Paulo Coelho - Alkimyogar

Здесь есть возможность читать онлайн «Paulo Coelho - Alkimyogar» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Жанр: Современная проза, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Alkimyogar: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Alkimyogar»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

1982 yilda Coelho hech bir taʼsirga ega boʻlmagan oʻzining birinchi asari, «Hell Archives»'ni («Doʻzax arxivlari») yaratdi. 1985 yilda u keyinchalik «yomon sifati» uchun ommadan qaytarib olishga harakat qilgan «Practical Manual of Vampirism»'ga («Vampirizm boʻyicha amaliy qoʻllanma») hissa qoʻshdi. 1988 yilda Coelho Borges’ning «Ikki hayolparast ertagi»(«Tale of Two Dreamers»)ga asoslangan «Alchemist» asarini nashrdan chiqardi. Dastlabki sekin sur’atlardagi asar sotuvi nashriyotni asarni qaytarishiga olib keldi, lekin aynan ushbu asar Braziliyaning eng koʻp sotilgan asari boʻldi. U 11 milliondan ortiq nusxada sotilib, dunyoning 41 tiliga tarjima qilindi. Ushbu asar asosida Coelho asarlarini sevuvchi Laurens Fishburn kino yaratmoqda. Coelho 150dan ortiq mamlakatda 86 milliondan ortiq asarlari nusxasini sotib, uning asarlari 56 tilga tarjima qilingan. U turli xil adabiyot mukofotlariga, shu jumladan La Legion d’Honneur(Fransiya), Grinzane Cavour (Italiya) mukofotlariga sazovor boʻlgan.Yana Braziliya gazetasi Folha San Pauloda nashr etgan satrlari toplanmasi boʻlgan Maktub asari, «Sat down and wept», «The Valkyries» ni ham yozgan. Koel’o asarlarining Eronda mashhurligiga qaramay, uning 2005 yilda nashr etilgan «The Zahir» asari taʼqiqlanib, 1000ta nusxasi konfiskatsiya qilingan, lekin 1 hafta oʻtmay, ular yana kitob doʻkonlarida paydo boʻlgan. Uning asarlari bestsellerlar qatoridan nafaqat Braziliyada balki AQSh, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Eron, Kanada, Italiya, Isroil, Finlandiya, Serbiya, Gretsiya,Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Polsha va Litvalarda ham oʻrin olgan. U har vaqtning eng koʻp sotilgan Portugal tilli muallif hisoblanadi. U yana Sovgʻa(The Gift/Henry Drummond) va Paygʻambarning Sevgi maktublari (Love letters of a Prophet/Kalil Gibran) ham moslashtirgan. Coelho 45 dan ortiq davlatda haftalilik sahifalar uchun yozadi. Ushbular qatorida Turkiyaning Aksam va Austrian Kurier’ning Freizeitʼi ham oʻrin olgan.

Alkimyogar — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Alkimyogar», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Bir necha soniya o’tib, tepaga ko’tarilganda uning yuragi jon-jahdi bilan ura boshladi. Ro’parasida, oy nurida va oppoq qumlar shu’lasida ehromlar qad rostlab turardi.

Santyago tiz cho’kdi va yig’lab yubordi. U Ollohga o’z Taqdiriga ishonch uyg’otgani, uni Malkisidq bilan, billur Sotuvchi, angliyalik va Alkimyogar bilan duch keltirganiga shukronalar aytdi; muhimi, unga sahro ayoli bilan uchrashish nasib etdi, bu ayol esa sevgi hech qachon kishini O’z Yo’lidan adashtirmasligiga uni ishontirdi.

Mingyilliklar ehromlar yuksakligidan bo’zbolaga qarab turardi. Endi u, agar xohlasa, vohaga qaytishi, Fotimaga uylanishi, qo’y boqib yurishi mumkin. Sahroda Umum Tilini biladigan, qo’rg’oshinni oltinga aylantira oladigan Alkimyogar ham yashagan-ku. Santyago o’z san’atini namoyish qiladigan, donoligi bilan lol qoldiradigan odam yo’q: O’z Taqdiri yo’lidan borib, u o’ziga kerakli hamma narsaga o’rgandi, orzu qilganlarini boshidan kechirdi.

Biroq, eng muhimi, u o’zining xazinasini qidirdi, zotan, har qanday ish maqsadga to’la erishilgandagina bitgan hisoblanadi. Bo’zbola tepalikda turar va yig’lardi, pastga qaraganida esa ko’rdi: ko’z yoshlari to’kilayotgan joyda go’ng qo’ng’izi o’rmalab borayotgandi. Sahro bo’ylab kezgan vaqt mobaynida Santyago buning Misrda tangri timsoli ekanidan xabardor bo’lgandi.

Unga yana bir belgi berildi va bo’zbola qumni kovlashga kirishdi, biroq avval billur Sotuvchini esladi va uning haq ekanini tushundi: umr bo’yi tosh qalagani bilan hech kimga o’z hovlisida ehrom qurish nasib etmaydi.

Tun bo’yi u belgilangan joyda qumni kovladi, biroq hech narsa topmadi. Ehromlar tepasidan mingyilliklar unga sukut saqlab termulardi. Biroq u yon bermasdi — qumni o’raga qaytarib urayotgan shamolga qarshi basma-bas tinimsiz qazirdi. Santyago holdan toydi, qo’lini yaraladi, biroq yuragiga ishonaverdi, yuragi unga xazinani ko’z yoshi to’kilgan joydan qidirishni uqtirardi.

U o’radan toshlarni olib tashlayotgan daqiqada tuyqusdan qadam tovushi eshitildi. Santyago o’girilib, odamlarga ko’zi tushdi — ular bir necha nafar edi, yuzlarini tanitib qo’ymaslik uchun yorug’ga orqalarini berib turishardi.

— Sen bu yerda nima qilayapsan? — so’radi ulardan biri.

Bo’zbola javob qilmadi. Uni qo’rquv bosdi, chunki ayni paytda yo’qotadigan narsasi bor edi.

— Bizlar urushdan qochdik, — dedi boshqasi. — Bizga pul kerak. Sen bu yerga nima yashirding?

— Hech nima yashirganim yo’q, — javob qildi Santyago.

Biroq qochoqlarning biri uni o’radan tortib oldi, ikkinchisi cho’ntaklarini titdi va quyma oltinni topdi.

— Oltin! — qichqirdi u.

Endi oy uning yuzini yoritardi, Santyago qaroqchining ko’zlarida o’zining ajalini ko’rdi.

— U yerda yana bo’lishi kerak! — dedi boshqasi.

Ular Santyagoni qazishga majbur qilishdi va u bo’ysunmay ilojsiz edi. Biroq xazinadan darak bo’lmadi va qaroqchilar uni do’pposlay boshlashdi. Do’pposlash sahar pallasigacha davom etdi. Ustidagi kiyimi burda-burda bo’ldi va ajali yetishiga ozgina qolganini his etdi.

Shu payt Alkimyogarning gapi yodiga tushdi: “Pulning senga nima keragi bor, agar o’lishingga to’g’ri kelsa? Pul ajalingni bir lahzaga ham kechiktirolmaydi”.

— Men xazina qidirayapman! — baqirdi Santyago.

Yorilib, qoni qotgan lablarini zo’rg’a qimirlatib, u qaroqchilarga tushida ikki marta misr ehromlari poyiga bekitilgan xazinani ko’rganini gapirib berdi.

Qaroqchilar sardori uzoq jim turdi va keyin sheriklaridan biriga murojaat qildi:

— Uni qo’yib yubor. Unda boshqa hech narsa yo’q, bu quymani u biror joydan o’margan.

Santyago yiqildi. Qaroqchilar sardori uning ko’ziga qaramoqchi bo’ldi, biroq bo’zbolaning nigohi ehromlarga qadalgan edi.

— Ketdik bu yerdan, — dedi sardor sheriklariga, keyin o’girilib Santyagoga dedi:

— Men seni shuning uchun tirik qoldirayapmanki, sen bunaqa ahmoq bo’lish yaramasligini tushungin. Xuddi o’sha joyda, hozir sen turgan joyda, mening o’zim ikki yil burun ayni bir tushni bir necha marta ko’rdim. Tushimda ko’rinishicha, go’yo men Ispaniyaga borishim kerak, u yerda bir vayrona cherkov bor emish, unga cho’ponlar qo’ylarini qamab tunarmish, omborxonasida tutanjir o’sib chiqqanmish, shu cherkovni qidirib topishim kerakmish. Biroq men tush ko’rdim, deb sahroda tentirab yo’l kezadigan ahmoq emasman.

Shu gapdan keyin qaroqchilar ketishdi.

Santyago azob bilan o’rnidan turdi va so’nggi bor ehromlarga qaradi. Ular bo’zbolaga tabassum qildi, u ham javoban kulib qo’ydi va yuragi baxt-saodatga to’lganini his etdi.

U o’z xazinasini qo’lga kiritdi.

XOTIMA

Bo’zbolaning ismi Santyago edi. U vayron bo’lib yotgan cherkovga yetib kelganida allaqachon qorong’u tushgan edi. Omborxonada hanuz tutanjir ko’karib turar, o’yiq gumbazdan, xuddi burungiday, yulduzlar ko’rinardi. U bir oqshom otari bilan shu yerda tunaganini esladi, o’shanda, ko’rgan tushini aytmaganda, tun xotirjam o’tgandi.

Hozir u yana shu yerda. Biroq bu safar qo’ylarini haydab kelgani yo’q. Uning qo’lida belkurak bor edi.

U osmonga uzoq tikildi, keyin to’rvadan vino olib, bir qultum ichdi. Bir safar oqshom sahroda yulduzlarga termilgani va Alkimyogar bilan vino ichgani yodiga tushdi. Orqada qancha yo’l qolib ketganini va Tangri unga qanaqa g’aroyib usul bilan xazinaga ishora qilganini o’yladi.

Agar u tushlariga ishonmaganida, lo’li kampirni, Malkisidqni, qaroqchilarni uchratmaganida…

“Bu ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Biroq yo’l belgi-alomatlar bilan ko’rsatib qo’yilgan edi, undan men chetga chiqolmasdim”, — o’yladi u.

U o’zi sezmagan holda uxlab qoldi. Ko’zini ochganida quyosh tepaga ko’tarilib ketgan edi. Santyago tutanjirning tagini kovlay boshladi.

“Keksa sehrgar, — o’yladi u Alkimyogar haqida, — sen barini oldindan bilgansan. Men bu cherkovgacha yetib kelishim uchun oltin quymaning ikkinchi bo’lagini ham menga qoldirding. Ruhoniy meni kiyim-kechagim abgor, o’zimni do’pposlangan alpozda ko’rib kulib yubordi. Sen meni bundan xalos qila olarmiding?”

“Yo’q, — u shamolning shitirlagan ovozini yaxshi eshitdi. — Agar men seni ogohlantirganimda, sen ehromlarni ko’rmasding. Ular chindan ham juda go’zal, to’g’rimi?”

Bu Alkimyogarning ovozi edi. Bo’zbola kuldi va qazishni davom ettirdi. Yarim soatcha vaqt o’tib, belkurak allaqanday qattiq narsaga urildi, tag’in bir soatlardan so’ng Santyagoning oldida qadimgi tilla tangalar bilan liq to’la chiroyli sandiqcha turardi. Sandiqchada tag’in qimmatbaho toshlar, oq va qizil patlar bilan bezatilgan oltin niqoblar, zumrad qoplangan tosh sanamlar bor ediki, jangu jadallarda qo’lga kiritgan bu o’ljalarni g’olib mamlakat allaqachon unutib yuborgan, o’ljalar egasi ular haqida farzandlariga ham hech nima demagan edi.

Santyago to’rvadan Urim va Tumimni oldi. Ular faqat bir marta, ertalabki payt bozorda unga asqotgandi: hayot ularsiz ham bo’zbolaga ishonchli belgilarni ko’rsatib turdi.

Santyago ularni sandiqchaga soldi — bu ham uning xazinasining bir bo’lagi: toshlar unga endi hech qachon uchratmaydigan keksa podshohni eslatib turadi.

“Hayot chindan ham O’z Taqdiri yo’lidan boradiganlarni siylaydi, — o’yladi u va Tarifga borishi, lo’li kampirga xazinaning o’ndan birini berishi lozimligini esladi. — Lo’lilar chindan dono! Dunyo bo’ylab ko’p kezishlaridan shunday bo’lsa kerak”.

U yana shamol esayotganini sezdi. Bu “livantinlik” edi, Afrikadan yelardi, biroq bu safar o’zi bilan sahro bo’yini olib kelmadi, mavrlar bosqinini daraklamadi. Endi Santyago sekin yaqinlashib kelib, lablariga bo’sa bo’lib qo’ngan muattar bo’yni, mayin tovush va ta’mni farqladi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Alkimyogar»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Alkimyogar» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Alkimyogar»

Обсуждение, отзывы о книге «Alkimyogar» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x