Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi

Здесь есть возможность читать онлайн «Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, Жанр: Фантастика и фэнтези, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

KETS Yulduzi: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «KETS Yulduzi»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

KETS Yulduzi — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «KETS Yulduzi», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

— Kelinglar, endigi rejalarimiz haqida gaplashib olaylik, — dedi Sokolovskiy.

Tyurin ishni Oyning umumiy sathini ko‘zdan kechirib chiqishdan boshlashni taklif qildi.

— Klavius sirki, Kopernik kraterini necha martalab teleskopdan zavq bilan tomosha qilganman! — dedi u. — Bu yerlarga qadami yetgan birinchi astronom bo‘lishni istayman.

— Ishni tuproqni geologik tadqiq qilishdan boshlashni taklif etaman, — dedi Sokolovskiy. — Buning ustiga, Oyning Yerdan ko‘rinadigan qismiga hali oftob tushgani yo‘q, bu yerda esa «tong» otdi.

— Siz xato qilyapsiz, — e’tiroz bildirdi Tyurin. — Ya’ni, to‘g‘ri gapirmadingiz. Hozir Yerdan Oyning to‘rtdan bir bo‘lagi ko‘rinyapti. Biz bu «oy» ni — Oyning sharqiy qismini — raketamizni soatiga ikki yuz kilometr tezlikda haydagan taqdirimizda qirq besh soat ichida aylanib chiqishimiz mumkin. Faqat Klavius bilan Kopernik oldida to‘xtaymiz. Innaykeyin, ekspeditsiyaning boshlig‘i kim: menmi yo sizmi? — deb so‘zini tugatdi u qizishib.

Oy bo‘ylab sayr qilish meni ham qiziqtirib qoldi.

— Rostdan ham Oydagi ulkan sirk va kraterni nima uchun ko‘rmasligimiz kerak ekan? — dedim men. — Ularning geologik tuzilishi ham e’tiborga loyiq bo‘lishi kerak.

Geolog yelkasini qisib qo‘ydi. Oyning Yerdan ko‘rinadigan sirtida Sokolovskiy bir marta bo‘lgan. Lekin ko‘pchilik bir taklifni quvvatlab turgandan keyin…

— Kraterga chiqmadingizmi? — hadik bilan so‘radi Tyurin.

— Yo‘q, yo‘q, — dedi kulib Sokolovskiy. — U yerga hali inson oyog‘i yetmagan. Siz birinchi bo‘lasiz. Men Farog‘at dengizining «tubida» bo‘lganman. Agar geologik materiallarni nazarda tutadigan bo‘lsak, bu nom o‘zini to‘la oqlaydi. Men u yerdan ajoyib kolleksiya to‘pladim… Qani, vaqt ketmasin. Jo‘nasak jo‘naylik! Lekin juda tez haydashga to‘g‘ri keladi. Mashinamiz soatiga ming kilometr va undan ham ortiq yura oladi. Bo‘pti, sizlarni Klaviusga olib boraman.

— Kopernikka ham, — dedi Tyurin. — Io‘l-yo‘lakay Karpat tog‘larini ham ko‘rib o‘tamiz. Ular Kopernikdan shimolroqda.

— Xo‘p bo‘ladi! — dedi Sokolovskiy va richagni bosdi.

Raketamiz titradi, ma’lum yergacha g‘izillab borib, keyin havoga ko‘tarildi. Men pastda, vodiyda qolgan katta raketamizni ko‘rdim, so‘ng ko‘zim o‘tkir nurdan qamashib ketdi: Quyosh!

U ufqdan endigina ko‘tarilgan edi. Bu tong Quyoshi biz Yerdan ko‘radigan Quyoshga mutlaqo o‘xshamasdi. Atmosfera uni qizartirmagan. Har vaqtdagiday qop-qora osmonda ko‘kimtir tusda porlab turibdi. Nuri ko‘zni oladi. Deraza oynasidan o‘tgan haroratini shu zahotiyoq payqadim.

Raketa endi ancha balandga ko‘tarilgan va biz tog‘ cho‘qqilari ustida uchib borardik. Tyurin tog‘ tizmalarini diqqat bilan ko‘zdan kechirardi. U silkinishlarni ham, o‘z falsafasini ham allaqachon unutib yuborgan edi. Shu tobda u faqat astronom edi.

— Klavius! Bu o‘sha! Ichidagi uchta kichik qraterni ko‘rib turibman.

— To‘ppa-tug‘ri sirk ichiga tushaveramizmi? — suradi Sokolovskiy kulimsirab.

— Ha, tushaveramiz. Faqat kraterga yaqinroq qo‘ning! — xitob qildi Tyurin va birdan xirgoyi qila boshladi.

Bu men uchun shu qadar kutilmagan hol ediki, nazarimda o‘rgimchak ashula aytayotganday bo‘ldi. Men Tyurinning ovozi g‘oyat ingichkaligini aytgan edim, lekin, afsuski, kuylash qobiliyati mutlaqo yo‘q edi. Uning qo‘shig‘ida na vazn, na ohang bor edi. Sokolovskiy menga ayyorona qarab, jilmayib qo‘ydi.

— Ha? Nima gap? — deb so‘radi birdan Tyurin.

— Qo‘nishga joy izlayapman, — javob berdi geolog.

— Qo‘nishga joy! — deb xitob qildi Tyurin. — Menimcha, bu yerda joy yetarli. Klaviusning diametri ikki yuz kilometr keladi. Moskva bilan Leningrad orasidagi masofaning uchdan bir qismi.

Klavius sirki baland ko‘tarma bilan qurshalgan vodiini eslatardi. Tyurinning aytishicha, ko‘tarmaning bo‘yi yetti kilometr. Bu Alp va Kordelyer tog‘laridan ham baland. Soyaning notekisligiga qaraganda, ko‘tarmaning chetlari qing‘ir-qiyshiqqa o‘xshaydi. Uch kraterning ko‘lankasi butun sirk ichini qoplab olgandi.

— Sirkni sayohat qilish uchun hozir eng qulai pait, — dedi Gyurin. — Quyosh tikkaga kelganda Oydagi issiqqa chidash qiyin. Tuproq qizib ketadi. Hozir esa u endigina qiziy boshlayapti.

— Hechqisi yo‘q. Oy kuniga ham chidaymiz. Kostyumlarimiz bizni issiqdan ham, sovuqdan ham yaxshi asraydi, — javob berdi Sokolovskiy. — Tushyapmiz. Mahkamroq ushlang, professor!

Men ham kresloga yopishdim. Ammo raketa g‘ildiraklari deyarli turtkisiz «yer» ga tegdi, bir sakrab, yiirma metrlar chamasi uchib bordi, yana pastga tegib, yana sakradi va, nihoyat, tekis joyga chiqib g‘izillab ketdi.

Tyurin uch krater hosil qilgan uchburchakning markaziga tomon haydashni so‘radi.

Biz darhol kraterlar tomon jo‘nadik. Tuproq borgan sari o‘ydim-chuqur bo‘la borar, biz raketa ichida u yoqdan-bu yoqqa otilib, o‘tirgan joyimizdan qalqib ketib ilgarilab borardik.

— Yaxshisi, bir sakrab kerakli joyga yetib olganimiz ma’dedi geolog. — Bunaqada g‘ildiraklarni ishdan chiqazamiz.

Shu daqiqada qattiq turtki sezildi. Ostimizda bir nima taqirladi-yu, mashina asta yonboshlab qoldi.

— Aytmadimmi! — deb xitob qildi Sokolovskiy kuyinib. — Avariya! Tashqariga chiqib, tuzatish kerak endi.

— Ehtiyot g‘ildiraklarimiz bor. Tuzatamiz, — dedi Tyurin. — Juda bo‘lmasa, piyoda ham ketaveramiz. Kraterlargacha o‘n kilomertcha masofa qoldi, xolos. Kiyinish kerak!

U shoshib trubkasini olib tutatdi.

— Bir oz ovqatlanib olaylik, — dedi Sokolovskiy. — Nonushta vaqti bo‘ldi.

Tyurin behad oshiqayotgan bo‘lishiga qaramay, rozi bo‘ldi. Biz shosha-pisha ovqatlanib, tashqariga chiqdik. Sokolovskiy bosh chayqab qoldi: g‘ildirak tamom ishdan chiqqan edi. Yangisini qo‘yishga to‘g‘ri keldi.

— Sizlar bo‘lguncha, yugurib yetib olaman, — dedi Tyurin.

Rostdan ham u chopib ketdi. Obbo chol-yey! Bilimga berilish shu-da! Sokolovskiy hayratdan qo‘llarini yozgancha qoldi. Tyurin kengligi ikki metr keladigan yoriqlardan yengil sakrab, kattaroqlarini esa aylanib o‘tardi. Kostyumining quyoshga qaragan tomoni yal-yal yonar, soyada qolgan qismi esa — deyarli ko‘rinmasdi Xuddi oy sirtida faqat o‘ng oyog‘i bilan sakrab va o‘ng qo‘lini gilkib, mayib-majruh odam borayotganga o‘xshardi. Uning chap qo‘li va oyog‘i onda-sonda, «oy» nuri tushgan paytdagina yarqirab qolardi. Tyurinning qorasi tez uzoqlashib borardi.

G‘ildirak bilan bir necha minut ovora bo‘ldik. Hammasi taxt o‘lgach, Sokolovskiy menga raketaning ustki ochiq maydonchasiga chiqishni taklif qildi. U yerda ikkinchi boshqarish apparati bor edi. Biz Tyurinning izidan yo‘lga tushdik. Raketaning ustida o‘tirish, ichida o‘tirishdan ko‘ra qiziqroq edi. Chunki chor atrof ko‘rinib turardi. O‘ng tomonimizdagi tog‘lar Quyosh nuri tushib turgan vodiyga to‘rtta soya tashlagan. So‘l tomonimizda esa faqat gog‘ cho‘qqilari yarqirab turibdi, tog‘ etaklari oy qorong‘isida qolgan. Yerdan Oyning bu qismi kulrang tusda ko‘rinadi. Tog‘ tizmalari men kutgandan ko‘ra nishabroq edi. Biz «oy» ning eng chetidan yoki Tyurinning tili bilan aytganda, «terminator» chizig‘idan — nur va soya chegarasi ustidan borardik.

Kutilmaganda Sokolovskiy tirsagi bilan biqinimga asta turtib, oldinga ishora qildi. Qarshimizda katta jarlik turar di. Biz bunday jarlikning bir nechtasidan sakrab, agar kattaroq bo‘lsa ustidan uchib o‘tdik. Aftidan, Sokolovskiy sakrash oldidan meni ehtiyot bo‘ling deb ogohlantirayotgandi. Men unga savol nazari bilan qaradim. Geolog skafandrini menikiga yaqin keltirib, dedi:

— Qarang, professorimiz…

Men oldinga qarab, ko‘lanka qa’ridan otilib chiqqan Tyurinni ko‘rdim. U qo‘llarini silkitib, uzun jarlik bo‘ylab biz tomonga qarab chopib kelardi. Jarlikdan u sakrab o‘tolmagandi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «KETS Yulduzi»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «KETS Yulduzi» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Aleksandr Belyayev - Jahongir
Aleksandr Belyayev
libcat.ru: книга без обложки
Aleksandr Puŝkin
Aleksandr Volkov - Magiisto de Smeralda Urbo
Aleksandr Volkov
Aleksandr Kuprin - Filin seyrə çıxması
Aleksandr Kuprin
Manfred F. R. Kets Vries - Leading Wisely
Manfred F. R. Kets Vries
Aleksandr Sergeyevich Pushkin - The Shot
Aleksandr Sergeyevich Pushkin
Aleksandr Sergeyevich Pushkin - The Queen of Spades
Aleksandr Sergeyevich Pushkin
Aleksandr Skorobogatov - Cocaína
Aleksandr Skorobogatov
Aleksandr Puixkin - Eugeni Oneguin
Aleksandr Puixkin
Отзывы о книге «KETS Yulduzi»

Обсуждение, отзывы о книге «KETS Yulduzi» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x