Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi
Здесь есть возможность читать онлайн «Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, Жанр: Фантастика и фэнтези, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.
- Название:KETS Yulduzi
- Автор:
- Жанр:
- Год:неизвестен
- Город:Toshkent
- ISBN:нет данных
- Рейтинг книги:5 / 5. Голосов: 1
-
Избранное:Добавить в избранное
- Отзывы:
-
Ваша оценка:
- 100
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
KETS Yulduzi: краткое содержание, описание и аннотация
Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «KETS Yulduzi»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.
KETS Yulduzi — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком
Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «KETS Yulduzi», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.
Интервал:
Закладка:
Yeriq orasida bir nima lip etdi. Avval maymun, keyin Jonning jingalak sochli boshi ko‘rindi. Maymun negrning yelkasiga minib, ikkala panjasi bilan uning sochlaridan mahkaxm ushlab olgan edi.
— Urtoq professor! Haliyam nonushta qilmadingizmi? — dedi Jon.
— Yo‘qol! — deb javob berdi Tyurin.
Maymun ingichka ovoz bilan chiyilladi.
— Mana. Mikki ham aytyapti. Issiq kofe ichib oling, — qistadi Jon.
— Io‘qol ko‘zimdan! Anovi baqirog‘ingni ham yo‘qot.
Maymun haligidan battarroq chinqirdi.
— Nonushta qilmaguningizcha olib ketmayman uni!
— Xo‘p, xo‘p. Mana, boshladim.
Tyurin ballonni ohista oldiga tortib, naychaning qopqog‘ini ochdi-da, ketma-ket so‘ra boshladi.
Maymun bilan Jon g‘oyib bo‘lishdi, lekin hayal o‘tmay yana ularning sharpasi ko‘rindi. Jonning nazarida professorning qorni to‘ygunga qadar bu hol takrorlanaverdi.
— Har kuni shu ahvol! — dedi Tyurin uh tortib. — Bezor qilishdi. Lekin, rostini aytsam, shular bo‘lmasa ovqat esimga ham kelmaydi. Astronomiya, azizim, shunaqa ajoyib narsa!.. Siz astronomiyani fan deb, yulduzlar haqidagi fan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Ochig‘ini aytganda, bu — dunyoqarash. Falsafa.
«Boshlandi», deb o‘yladim men hadiksirab. Keyin bu xavfli mavzudan qutulish uchun, so‘radim:
— Ayting-chi, Oyga sayohat vaqtida biolog zarurmi?
Tyurin boshini asta burib, menga sinovchan va ishonchsiz nazar tashladi. — Nima, falsafani eshitishni ham xohlamaysizmi?
Kramerning nasihatini eslab, darrov javob berdim:
— Aksincha, falsafani yaxshi ko‘raman, lekin hozir… vaqt juda oz qoldi, yo‘lga tayyorlanishim kerak. Men bilmoqchi edim.
Tyurin teleskop ob’yektiviga tikilgancha jim qoldi. Nahotki, jahli chiqqan bo‘lsa? Men bu noqulay vaziyatdan qanday qilib qutulishni bilmasdim. Ammo kutilmaganda Tyurinning o‘zi gap boshladi:
— Yerda mening hech kimim yo‘q. Na xotin, na bola-chaqam. Qisqasi, so‘qqaboshman. Lekin mening uyim, mening vatanim — butun Yer yuzi va butun koinot. Mening oilam — dunyodagi barcha mehnatkashlar, sizga o‘xshagan ajoyib yigitlar.
Bu nogahoniy takallufdan ancha yengil tortdim.
— Siz meni bu yerda, o‘rgimchak uyasida Yerdan, uning manfaatlaridan ajralib qolgan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Biz bu yerda katta ish qilyapmiz. Siz hali Kets Yulduzidagi hamma ilmiy tarmoqlar bilan tanishishingiz kerak bo‘ladi.
— Ba’zilari bilan kutubxonada tanishdim. «Quyosh ustunlari»…
Tyurin birdan qo‘lini ravon ko‘tarib, «avtomatik sekretar» apparatini buradi-da, bir narsalarni gapira ketdi, aftidan, o‘zining so‘nggi kuzatish yoki fikrlarini yozdirdi. Keyin davom etdi:
— Men osmonga tikilaman. Xo‘sh, hammadan ko‘proq meni nima hayratga soladi? Uzluksiz harakat. Harakat — bu hayot. Harakatning to‘xtashi — o‘lim. Harakat — bu baxt. Bir yerda depsinish, to‘xtash — kulfat, baxtsizlik. Harakatdagi baxt — bu tananing, fikrning harakat qilishi. Shu asosda hatto axloq vujudga kelishi mumkin. Siz nima deysiz?
Og‘ir ahvolda qoldim. Men nima deyishni bilmasdim.
— Mening fikrimcha, siz haqsiz, — dedim nihoyat. — Faqat bu chuqur g‘oyani yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak.
— Ha-ha! Harholda siz buni chuqur g‘oya deb hisoblaysizmi? — dedi professor quvnab va birinchi marta men tomonga keskin burildi. O‘rgimchak uyasi chayqalib ketdi. Xayriyatki, bu yerda odam yiqilmaydi.
— Men bu g‘oyani albatta o‘ylab ko‘raman, — dedim bo‘lajak hamrohimning muhabbatini tamomila qozonib olish maqsadida. — Hozir esa meni olib ketish uchun o‘rtoq Kramer keladi, men bir narsani…
— Xo‘sh, nimani bilmoqchi edingiz? Oyda biolognyng nima keragi bor, demoqchimisiz? Oy butunlay o‘lik planeta-ku. Oyda mutlaqo atmosfera yo‘q, binobarin, u yerda organik hayot bo‘lishi mumkin emas. Xuddi shunday deb o‘ylashadi. Lekin mening fikrim boshqacharoq. Teleskopim… Ha, mana, Oyga bir qarang. Chilvirlarni ushlang, faqat ehtiyot bo‘ling. Kitoblarga tegib ketmang. Mana shunday. Bir ko‘z bilan…
Men ob’yektivga qarab, hangu mang bo‘lib qoldim. Oy sathi juda yaqin edi, undagi har bir yoriq va bo‘laklar aniq ko‘rinib turardi. Ana shunday bo‘laklardan birining cheti har xil tusda yal-yal yonardi. Aftidan, bu kristall shaklidagi tog‘ jinslari to‘plangan joy bo‘lsa kerak.
— Xo‘sh, qalay? — dedi professor mamnuniyat bilan.
— Nazarimda, Kets Yulduzidan turib qaraganda Oy Yerga nisbatan yaqinroq ko‘rinadi.
— Ha, agar teleskopimdan Yerga qarasangiz, Leningradingizni ham bemalol ko‘raverasiz… Kuzatishlarimga asoslanib, Oyda oz miqdorda bo‘lsa ham gaz bor, degan xulosaga keldim. Demak, ba’zi bir o‘simliklar ham bo‘lishi mumkin… Ertaga siz bilan shularni aniqlash uchun uchamiz. Men, rostini aytsam, sayohatga ko‘pam qiziqmayman. Menga shu yerdan ham ko‘rinaveradi. Lekin bu ekspeditsiyaga direktorimiz majbur qilyapti. Tartibga bo‘ysunishimiz kerak… Xo‘sh… Endi harakat falsafasi haqidagi gapimizga qaytamiz…
Nuqtaning bo‘shliqda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab cheksiz harakati — behuda gap. Bunday harakat bir yerda qo‘zg‘almasdan turish bilan barobar. Chunki oldinda ham, orqada ham cheksizlik — buning chegarasi yo‘q. Bosib o‘tilgan har qancha yo‘l cheksizlikka nisbatan nulga teng.
Xo‘sh, butun fazodagi harakat-chi? Fazo abadiy. Undagi harakat to‘xtamaydi. Nahot fazo harakati ham behuda gap bo‘lsa?
To kalavaning uchini topguncha harakatning tabiati haqida bir necha yil bosh qotirdim.
Bu oddiy narsa ekan. Gap shundaki, xoh to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bo‘lsin, xoh egri chiziq bo‘ylab bo‘lsin beto‘xtov cheksiz harakat tabiatda umuman yo‘q. Har qanday harakatda ham uzilish bor, hamma sir ana shunda. Mendeleyev miqdorning (hatto miqdorning!) cheksiz emasligini o‘z vaqtida isbotlagan edi, bu o‘rinda atomni ko‘zda tutamiz. Evolyutsion ta’limot genetik ta’limot bilan o‘zgaradi, to‘g‘rirog‘i, chuqurlashadi, organizmning rivojida sakrashlar, mutatsiyalar tobora ko‘proq rol o‘ynaydi. Magnit miqdorining uzluksiz emasligi Veys tomonidan, nur sochishning o‘qtinligi Blank tomonidan, termik xususiyatlarning cheksiz emasligi Konovalov tomonidan isbotlangan. Fazo abadiy, lekin fazodagi hamma harakat — uzluksiz emas. Quyosh sistemalari paydo bo‘ladi, rivojlanadi, eskiradi va o‘ladi. Yangi rang-barang sistemalar vujudga keladi. Hammasining ibtidosi va intihosi bor, demak, o‘lchov miqyosi ham bor. Organik dunyoda ham xuddi shu hol yuz beradi. Tushunyapsizmi? Mening fikrlarimga diqqat qilyapsizmi?..
Baxtimga shu payt yoriqda yana maymun bilan negrning boshi ko‘rindi.
— Urtoq Artemyev, sizni Kramer atmosfera kamerasida kutyapti, — dedi u.
Men shosha-pisha professor bilan xayrlashib, bu «o‘rgimchak uyasi» dan chiqib ketdim.
Ochig‘ini aytganda, Tyurin meni o‘z falsafasi haqida o‘ylashga majbur qildi. «Harakat — bu baxt». Lekin harakat falsafasining ijodkoriga chetdan qaragan odam qanday ayanchli manzarani ko‘radi! Zim-ziyo osmon bo‘shlig‘ida u yolg‘iz, o‘rgimchakday to‘rga o‘ralib, kunlab, oylab, yillab qimir etmay osilib turadi… Lekin u baxtiyor, bunga shubha yo‘q. Tana harakatidagi kamchilikni fikr, miya hujayralarining harakati to‘ldiradi.
XII. TYURIN MASHQ QILADI
Kramer meni skafandrini yechmasdan kutib turgan ekan, aftidan, u shoshayotgan bo‘lsa kerak. Men tez kiyindim. Hamrohim atmosfera bosimini oxirigacha pasaytirib, tashqi eshikni ochdi. u meni o‘z oldida mahkam ushlagancha observatoriya devoridan yoni bilan sirg‘alib asta ajraldi-da, Kets Yulduziga qarab yo‘l oldi. Bir necha marta «o‘q uzgan» edi, biz juda tez uchib ketdik. U meni endi qo‘yib yuborishi ham mumkin edi, lekin, aftidan, mening «uchuvchilik san’atim» ga ishonmadi shekilli, mahkam tirsagimdan ushlab olgancha orqamda borardi.
Читать дальшеИнтервал:
Закладка:
Похожие книги на «KETS Yulduzi»
Представляем Вашему вниманию похожие книги на «KETS Yulduzi» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.
Обсуждение, отзывы о книге «KETS Yulduzi» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.