bo‘lgan. Sayyoralararo aloqalar yangilanishidan oldin — agar ular yangilana olsa — asrlar o‘tar. O’shandagi hayot tarzi o‘zining yaroqsizligini ko‘rsatdi va o‘zini o‘zi bo‘g‘ib o‘ldirdi. Sizlar endi-endi yashay boshlayapsizlar. To o‘zlashtirib olmaguningizcha men bular barchasini sizlarga kunda takrorlayveraman…

Gulxanga yana qog‘ozlarni tashlash uchun u gapdan to‘xtadi.

— Endi bizlar yolg‘izmiz. Bizlar va yana ikki-uch kundan keyin uchib keladigan bir hovuch odamlar.

Hammasini boshidan boshlashga shu kifoya. Yerdagi hamma narsa ustiga xoch qo‘yish va yangi yo‘ldan borish uchun shu yetarli…

Otaning gapini tasdiqlagandek olov yorqinroq alangalandi. Hamma qog‘ozlar yonib bo‘lgandi, faqat bitta qog‘oz qolgandi. Yerning barcha qonun va dinlari halizamon shamol uchirib ketadigan mayda issiq kulga aylangandi.

Timoti dadasi gulxanga tashlagan so‘nggi varaqqa qaradi. Jahon xaritasi… U buraldi, olovdan jingirtob bo‘ldi, kulga aylandi va tungi qora kapalakday uchib ketdi. Timoti yuzini o‘girdi.

— Endi men sizlarga marsliklarni ko‘rsataman, — dedi ota. — Qani, turinglar. Sen ham, Alisa.

Ota uning qo‘lidan tutdi.

Maykl yig‘lab yubordi, dadasi uni bag‘riga oldi-da, olib ketdi. Xarobazorlar yonidan o‘tib, ular pastga, kanal tomonga yo‘l olishdi.

Kanal. Bu yerga ertaga yo birisi kuni qayiqda ularning bo‘lajak xotinlari — dada va oyilari bilan quvnoq qizchalari kelishadi.

Tun bostirib keldi, ko‘kka yulduzlar sochildi. Ammo Timoti Yerni topa olmadi. U botib ketgandi.

Buni o‘ylamasdan bo‘larmidi…

Xarobazorlar orasida haqqush qichqirardi. Ota yana tilga kirdi:

— Onangiz bilan men ustozlaringiz bo‘lishga urinib ko‘ramiz. Bu qo‘limizdan kelishiga ishonaman…

Bizlar ancha narsani ko‘rishga va boshdan kechirishga ulgurdik. Bu sayohatni biz ancha oldin, sizlar hali dunyoga kelmagan paytlarda o‘ylab qo‘ygandik. Urushlar bo‘lmaganida ham biz, ehtimol, baribir Marsga uchib kelar, shu yerda o‘zimizcha yashab, o‘z hayot tarzimizni yaratgan bo‘lardik. Marsni ham zaharlash uchun Yer tamadduniga yuz yil kerak bo‘lardi. Endi-ku, albatta…

Ular kanalga yetib kelishdi. U uzun, to‘g‘ri, sovuq bo‘lib, uning muzdek oynasida tun aks etib turardi.

— Men har doim marslikni juda-juda ko‘rishni xohlab kelardim, — dedi Maykl. — Qani ular, dada?

Siz va’da bergandingiz-ku.

— Ana ular, qara, — javob berdi ota. U Mayklni yelkasiga o‘tqazdi-da, pastni ko‘rsatdi.

Marsliklar! Timotining vujudi titrab ketdi.

Marsliklar. Kanal ichida. Suv yuzida Timoti, Maykl, Robert, ona va otaning akslari ko‘rinib turardi.

Shovullayotgan suv ichidan marsliklar ularga unsiz uzoq, uzoq qarab qolishdi…

Tamom.

Ruschadan Amir Fayzulla tarjimasi.

www.ziyouz.com

2008

Тёмная тема

Шрифт:

Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Marsga hujum»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Marsga hujum» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё не прочитанные произведения.


Отзывы о книге «Marsga hujum»

Обсуждение, отзывы о книге «Marsga hujum» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.