Paulo Coelho - Alkimyogar

Здесь есть возможность читать онлайн «Paulo Coelho - Alkimyogar» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Жанр: Современная проза, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Alkimyogar: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Alkimyogar»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

1982 yilda Coelho hech bir taʼsirga ega boʻlmagan oʻzining birinchi asari, «Hell Archives»'ni («Doʻzax arxivlari») yaratdi. 1985 yilda u keyinchalik «yomon sifati» uchun ommadan qaytarib olishga harakat qilgan «Practical Manual of Vampirism»'ga («Vampirizm boʻyicha amaliy qoʻllanma») hissa qoʻshdi. 1988 yilda Coelho Borges’ning «Ikki hayolparast ertagi»(«Tale of Two Dreamers»)ga asoslangan «Alchemist» asarini nashrdan chiqardi. Dastlabki sekin sur’atlardagi asar sotuvi nashriyotni asarni qaytarishiga olib keldi, lekin aynan ushbu asar Braziliyaning eng koʻp sotilgan asari boʻldi. U 11 milliondan ortiq nusxada sotilib, dunyoning 41 tiliga tarjima qilindi. Ushbu asar asosida Coelho asarlarini sevuvchi Laurens Fishburn kino yaratmoqda. Coelho 150dan ortiq mamlakatda 86 milliondan ortiq asarlari nusxasini sotib, uning asarlari 56 tilga tarjima qilingan. U turli xil adabiyot mukofotlariga, shu jumladan La Legion d’Honneur(Fransiya), Grinzane Cavour (Italiya) mukofotlariga sazovor boʻlgan.Yana Braziliya gazetasi Folha San Pauloda nashr etgan satrlari toplanmasi boʻlgan Maktub asari, «Sat down and wept», «The Valkyries» ni ham yozgan. Koel’o asarlarining Eronda mashhurligiga qaramay, uning 2005 yilda nashr etilgan «The Zahir» asari taʼqiqlanib, 1000ta nusxasi konfiskatsiya qilingan, lekin 1 hafta oʻtmay, ular yana kitob doʻkonlarida paydo boʻlgan. Uning asarlari bestsellerlar qatoridan nafaqat Braziliyada balki AQSh, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Eron, Kanada, Italiya, Isroil, Finlandiya, Serbiya, Gretsiya,Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Polsha va Litvalarda ham oʻrin olgan. U har vaqtning eng koʻp sotilgan Portugal tilli muallif hisoblanadi. U yana Sovgʻa(The Gift/Henry Drummond) va Paygʻambarning Sevgi maktublari (Love letters of a Prophet/Kalil Gibran) ham moslashtirgan. Coelho 45 dan ortiq davlatda haftalilik sahifalar uchun yozadi. Ushbular qatorida Turkiyaning Aksam va Austrian Kurier’ning Freizeitʼi ham oʻrin olgan.

Alkimyogar — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Alkimyogar», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Birinchi kun o’tdi. Sahroda katta jang bo’ldi, yaradorlarni qo’nalg’aga keltirishdi. “O’lim hech narsani o’zgartirmaydi”, — o’yladi Santyago. Safdan chiqqanlarning o’rnini boshqalar egallashadi va hayot o’z maromida davom etaveradi.

— Sen keyinroq o’lishing ham mumkin edi, do’stim, — dedi jangchilardan biri o’zining halok bo’lgan birodariga. — Hozir bo’lmasa, urushdan keyin. Qanday bo’lmasin, baribir, ajalga chap berishning iloji yo’q.

Shomga yaqin bo’zbola Alkimyogarni izlab ketdi.

— Men shamolga aylana olmayman, — dedi u Alkimyogarga.

— Esla, men senga nima degandim: olam bu Tangrining zohiriy qismi. Alkimyo esa ruhiy komillikni moddiylashtiradi.

— Sen nima qilayapsan, — so’radi Santyago.

— Qirg’iyimni ovqatlantirayapman.

— Shartmi? Agar men shamolga aylana olmasam ikkimizni ham o’ldirishadi-ku.

— Ikkalamiznimas, seni, — javob qildi Alkimyogar. — Men esa shamolga aylana olaman.

Ikkinchi kuni bo’zbola qo’nalg’a chetidagi qoyaning ustiga chiqdi. Qorovullar uni qarshiliksiz o’tkazib yuborishdi: ular shamolga aylana oladigan sehrgar paydo bo’lganini eshitishgan va undan chetroq yurishga urinishardi. Qolaversa, sahro harqalay zindondan tuzukroq.

Santyago oqshomgacha — kun bo’yi sahroni kuzatdi. Yuragiga quloq tutdi. Sahro esa uning qo’rquvini uqdi.

Ular bir tilda gaplashishdi.

Uchinchi kuni qabila boshlig’i o’zining harbiy sardorlarini yig’di.

— Ko’raylik-chi, bu bo’zbola qanday qilib shamolga aylanarkan, — dedi u.

— Ko’ramiz — javob qildi Alkimyogar.

Santyago ularni o’zi kecha kun bo’yi o’tirgan joyga olib bordi. Keyin o’tirishlarini so’radi.

— Biroz kutishga to’g’ri keladi, — dedi u.

— Shoshayotgan joyimiz yo’q, — dedi qabila boshlig’i. — Bizlar sahro odamlarimiz.

Santyago ufqqa qaradi. Oldda tog’lar, qum barxanlari, qoya-toshlar bor; giyoh ko’karishi aqlga sig’maydigan qumloqda ajabtovur yer bag’irlab o’t-o’lanlar o’sib yotibdi. Uning ro’parasida sahro yastanib yotibdi — bir necha oy uni kezdi, biroq baribir sahro siru sinoatining arzimasgina qismidan xabardor bo’ldi. Yo’lida angliyalikni, karvonlarni uchratdi, qabilalar o’rtasidagi janglarga guvoh bo’ldi, ellik ming tub xurmo ko’karib turgan va uch yuzta quduqli vohani, Fotimani ko’rdi.

— Xo’sh, — so’radi undan sahro, — senga yana nima kerak? Kuni kecha bir-birimizga termilib to’ymaganmidik?

— O’sha tarafda, sening qum barxanlaring orasida mening sevgan yorim yashaydi, — javob qildi Santyago. — Senga termilganimda men uni ham ko’raman. Uning yoniga qaytgim keladi, buning uchun sening ko’maging kerak. Men shamolga aylanishim darkor.

— “Sevgi” deganlari nima o’zi? — so’radi sahro.

— Sevgi — bu qum barxanlar ustidagi qirg’iy parvozi. Uning uchun sen yam-yashil o’tloqsan. U sening qoya toshlaringni, sening barxanlaringni, tog’laringni biladi. Sening esa unga bag’ring doimo ochiq.

— Qirg’iyning tumshug’i menga azob beradi, — javob qildi sahro. — Mening yillar bo’yi yetishtirganim unga o’lja bo’ladi, vaholanki, men uni kamchil suvim bilan sug’oraman, qornini qaerda to’ydirishini ko’rsataman. Keyin esa osmondan sho’ng’ib keladi — endi men qumlarimda hayot borligidan quvonaman degan pallada u yetiltirganimni ilib olib ketadi.

— Biroq sen uning uchun yetiltirgansan-ku. Qirg’iyni boqish uchun. Qirg’iy esa odamni boqadi. Bir payt kelib odam sening qumlaringni to’yintiradi va shunda yana hayot jonlanadi, qirg’iyga o’lja paydo bo’ladi. Olam shunday yaralgan.

— Sevgi deganlari shumi?

— Sevgi deganlari shu. Sevgi o’ljani qirg’iyga aylantiradi, qirg’iyni — odamga, odamni esa sahroga. Qo’rg’oshinni oltinga aylantiradigan, oltinni yer ostiga bekitadigan sir shu.

— Men bu gaplarning ma’nisiga tushunmayman, — javob qildi sahro.

— U holda bir narsani tushun: sening qum barxanlaring orasida meni bir ayol kutayotir. Va shuning uchun men shamolga aylanishim kerak.

Sahro bir muddat jim qoldi.

— Men senga qumlarimni beraman, shamol ularni quyunga aylantirishi uchun. Biroq bu kam. Yolg’iz o’zim hech nima qilolmayman. Shamoldan yordam so’ra.

Yengilgina shamol qo’zg’aldi. Harbiy sardorlar uzoqdan turib bo’zbolaning o’zlariga tushunarsiz tilda kim bilandir gaplashayotganini kuzatishardi.

Alkimyogar kulimsiradi.

Shamol Santyagoga yaqinlashdi, uning yuziga urildi. Shamol uning sahro bilan gaplashganini eshitdi, chunki shamollar hamma narsadan xabardor. Ular dunyo kezib yelib-yugurishadi, ularning tug’ilgan makoni ham, o’lim topgan joyi ham yo’q.

— Menga yordam ber, — dedi unga bo’zbola. — Bir safar menga sen sevgilimning ovozini olib kelgan eding.

— Sahroning va shamolning tilida gaplashishni senga kim o’rgatdi?

— Mening yuragim, — javob qildi Santyago.

Shamolning nomi ko’p edi. Bu yerda uni “sirokko” deyishadi, arablar uni sersuv va qoratanli odamlar yashaydigan o’lkalardan yeladi, deb o’ylashadi. Santyagoning yurtida esa uni “levantinlik” deyishadi, chunki bu shamol sahro qumlarini va mavrlarning jangovar hayqiriqlarini olib keladi, deb o’ylashgan. Ehtimol, qo’ylar uchun yaylov yo’q uzoq mamlakatlarda odamlar bu shamol Andalusiyada tug’iladi, deb hisoblashgan. Biroq shamol hech qaerda tug’ilmaydi va hech qaerda o’lmaydi, shu boisdan ham u sahrodan qudratliroq. Chunki sahroda nimadir ko’kartirishga odamlar qodir; ular sahroda qo’ylarni ham ko’paytira olishadi, biroq shamolni o’z izmlariga sola olishga ularning qurbi yetmaydi.

— Sen shamolga aylana olmaysan, — dedi shamol. — Sen bilan bizning aslimiz boshqa-boshqa.

— Noto’g’ri, — javob qildi Santyago. — Men sen bilan birga dunyo kezganimizda, menga alkimyo sirlari ayon bo’ldi. Endi menda shamol ham, sahro ham, okean ham, yulduzlar ham, Olamda bino bo’lgan hamma narsa jam bo’lgan. Bizni — senu meni bir qo’l bino etgan va bizning qalbimiz ham bitta. Men senday bo’lishni xohlayman, har qanday kavakka kirishni, dengizlar ustida yelishni, xazinamni bekitib yotgan qum barxanlarini to’zitishni, sevgilimning ovozini olib kelishni istayman.

— Bir safar men sening Alkimyogar bilan gaplashganingni eshitdim, — dedi shamol. — U har kimning o’z Yo’li bor, dedi. Odam shamolga aylanmasligi kerak.

— Bir necha lahzaga bo’lsa-da senga aylanishni o’rgat. O’shanda odamning va shamolning cheksiz imkoniyatlarini muhokama qilamiz.

Shamol qiziquvchan edi — bunaqasini hali uchratmagandi. Uning ana shu masalada tortishgisi keldi, biroq u chindan ham odamni shamolga aylantirishni bilmasdi. Aslida esa juda ko’p narsaga qodir! Sahroni paydo qila olardi, kemalarni cho’ktirardi, asrlik daraxtlarni va hatto butun bir o’rmonni qulatardi, musiqa yangrab turgan, tushunarsiz tovushlar taralib turgan shaharlar uzra yelib o’tardi. Olamda hamma narsaga qurbim yetadi, deb hisoblagan shamolga endi bu bolakay o’z xohishini ro’kach qilib, buni ham amalga oshirishga qobilsan, deb qistayotir.

— Bu “sevgi” deyiladi, — dedi Santyago, shamol o’zining iltimosini bajarishiga ishonib. — Agar sevsang, xohlagan narsaga aylana olasan. Agar sevsang, nimalar bo’layotganini tushunishga mutlaqo hojat yo’q, zero, hamma narsa bizning botinimizda kechadi, demak, odam shamolga bemalol aylana oladi. Albatta, shamol unga yordam bersa.

Shamol mag’rur edi, shu bois Santyagoning gaplari uni ranjitdi. U kuchli esa boshladi, sahro qumlarini to’zitdi. Biroq oxir-oqibat, garchi butun dunyoni kezgan esa-da, odamni shamolga aylantira olmasligini tan olishga majbur bo’ldi. Sevgini ham bilmasligiga iqror bo’ldi.

— Men odamlarning sevgi haqida gapira turib, osmonga tikilishlariga ko’p bor guvoh bo’lganman, — dedi shamol, o’z ojizligini tan olganidan jazavasi qo’zib. — Ehtimol, sen ham osmonga murojaat qilarsan, a?

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Alkimyogar»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Alkimyogar» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Alkimyogar»

Обсуждение, отзывы о книге «Alkimyogar» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x