Aleksandr Belyayev - Jahongir

Здесь есть возможность читать онлайн «Aleksandr Belyayev - Jahongir» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, Жанр: Фантастика и фэнтези, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Jahongir: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Jahongir»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Jahongir — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Jahongir», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Dugov kulib arslonlarga qaradi, keyin nigohini chodirda o‘tirgan matroslarga ko‘chirdi. Ular fikriy buyruqni bajarish uchun darrov o‘rinlaridan turishdi. Chodirni tez yigishtirib, qayiqni suzishga tayorlay boshladilar. Arslonlar tosh yo‘lkadan asta-sekin sohilga tushib, qum ustiga cho‘zilishdi. Matroslar ularni qayiqqa bitta-bittadan o‘tkazib, kemaga tashishdi.

— Ketasizlarmi? — deb so‘radi Elza ma’yus ohangda.

— Afsuski, vaqtimiz tugab qoldi. Bizni dirijabl kutyapti. Ammo bu yoqimli tanishuvimiz shu bilan tugamaydi, deb umid qilamiz. Hali yana ko‘p kelamiz, bog‘imizning Xarkov, Tiflis va boshqa shaharlarda ochilgan filiallarini to‘ldirish uchun hali yana qanchadan-qancha jonivorlar kerak bo‘ladi. O‘zingiz ham borib, qilgan ishlarimizni bir ko‘rsangiz tag‘in ham soz bo‘lar edi.

Elza ta’zim qildi.

Dugov Emmaning yoniga keldi.

— Ovga biz bilan birga bormasdan ko‘p narsani yo‘qotdingiz, frau. Ajoyib mo‘’jizalarni ko‘rgan bo‘lardingyz. — Dugov osmonda, ko‘rfaz ustida uchib yurgan behisob qushlarga tikilib, davom etdi: — Mayli, ovda ko‘rmaganlaringiz evaziga hozir sizga bir «mo‘’jiza» ko‘rsataman.

Dugov yana qushlarga tikilib qaray boshladi.

Qushlar o‘z yo‘llarini o‘zgartirib, uch burchak hosil qildilar. Ular shu vaziyatda uy tepasiga uchib kelishdi. Uch burchak ulkan doiraga aylandi. Keyin bu doira asta-sekin kengaya borib, borabora ko‘k bag‘riga singib ketdi.

Emma hayratlanganidan chapak chalib yubordi.

— Yana! Yana! — deb qichqirardi bola.

Dugov Emma bilan o‘glini ovuntirib turgan paytda Shtirner bilan Elza chetroqqa chiqib, nimalarnidir gaplasha boshlashdi Elza bir qizarar, bir yerga qarar, lekin, aftidan, Shtirnerning so‘zlaridan mamnun edi.

— Qani, ketdik! — dedi Dugov.

Hammalari sohilga tushishdi. Kachinskiy, Dugov va Shtirner qayiqqa o‘tirib, eshkaklarni qo‘llariga olishdi.

— Xayr! — deb qichqirdi Shtirner Elzaga va eshkagini suvga tashladi.

Botayotgan oftob nurida eshkaklardan oqayotgan tomchilar qipqizil sharob tomchilariga o‘xshardi. Mana, qayiq kemaga borib taqaldi, sayohatchilar tepaga ko‘tarilishdi. Yelkanlar shamoldan taranglashdi. Langar zanjirlari shaqirladi…

— Xayr! — degan ovoz chalindi yana Elzaning qulog‘iga. Kemadagilar ro‘molchalarini silkitishdi. Emma, Elza va bola ham ro‘molcha silkita boshladi.

Arslonlar oldingi oyoqlarini bort panjarasiga tirab, saf tortishdi. Ularning yunglari kun nurida oltinday tovlanardi. Kema yo‘lga tushdi…

Dugov arslonlarga qaragan edi, ular xuddi sohildagilar bilan xayrlashganday, birdan boshlarini qimirlatib, oldingi oyoqlarini silkita boshlashdi. Bola bilan Emma kulib yuborishdi. Elza ham ma’yus jilmaydi.

Kema yelkanlari allaqachon ko‘zdan yiroqlashgan, oftob okean ortiga botib, boyagina zumradday yarqirab yotgan suv sathi qo‘ngir tusga kirgan bo‘lsa ham ikki ayol bilan bir bola hamon sohilda turishar va kema suzib ketgan tomondan ko‘z uzishmasdi.

— Ha, albatta o‘sha yoqqa borib, ana shu mo‘’jizalarni ko‘rishimiz kerak, — dedi nihoyat Elza o‘ychanlik bilan.

— Albatta! — deb javob berdi Emma ikkilanmay. — Bu yerda juda uzoq turib qoldik.

Elza o‘sha kecha allamahalgacha uxlay olmadi. Tongga yaqin ko‘zi ilinganda go‘yo Lyudvigning ovozi eshitilganday, u buni hadeb chaqirayotganday tuyuldi.

— Ha, ha, azizim Lyudvig! — deb shivirladi u uyqu aralash.

Ammo Elza yanglishgan ei.

Bu paytda uning haqida Shtirner emas, balki Shtern o‘ylayotgan edi.

Shtern kema palubasida, seryulduz janub osmoni ostida uxlab yotgan arslonning boshiga tirsagi bilan suyangancha pastak to‘qima stulda o‘tirardi, Oy botib ketdi, allaqayoqlardan tong nasimi yetib keldi. Shtern esa hamon mijja qoqmay, okean sohilidagi yakka-yolg‘iz uyda yashayotgan frau Bekker haqida o‘ylardi.

Kemaning bir tekis chayqalishi, nihoyat, uni elitdi, Shtern arslonning paxmoq yoliga boshini qo‘ygancha uyquga ketdi.

Quyoshning ilk nurlari dastlab shularga — inson va arslonga tushdi.

Ular inson tafakkuri o‘zlaridagi jamiki yovuz va tevarakatrofdagilarga xatarli bo‘lgan his-tuyg‘ularni jilovlab tashlaganidan bexabar, tinchgina uxlab yotishardi.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Jahongir»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Jahongir» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Александр Амфитеатров - Александр Иванович Чупров (II)
Александр Амфитеатров
Александр Амфитеатров
Aleksandr Puŝkin - La filino de la kapitano
Aleksandr Puŝkin
Aleksandr Puŝkin
Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi
Aleksandr Belyayev
Aleksandr Belyayev
Александр Кулешов - Победил Александр Луговой
Александр Кулешов
Александр Кулешов
Отзывы о книге «Jahongir»

Обсуждение, отзывы о книге «Jahongir» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x