Ray Bradbury - Marsga hujum

Здесь есть возможность читать онлайн «Ray Bradbury - Marsga hujum» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, Год выпуска: 2008, Жанр: Фантастика и фэнтези, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

libcat.ru: книга без обложки

Marsga hujum: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Marsga hujum»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Amerikaning mashhur fantast yozuvchisi Rey Bredberining nomi va asarlari o‘zbek o‘quvchilariga ham yaxshi tanish. Endi adibning shoh asari “Marsga hujum”ni siz aziz fantastika ixlosmandlariga havola etmoqdamiz. Oltmish yoshida ilk marta uchoqqa chiqqan, uyida eski yozuv mashinkasidan boshqa bironta zamonaviy texnika uskunasi bo‘lmagan Rey Bredberi favqulodda quvvai zehni bilan olis-olis galaktikalarga xuddi fazogirlarday “sayohat” qiladi va mo‘‘jizaviy taassurotlarini jahon ahli bilan baham ko‘radi.
Muallifning fantastika vositasida bunday g‘aroyib “sayohat”lari zamirida ulkan majoziy ma’no yotadi — u Yerdagi hayot, xususan ona tabiatga munosabat allaqachon izdan chiqqanligini alam, o‘kinch va zaharxandalik bilan ifoda etadi. Hatto biz shaffof marsliklar istiqomat qiladi deb tasavvur etganimiz Mars sayyorasini ham mana shu odamlar allaqachon boshiga yetib bo‘lganini alohida uqtiradi. Bu esa Yerdagi har bir odamni chuqurroq o‘ylashga, hushyor bo‘lishga da’vat etadi.
“Jahon adabiyoti” jurnalidan

Marsga hujum — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Marsga hujum», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

— Menga esa bu juda yoqdi, — javob berdi ayol o‘rindiqqa o‘zini tashlab. — Shunday narsalarni tasavvur qilaman deb hech xayolimga kelmagandi. Qop-qora sochlar, ko‘m-ko‘k ko‘zlar, oppoq badan!

Qanday ajoyib erkak, buning ustiga, juda chiroyli ham.

— Senga shunaqa tuyulgan.

— Voy ichi qora-ey. Men shunday bo‘lishini xohlaganmidim, pinakka ketganimda u o‘zi paydo bo‘lib qoldi. Hatto bu tushga ham o‘xshamaydi. Birdan kutilmaganda, g‘ayri oddiy bir tarzda… U menga qaradi-da: shunday dedi: “Men bu kemada uchinchi sayyoradan uchib keldim. Mening ismim Nataniel Yor…”

— Bema’ni ism, — e’tiroz bildirdi eri. — Bunaqa bo‘lishi mumkin emas.

— Albatta, bema’ni-da, axir bu tush edi-ku, — itoatkorona qo‘shildi ayol. — U yana: «Bu koinot orqali birinchi parvozimiz. Kemada biz ikki kishi edik, men va do‘stim Berg», — dedi.

— Bunisi undan ham bema’niroq ism ekan.

— U shunday dedi: «Biz yerdagi shahardan keldik, sayyoramizning nomi shunaqa», — davom etdi missis K. — Bu uning so‘zlari. Ha, shunday dedi — Yer. Keyin u bizning tilimizda gapirmadi. Lekin men bir amallab uni tushundim. Zehnim-da. Bu telepatiya, albatta.

Mister K. orqasiga o‘girilib, keta boshladi. Biroq xotinining ovozidan u yana to‘xtadi.

— Ill! — asta chaqirdi ayol. — Sen hech uchinchi sayyorada odam bor-yo‘qligi haqida o‘ylab ko‘rganmisan?

— Uchinchi sayyorada hayot bo‘lishi mumkin emas. — Bosiqlik bilan tushuntira boshladi eri. — Olimlarimiz shuni aniqlaganlarki, u yerda havoda kislorod haddan tashqari ko‘p. U yerda odamlar yashaganida qanday zo‘r bo‘lar edi-ya! Qanaqadir g‘alati kemalarda koinotda sayohat qila olishganda nur ustiga nur bo‘lardi.

— Menga qara, Ill, o‘zing yaxshi bilasan, men bunaqa safsatalarni jinimdan yomon ko‘raman.

Undan ko‘ra ishdan gapir.

Ayol yomg‘ir tomchilib turgan ustunlar oralig‘ida odimlab yurganida kech kirib qolgan edi. O’sha-o‘sha kuy, o‘sha-o‘sha ohang.

— Shu ham qo‘shiq bo‘ldi-yu. — Chidayolmay to‘ng‘illadi eri, olov stolga borar ekan.

— Bilmadim.

Ayol beixtiyor go‘sht bo‘laklarini qaynab turgan olovga tashladi.

— Bilmayman. — Ikkinchi lahzada go‘sht pishib tayyor bo‘lgan edi. Ayol uni olov ichidan oldi-da, likopchaga solib eriga tutdi. — Eh, balki bu ko‘nglimga o‘z-o‘zidan kelib qolgan safsatadan boshqa hech narsa emasdir, nimagaligini o‘zim ham bilmayman.

Eri boshqa hech nima demadi. Xotinining go‘shtni vishillab turgan olov halqobi ichiga qanday tashlayotganini tomosha qilib turardi. Quyosh ufq ortiga yashirindi.

Xonaga asta-sekin tun kirib kela boshladi, u ustun va er-xotinni yamlagancha o‘zining tundek qora sharobi bilan xona shiftigacha limmo-lim to‘ldi. Faqat kumushrang olov ularning yuzlarini g‘ira-shira yoritib turardi.

Ayol yana g‘alati qo‘shiqni kuylay boshladi.

Er o‘rnidan sapchib turdi-da, g‘azab bilan eshik tomon yo‘naldi.

Bir ozdan so‘ng er kechlik ovqatni o‘zi tanovul qildi.

Stoldan turdi-da, kerishdi, xotiniga qaradi va esnab turib taklif kiritdi:

— Olov qushlarga minib shaharda bir chigilyozdi qilib kelmaymizmi?

— Jiddiy aytayapsanmi? — so‘radi xotin, — isitmang yo‘qmi?

— Buning nimasiga ajablanasan?

— Axir biz yarim yildan beri hech qayoqqa borganimiz yo‘q-ku?

— Bu ham chakki fikr emas.

O’zidan hayron bo‘lganicha ayol eriga qaradi. Ensasi qotib, qo‘lini og‘ziga olib bordi. Quyosh botmoqda edi. Atrofni qorong‘ilik qoplagan sayin xuddi ulkan gul kabi uy yopilib borar edi. Ustunlar oralig‘ida shabada esdi, olov stolda bir mittigina kumushrang olov ko‘lchasi qaynar edi. Shamol missis K.ning qizg‘ish sochlarini taragancha, uning qulog‘iga nimalaridir shivirlar edi. Oltinrang xira nigohini ufqqa, dengizning oqish-sarg‘ish yuziga tikkancha u jimgina turar edi. Shunda xotirasida qandaydir qo‘shiq satrlari jonlandi:

Nigohimda qadah sunarman,
Ishqingga shul erur javobim,

— deya ayol past va mayin ovozda xirgoyi qila boshladi.

Lablarimdan may simir, jonim,
O’zga maydan gapirma zinhor.

Missis K. takror xirgoyi qildi. Biroq endi so‘zlarsiz, ko‘zlarini yumib kuyladi, qo‘llari esa bamisoli havoda raqs tushar edi. Oxiri u jim bo‘lib qoldi.

Kuy chindan ham ajoyib edi.

— Bu qo‘shiqni endi eshitayapman. Sen o‘zing to‘qidingmi? — jiddiy ohangda so‘radi eri undan, sinovchan boqib.

— Yo‘q… Ha… To‘g‘risi, bilmayman! — Ayol sarosimada edi. — Men so‘zlarini ham bilmayman — allaqanday begona tildagi qo‘shiq edi.

— Qanaqa tilda?

— Bugun quyosh qayoqdan chiqdi?

— Kel endi, — qo‘l siltab dedi er. — Borasanmi-yo‘qmi, shuni ayt.

Ayol oqishtob cho‘lga razm soldi. Ikki oppoq oy ufq ortidan ko‘tarilib chiqdi. Muzdek suv oyoq panjalarini silar edi. Uning badani yengil jimirlab ketdi. Hammadan ham ayol shu yerda qolishni, churq etmay bir joyda jim o‘tirishni xohlar edi, u kuni bilan o‘ylagan narsasining, — sodir bo‘lishi lozim va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsaning amalga oshishini kutmoqda edi… Qo‘shiqning nafis ohangidan yuragi hapriqib ketdi.

— Men…

— Senga yaxshi bo‘ladi, — dedi eri. — Qani, ketdik.

— Men charchadim, — javob berdi xotini, — boshqa safar boramiz.

— Mana bu sharfing, — er unga shisha idishchani tutdi. — Necha oydirki, ikkalamiz hech yerga chiqqanimiz yo‘q.

— Sening haftasiga ikki martadan Ksi-Sitiga qilgan safarlaringni hisobga olmaganda, — dedi u eriga, undan ko‘zini olib qochgancha.

— Ish bor, — dedi eri.

— Ish bor, — shivirladi ayol.

Shisha idishchadan suyuqlik otilib chiqdi. Moviy zulmatga aylandi-da, ayolning bo‘yni atrofidan vishillab aylanib doira yasadi.

Tep-tekis, muzdek qum uzra, xuddi laqqa cho‘g‘dek charaqlab, olov qushlar muntazir edi.

Qushlarga ko‘plab yashil tasmalar bilan bog‘lab qo‘yilgan oppoq chodir tungi shamol epkinidan qappayib hilpirardi.

Illa chodir ostida yotardi, erining buyrug‘i bilan olov ufurgan qushlar tim qora osmonga ko‘tarildi.

Tasmalar taranglashdi, chodir havoda suzib borardi. Qumlar shuvullagancha pastga to‘kildi. Moviy tepaliklar ularning uyini yomg‘irli ustunlarni, qafasdagi gullarni, kuylovchi kitoblarni, yerdagi unsiz, irmoqlarni orqada qoldirgancha shundoq yonginalaridan bir-bir o‘tib borar edi. Ayol eriga qaramasdi.

Erining qushlarga qarab qichqirishlarini eshitib turardi. Qushlar esa tobora ko‘tarilib borar, shu parvozda ular bamisoli laqqa cho‘g‘lardek qip-qizil mushaklarga o‘xshab krinar edi.

Ayol pastda miltirab ko‘rinib turgan qadimgi o‘lik shaharlarga, xuddi suyakdan yasalgan shatranj donalari kabi uylarga qaramasdi, bo‘shliq va ermaklarga limmo-lim qadimgi anhorlar ham uning uchun bir pul edi. Bamisoli oy nuriday porloq mash’al kabi ular qurib qolgan daryolar va suvsiz ko‘llar ustidan uchib o‘tmoqda edilar.

Ayol faqat osmonga qarar edi.

Er nimadir dedi.

Ayolning ko‘zi osmonda.

— Nima deganini eshitdingmi?

— Nimani?

Er qattiq xo‘rsindi.

— Sal hushingni yig‘sang bo‘larmidi…

— O’yga cho‘mib qolibman.

— Tabiatga bunchalik shaydoligingni bilmas ekanman. Bugun ko‘zingni osmondan sira ololmayapsan.

— Osmon juda ham chiroyli.

— Bilasanmi, men nima haqda o‘yladim, — asta davom etdi er, — bugun Xallga telefon qilmaymizmi? Bir haftaga kelyapmiz deb aytamiz. Undan ko‘p emas. To‘g‘rim sizlarnikiga. Moviy tog‘larga borayapmiz, deymiz. Qalay, zo‘r fikrmi?

— Moviy tog‘larga! — Ayol bir qo‘li bilan chodir chekkasidan tutdi-da, eri tomon keskin o‘girildi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Marsga hujum»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Marsga hujum» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Marsga hujum»

Обсуждение, отзывы о книге «Marsga hujum» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x