Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi
Здесь есть возможность читать онлайн «Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, Жанр: Фантастика и фэнтези, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.
- Название:KETS Yulduzi
- Автор:
- Жанр:
- Год:неизвестен
- Город:Toshkent
- ISBN:нет данных
- Рейтинг книги:5 / 5. Голосов: 1
-
Избранное:Добавить в избранное
- Отзывы:
-
Ваша оценка:
- 100
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
KETS Yulduzi: краткое содержание, описание и аннотация
Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «KETS Yulduzi»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.
KETS Yulduzi — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком
Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «KETS Yulduzi», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.
Интервал:
Закладка:
— Har qanaqasini ham ko‘rdik, — dedi Sokolovskiy. — Ba’zilarida og‘irlik shu qadar ozki, asteroiddan uchib ketish uchun salgina sakrash kifoya qiladi. Men aylanasi o‘n yetti yarim kilometr keladigan ana shunday asteroidlardan birida bo‘lganman. Bir metr balandlikka sakrab, pastga yigirma ikki sekunddan keyin tushdim. Yerda ostonadan sakrash uchun sarf qilinadigan harakat bilan ikki yuz o‘n metr yuqoriga — Eyfel minorasidan salgina qolishadigan balandlikka chiqib ketish mumkin. Tosh otgan edim, u qaytib tushmadi.
— Tushadi, lekin tez emas, — dedi Tyurin.
— Diametri oynikidan atigi olti marta kichik bo‘lgan nisbatan yirik asteroidda ham bo‘lganman. U yerda bir qo‘lim bilan sheriklarimdan yigirma ikkitasini ko‘tardim. Bu asteroidda oddiy ipdan arg‘imchoq yasab uchish, balandligi olti yarim kilometrli minora qurish mumkin. To‘pponchadan o‘q uzib ko‘rdim. Nima bo‘ldi deng. Agar o‘zim aks ta’sir oqibatida planetachadan uchib ketmaganimda, otgan o‘qim orqadan aylanib kelib meni halok qilishi mumkin edi. U hozir ham asteroid atrofida aylanib yotgan bo‘lsa kerak.
— Bunday planetada poyezdlar soatiga bir ming ikki yuz sakson kilometr tezlikda yurgan bo‘lardi, — dedi Tyurin. — Darvoqe, shunday planetalardan bir nechtasini Yerga yaqinlashtirish mumkin. Nima uchun qo‘shimcha yoritishni vujudga keltirish mum kin emas? Undan keyin bu planetalarga aholi ko‘chiriladi. Shisha oranjereya quriladi. O‘simlik o‘stiriladi. Jonivorlar boqiladi. Bu juda ajoyib maskan bo‘ladi. Vaqti bilan Oyda shunday qilish mumkin.
— Oyda goh savuq, goh issiq bo‘ladi-ku, dedim men.
— Shisha qalpoq ostidagi sun’iy atmosfera va pardalar Quyesh haroratini bnr me’yorda tutib turadi. Oy tunlari vaqtida tuproqning sovushiga kelsak, bu masalada mening o‘z fikrlarim bor, — deb qo‘ydi Tyurin ma’noli qilib. — Axir biz favqulodda quchli harakat ta’sirida Yer yadrosining qizishi nazariyasidan voz kechmadikmi? Shunga qaramay Yerimiz issiq…
— Quyosh va atmosfera po‘stini… — deb geolog gap boshlagan edi, Tyurin uning so‘zini bo‘ldi:
— Ha, ha, lekin faqat bugina emas. Yer qatlamlarida issiqlik uning bagridagi radioaktivlikning bo‘linishi natijasida kuchaya boradi. Nega bu hodisa Oyda yuz bermas ekan? Hatto nega kuchliroq tarzda yuz bermas ekan? Radioaktiv bo‘linish Oy bag‘rini isitishi mumkin. Bundan tashqari, Oy qatlami ostida hali sovumagan magma bor… Oy bizga tuyulganiday sovuq emas. Modomiki, u yerda atmosfera qoldiqlari bor ekan… Mana shuning uchun ham siz, biolog, ekspeditsiyaga kiritilgansiz, — deb menga murojaat qildi u.
Sokolovskiy ishonqiramay bosh chayqadi.
— Elementlarning radioaktiv bo‘linishi natijasida tuproqning "qizishini men negadir asteroidlarda sezmadim.
— Asteroidlar Oydan kichkina, — deb javob berdi astronom chiyildoq tovush bilan.
U bir oz jim qoldi, keyin yana birdan falsafaga tushib ketdi, go‘ye miyasidagi ikki fikr chizig‘i baravar chuvalib borardi.
Raketamiz derazasidan so‘nik yulduzlar mo‘ralaydi. Yulduzlar galasi ufqni kesib, yon tomonga, so‘ng yuqoriga qarab surilib borardi, demak, raketa burilyapti.
— Biz anchagina asteroid tutib qo‘ydik, — dedi menga past ovoz bilan Sokolovskiy, o‘zicha nimalarnidir pichirlab o‘tirgan Tyuringa e’tibor bermay. — Avvalo raketodromimiz ostiga «poydevor» yetqizdik. Uning massasi qancha katta bo‘lsa, shuncha mustahkam bo‘ladi. Qo‘nayotgan raketalarning tasodifiy turtkilari uni urnidan qo‘zgatib yubormaydi. Keyinchalik asteroidlarni fabrika va zavodlarimizga jo‘natamiz, siz hali bular bilan tanishasiz. Yaqinda juda ajoyib bir planetacha tutib oldik. To‘g‘ri bu kichkina parcha, xolos — yer hisobi bo‘yicha, bir yarim tonna keladi. Lekin tasavvur qiling-a, nuqul oltindan iborat… Hazilakam topildiq emas! Osmonda oltin sochmalari…
Tyurin bu so‘zlarni eshitib qoldi shekilli, gap qo‘shdi: — Katta planetalarda elementlar yuzadan markazga tomon uzlarining ko‘tarilib boruvchi solishtirma og‘irliklariga qarab joylashgan, yuqorida silitsiy, alyuminiy — «sial», pastroqda silitsiy, magniy — «sima», undan ham pastda nikel, temir — «nife», temir va yana ham og‘irroq metallar — platina, oltin, simob, qo‘rg‘oshin, Sizning oltin asteroidingiz — halok bo‘lgan ilaneta markaziy yadrosining bir bo‘lagi. Kam uchraydigan hodisa. Osmondagi oltin sochmalariga ko‘p umid bog‘lamang.
Menn uyqu elita boshladi. Badanim yerdagi kecha-kunduzga, sergaklik va uyquga qattnq o‘rganib qolgan ekan.
— Uxlayapsizmi? — dedi Tyurin. — Xayrli tun. Men bo‘lsam juda g‘alati ahvolga tushib qoldim. Observatoriyada bir me’yorda uxlashni tamom unutayozgan ekanman. Endi esa ora-sira uxlab oladigan hayvonlarga o‘xshab qoldim. Xuddi mushukday.
U yana nimalarnidir gapirdi, lekin men hech narsani eshitmasdim. Portlashlar tingan, osoyishtalik… Tushimga Leningraddagi laboratoriyam kiripti…
Bir sutkadan keyin osmonga qaradim-u, Oyni ko‘rib, hangu mang bo‘lib qoldim. U butun ko‘kni egallab olgan va o‘z salobati bilan kishini qo‘rquvga solardi. Oygacha atigi ikki ming kilometr masofa qolgan edi. Tog‘lar, vodiylar, suvsiz «dengiz» lar kaftdagiday ko‘rinib turardi. Ayrim tog‘ tizmalari, allaqachon so‘ngan vulqon kraterlari yaqqol ajralib turibdi. Hatto og‘zi ochiq yoriqlargacha ko‘zga tashlanyapti…
Astronom Oydan ko‘z uzmasdi. U, o‘z tili bilan aytganda, Oy sirtidagi «har bir toshni» allaqachonlardan beri bilardi.
— Ana, qarang, chetdagisi. Bu Klavius, pastda — Tixo, undan pastroqda — Alfons, Ptolemey, o‘ngda — Kopernik, undan keyin esa Apennin, Kavkaz, Alp…
— Pomir, Himolay, Kordilyer yetishmas ekan, — dedim men.
— Oyning narigi tomonidagi tog‘ cho‘qqilarini shunday deb agaymiz, — dedi kulib geolog. — Ularga hali hech kim nom qo‘ymagan.
— Ana… Oy-u, mana… Oy! — deb xitob qildi Tyurin. «Yerdagi» dan yuz marta katta. Oh!.. — ingrab yubordi u. — Yana og‘irlik.
— Kapitan tormoz beryapti, — dedi geolog. — Oy bizni o‘ziga gobora qattiqroq tortyapti. Yarim soatdan keyin manzilga yetamiz.
Men suyunib ketdim, ayni vaqtda yuragimni vahima bosdi. Oyga sayohat qilgan va birinchi qo‘nishda hayajonlanmagan kishi bo‘lsa, mayli, meni qo‘rqoq deyaversin.
Oy shundoq ostimizda. Endi u osmonning yarmini egallab olgan. Tog‘ cho‘qqilari ko‘z oldimizda yuksalib boryapti.
Lekin qnziq: Oy, xuddi Yerga o‘xshab, yuqoridan sharning qabariq sirtiga o‘xshab emas, balki to‘ntarilgan ola-bula zontikday bukik ko‘rinadi.
Tyurin ingradi: portlashlar kuchayib borardi. Shunga qaramay u Oydan ko‘z uzmasdi. Shu payt Oy qayoqqadir yon tomonga surildi. Gavdamning bir tomoni og‘irlashib ketganidan raketa yana yo‘nalishnni o‘zgartirganini payqadim. Og‘irlik yo‘nalishi shu qadar o‘zgardiki, Oy endi bizdan ancha balandga «chiqib ketdi». «Shiftda» yurishni tasavvur qilish ham qiyin edi.
— Sabr qiling, professor, — dedi geolog Tyuringa murojaat qilib. — Atigi ikki-uch kilometr qoldi. Raketa juda sekin uchyapti: sekundiga yuz metrdan ortiq emas. Hozir raketadagi gaz bosimi Oyning tortish kuchiga baravar, binobarin, raketa inersiya bo‘yicha harakat qilyapti.
Yana hamma narsa avvalgi holiga qaytdi. Og‘irlik yo‘qoldi.
— Biz qayerga qo‘namiz? — deb so‘radi yigirma sekundlardan so‘ng o‘ziga kelgan Tyurin.
— Tixo Brage yaqiniga bo‘lsa kerak. Atigi besh yuz metr qoldi, — dedi Sokolovskiy.
— Voy-voy! Yana portlash! — ingrab yubordi Tyurin.
Mana, hammasi joyida. Oy endi pastda, bizning ostimizda.
— Hozir qo‘namiz… — dedi Sokolovskiy hayajon bilan. — Faqat qo‘nish vaqtida «oy avtomobili» ga shikast yetmasa bo‘lgani.
Yana o‘n sekundcha o‘tgach, yengil turtkini sezdim. Portlashlar to‘xtadi. Hammamiz asta yonboshlab qoldik.
Читать дальшеИнтервал:
Закладка:
Похожие книги на «KETS Yulduzi»
Представляем Вашему вниманию похожие книги на «KETS Yulduzi» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.
Обсуждение, отзывы о книге «KETS Yulduzi» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.