Aleksandr Belyayev - Jahongir

Здесь есть возможность читать онлайн «Aleksandr Belyayev - Jahongir» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, Жанр: Фантастика и фэнтези, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Jahongir: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Jahongir»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Jahongir — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Jahongir», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

— Xo‘sh, Nitssagami?

— Nitssaga bo‘lsa Nitssaga-da!

— Tavba, yov quvgaiday namuncha shoshmasak! Chamadon ham shunaqa og‘ir bo‘ladimi!..

— Bormasligimiz mumkin… Chamadondan kitoblarni olib tashlash kerak. /

— Bormaymiz deysanmi? Esing joyidami! Boramiz albatta! Iye, yo‘lga kiyadigan ko‘ylagim yo‘q-ku?

— Yo‘ldan olamiz. Hozircha kulrang ko‘ylagingni kiya tur, o‘zingga juda yarashadi.

Nogahon bir narsaga quloq tutganday jim bo‘lib qolishdi, keyin bir-birlariga taajjub bilan tikilishdi.

— Nega yerda o‘tiribmiz? — dedi nihoyat Emma. — Chamadonni nega olding? Biror joyga bormoqchimisan?

— Hech qayoqqa bormoqchi emasman, — javob berdi Zauyer. — Hayronman, chamadonni nega oldik? Balki kitoblarni ko‘zdan kechirmoqchi bo‘lgandirsan?

— Kitoblarni? Boshimga uramanmi? Ye tavba. Baxtdan esankirab qoldikmi deyman!

U xandon tashlab o‘rnidan turdi-da, chamadon ustidan hatlab o‘tib Zauyerning yuzidan o‘pdi.

Zauyer qovog‘ini uydi. O‘rtada turgan chamadonga tikilib, o‘ylanib qoldi.

— Nega o‘zgarib qolding? Mendan xafamisan? — shunday deb, qiz noz bilan boshini eggan edi, Zauyerning yana chehrasi yorishdi.

— Albatta xafaman-da, — dedi u kulib. — Kelmasingdan burun hammayoqni to‘s-to‘polon qilib yubording!

— O‘lay agar, men emas! O‘zi chiqdi bu yoqqa! — dedi u oyog‘i bilan chamadonga ishora qilib. — Qani, kir-chi, joyingga! Kira qol! Yerdamlashsang-chi!

Emma bilan Zauyer birgalashib chamadonni karavotning tagiga surib qo‘yishdi. Shundan keyin sayohat haqida qaytib hech kim og‘iz ochmadi…

XII. KECHKI SOAT OLTIDA

— Yedingizda bo‘lsin, Elza, ertaga yakshanba. Kechqurun soat oltida javobingizni kutaman. Hozir esa zarur bir ish bilan shahardan chiqib ketyapman. Kechasi yoki ertaga ertalab qaytaman. Omon bo‘ling!

Shtirner qishki bog‘dan chiqib ketdi.

Elza yolg‘iz qoldi. Ammo u Shtirnerga beriladigan javob haqida o‘ylamasdi: uning xayoli boshqa yoqda edi. U Zauyer kutilmaganda Emma Fitga uylanganidan hanuzgacha o‘ziga kelolmasdi.

Elza o‘zini shu topda har qachongidan ko‘ra ham yolg‘iz his etdi.

Akvarium ichida tilla baliqchalar dumlarini beozor qimirlatib, ohista suzib yurishardi.

Elzaning ularga havasi kelib ketdi. Baliqlar ham o‘zi kabi tutqunlikda, shisha quti ichida fpashadi. Ammo ularning o‘z olami, o‘ziga xos «davrasi» bor, ular ruhiy azob nimaligini bilishmaydi. Qiz esa eng muhtoj va uqubatli kunlaridan ko‘ra ham hozir o‘zini baxtsizroq sezardi. Boylik unga nima berdi?

Allaqanday sirli bir vaziyatda o‘tgan sud protsessi va shu tufayli o‘zi qo‘lga kiritgan boylik uni oddiy odamlardan, o‘z bilgicha hayot kechiradigan, ko‘chalarda bemalol sayr qilib yuradigan kino, teatrlarga boradigan olomondan ajratib qo‘ygan edi. Ko‘chaga chiqdi deguncha, hammaning e’tiboriga tushib, yuzlab va minglab nigohlar unga qadalardi. Shuning uchun Elza ko‘chaga ham kam chiqadigan bo‘lib qoldi. Qo‘lini qayoqqa uzatsa ham yetadi, lekin ayni paytda u hamma narsadan benasib. Tiniq shisha devorgina uni tashqi olamdan ajratib turadi, lekin ana shu shisha devor ham uning uchun o‘tib bo‘lmas bir g‘ov. Elza hazin bir tovush bilan shivirladi.

— Qanday baxti qaroman, qanday sho‘rpeshonaman!

Mana, xuddi kechagiday, xuddi oldingi kunlardagiday bo‘mbo‘sh xonalarga mayin sas taratib soat zang urdi. Qayerdadir nastda mashina tovushi eshitildi. Shtirner jo‘nab ketdi…

Shtirner! Ertaga unga javobini aytish kerak. Bu oxirgi muddat ekanligini qiz sezib turardi.

— Darvoqe, nega aytishi kerak ekan?

Vaqt o‘tib borardi. Qizig‘i shundaki, Shtirner ketgandan so‘ng uning fikri tiniqlasha boshlagandi. Go‘yo ko‘zlarini to‘sib turgan xira parda ko‘tarilganday edi. Oskar Gotlib, uning vasvas kasali, Zauyerning birdan Emmani sevib qolishi…

O‘z atrofidagi odamlarning Karl Gotlib halokatidan keyingi g‘alati va bemantiq xatti-harakatlari rostdan ham vasvasani eslatmaydimi? Hamma sir mana shunda! Lekin bu vasvasaning yeababi nima? Kim bunga chidash bera oladi? Shtirner! Faqat o‘sha, bir o‘zi.

Shtirner!..

Balki mana shu tashvishlarning sababchisi xuddi o‘shaning o‘zidir? Uning qayiqdagi galati gap-so‘zlari, butun dunyoni o‘ziga bo‘ysundiradigan allaqanday qudratli qurolga qilgan shamasi. Nahotki shu gaplarda jon bo‘lsa? Nahotki u o‘shanday qurolga: ga bo‘lib, odamlarni xuddi mushuk chala o‘lik sichqonni o‘ynatganday o‘ynatayotgan bo‘lsa? Lekin u bunday qudratni qayoqdan oladi? Kim o‘zi u? Sehrgarmi? Ko‘zboylovchimi?…

Elzaning eti jimirlashib ketdi.

Shtirner uning nazarida sahrodagi himoyasiz qush ustida charx urib yurgan quzg‘unday tuyuldi. Qush esa — uning o‘zi. Yo‘q, bu odamdan qochib qutulib bo‘lmaydi. U o‘zining temir changalidan qizni qo‘yib yubormaydi.

Elza o‘rnidan turib, og‘ir tin oldi-yu, yana divanga o‘zini tashladi.

Uni vahima bosdi.

— Yo‘q, yo‘q, yo‘q! — deya qichqirib yubordi u birdan, daraxt shoxlarida o‘tirgan qushchalar parr etib uchib ketdi.

Uning bu hayqirig‘i zalda aks sado berdi. Qizig‘i shundaki kutilmagan aks sado unga dalda berganday, go‘yo ko‘zga ko‘rinmas bir do‘sti: «Albatta, yo‘q!» — deganday bo‘ldi. Kurashsiz taslim bo‘lmaslik kerak, birovning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lmaslik, sevmagan kishiga o‘zingni baxshida etmasliging kerak.

U o‘zini bosish uchun zalga kirdi.

«Nima qilsam ekan, nima qilsam ekan?» — deb o‘ylardi u zalda aylanib yurarkan. Tasodifan bir suratga ko‘zi tushib qoldi. Qorabayir mingan bir suvori o‘zini ta’qib etib kelayotgan chavandozlardan qochib sahroda ot yeldirib borardi.

«Xavf-xatarni mana shunday qarshi olish kerak! Balki bu badaviy halok bo‘lgandir, lekin u oxirigacha kurashdi… Qochish kerak! Nima qilib bo‘lsa ham qochish kerak!»

Elza royal yoniga borib, taburetkaga o‘tirdi. Birdan ko‘z oldiga tunov kungi manzara keldi. O‘shanda Shtirner tepasida turib, muzika tinglagandi. Uning uzunchoq, istehzoli, tabassum arimaydigan zahil yuzi hech qachon hozirgiday sovuq va jirkanch tuyulmagan edi.

— Darhol qochish kerak! Lekin qanday qilib? Bir tiyin ham puli yo‘q-ku!

— Milliarder! — alam bilan shivirladi u. — Qashshoq milliarder!

Kechagina Gotlibga ikki yuz ming hadya etib yubordi, ammo o‘zi uchun u hech qachon Shtirnerdan pul so‘ramasdi. Nimadir, balki g‘ururdir, bunga yo‘l qo‘ymasdi.

Darvoqe u pulni nima ham qilardi? Deyarli shaharga chiqmasa. Nima kerak bo‘lsa uyga keltirib berishadi, pulini esa Shtirner to‘laydi.

Birdan sumkasida oxirgi maoshidan qolgan pul borligi esiga tushib qoldi. Shoshib o‘z xonasiga bordi-da, sumkani titkiladi.

Pul joyida edi. Ko‘p emas, lekin jo‘nab ketishga yetadi. Keyin-chi, keyin nima bo‘ladi? Istagan shahrida har bir bank unga cheklanmagan miqdorda kredit ochishi mumkin, lekin to‘lash uchun vekselni uning o‘z bankiga jo‘natishadi, o‘shanda Shtirner uning qayoqdaligini biladi-oladi.

Elza o‘ylanib qoldi.

— Eh, nima bo‘lsa bo‘lar! Unga cho‘ri bo‘lib yashagandan ko‘ra tilanchilik qilgan yaxshi…

Elza shosha-pisha kiyindi-da, ikkinchi qavatga tushdi. Eshik oldida olachipor dog yotardi. Qizni ko‘rib, dumini likil latdi. Elza itning boshini silab, nari surmoqchi bo‘lgan edi, o‘rnidan siljimadi. Qiz aylanib o‘tib, eshikni ochmoqchi bo‘ldi. It birdan sapchib turdi-da, oldingi oyoqlarini Dpzaning yelkasiga qo‘yib irillagancha orqaga itara boshladi.

QiZ itning kutilmagan bu qilig‘idan hang-mang bo‘lib, orqaga chekindi.

— Butsefal! Senga nima bo‘ldi? — dedi u muloyimlik bilan. It yana dumini likillatib, shashtidan qaytdy. Ammo qiz ikkinchi marta chiqishga uringan edi, it boyagidan ham battar nrillab berdi. Shtirner ishonchli soqchilarni qoldirib kegibdi! Odamlarni yordamga chaqirsinmi? Qiz shovqin ko‘tarishni istamadi. Shu topda miyasiga bir fikr kelib qoldi. U shoshib Gotlibning kabinetiga kirdi. Eshik ochiq edi. Liftda turgan kresloga o‘tirib, tugmachani bosish bir lahzalik ish edi. Qiz iloji topilganidan suyunib, liftda g‘uv etib bank bo‘limiga tushdi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Jahongir»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Jahongir» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi
Aleksandr Belyayev
libcat.ru: книга без обложки
Aleksandr Puŝkin
Aleksandr Volkov - Magiisto de Smeralda Urbo
Aleksandr Volkov
Aleksandr Kuprin - Filin seyrə çıxması
Aleksandr Kuprin
Aleksandr Sergeyevich Pushkin - The Shot
Aleksandr Sergeyevich Pushkin
Aleksandr Sergeyevich Pushkin - The Queen of Spades
Aleksandr Sergeyevich Pushkin
Aleksandr Skorobogatov - Cocaína
Aleksandr Skorobogatov
Aleksandr Puixkin - Eugeni Oneguin
Aleksandr Puixkin
Aleksandr Amfiteatrov - Folk-Tales of Napoleon
Aleksandr Amfiteatrov
Отзывы о книге «Jahongir»

Обсуждение, отзывы о книге «Jahongir» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x