Paulo Coelho - Alkimyogar

Здесь есть возможность читать онлайн «Paulo Coelho - Alkimyogar» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Жанр: Современная проза, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Alkimyogar: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Alkimyogar»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

1982 yilda Coelho hech bir taʼsirga ega boʻlmagan oʻzining birinchi asari, «Hell Archives»'ni («Doʻzax arxivlari») yaratdi. 1985 yilda u keyinchalik «yomon sifati» uchun ommadan qaytarib olishga harakat qilgan «Practical Manual of Vampirism»'ga («Vampirizm boʻyicha amaliy qoʻllanma») hissa qoʻshdi. 1988 yilda Coelho Borges’ning «Ikki hayolparast ertagi»(«Tale of Two Dreamers»)ga asoslangan «Alchemist» asarini nashrdan chiqardi. Dastlabki sekin sur’atlardagi asar sotuvi nashriyotni asarni qaytarishiga olib keldi, lekin aynan ushbu asar Braziliyaning eng koʻp sotilgan asari boʻldi. U 11 milliondan ortiq nusxada sotilib, dunyoning 41 tiliga tarjima qilindi. Ushbu asar asosida Coelho asarlarini sevuvchi Laurens Fishburn kino yaratmoqda. Coelho 150dan ortiq mamlakatda 86 milliondan ortiq asarlari nusxasini sotib, uning asarlari 56 tilga tarjima qilingan. U turli xil adabiyot mukofotlariga, shu jumladan La Legion d’Honneur(Fransiya), Grinzane Cavour (Italiya) mukofotlariga sazovor boʻlgan.Yana Braziliya gazetasi Folha San Pauloda nashr etgan satrlari toplanmasi boʻlgan Maktub asari, «Sat down and wept», «The Valkyries» ni ham yozgan. Koel’o asarlarining Eronda mashhurligiga qaramay, uning 2005 yilda nashr etilgan «The Zahir» asari taʼqiqlanib, 1000ta nusxasi konfiskatsiya qilingan, lekin 1 hafta oʻtmay, ular yana kitob doʻkonlarida paydo boʻlgan. Uning asarlari bestsellerlar qatoridan nafaqat Braziliyada balki AQSh, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Eron, Kanada, Italiya, Isroil, Finlandiya, Serbiya, Gretsiya,Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Polsha va Litvalarda ham oʻrin olgan. U har vaqtning eng koʻp sotilgan Portugal tilli muallif hisoblanadi. U yana Sovgʻa(The Gift/Henry Drummond) va Paygʻambarning Sevgi maktublari (Love letters of a Prophet/Kalil Gibran) ham moslashtirgan. Coelho 45 dan ortiq davlatda haftalilik sahifalar uchun yozadi. Ushbular qatorida Turkiyaning Aksam va Austrian Kurier’ning Freizeitʼi ham oʻrin olgan.

Alkimyogar — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Alkimyogar», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

— Sen unga uqtir, azob chekishdan qo’rqish, azobning o’zidan ko’ra yomonroq. O’z orzularini izlab yo’lga chiqqan biror-bir yurak azob chekmaydi, zero, bunday izlanishning har bir daqiqasi — bu Tangri va Abadiyat bilan uchrashuv.

“Har lahza — bu diydor, — dedi Santyago yuragiga. — Qachonki men o’z xazinamni izlabman, kunlarning bari sehrli yog’du bilan yorishgan, zero, men bilardimki, soat sayin o’z orzuimning amalga oshmog’i yaqinlashardi. Qachonki men o’z xazinamni izlabman, men yo’limda hech qachon o’y-xayolimga kelmagan narsalarni uchratdimki, bundayin uchrashuvlar cho’ponlardan jasorat talab etardi”.

Shundan keyin uning yuragi tinchlandi. Oqshom Santyago xotirjam uxladi, uyg’onganidan so’ng yuragi unga Olam Qalbi haqida gapira boshladi. Aytdiki, Tangrini qalbida olib yurgan odam baxtlidir. Baxtni esa, Alkimyogar gapirgan, o’sha bir dona g’aroyib qum zarrasida topish mumkin. Zotan, ana shu zarrani bunyod etish uchun Olamga milliard yil kerak bo’ldi.

“Yerda yashayotgan har qaysi odamni uning xazinasi kutib yotadi, biroq biz — yuraklar sukut saqlashga odatlanganmiz, chunki odamlar ularni qo’lga kiritishni xohlashmaydi. Bu haqda biz faqat bolalarga gapiramiz, keyin esa hayot har kimni o’z Taqdiriga peshvoz yo’llayotganini ko’ramiz. Biroq, baxtga qarshi, sanoqli kishilargina o’zlariga buyurilgan Yo’llaridan borishadi. Dunyo xavotirga soladi va shu boisdan ham xatarli tus oladi.

Shunda biz, yuraklar, past ovozda, shivirlab gapiramiz. Bizning ovozimiz hech qachon tinmaydi, biroq so’zlarimizga quloq tutishlari uchun urinamiz: odamlarning yurakka quloq tutmay aziyat chekishlarini istamaymiz”.

— Nega yurak kishiga o’z orzularini amalga oshirish uchun harakat qilish zarurligini aytmaydi? — so’radi Santyago.

— U holda yurak azob chekishiga to’g’ri keladi, yurak esa azob chekishni xushlamaydi.

Shu kundan boshlab bo’zbola o’z yuragini tushuna boshladi. Va bundan keyin agar u o’z orzulari yo’lidan bir qadam chetga chiqsa, siqilib, og’rib tashvishdan ogoh etishini yuragidan so’radi. Ogohni eshitgach, o’z yo’liga, albatta, qaytishga qasam ichdi.

O’sha oqshom u Alkimyogarga bu gaplarning hammasini aytdi. Alkimyogar Santyagoning yuragi Olam Qalbiga yuz tutganini tushundi.

— Endi men nima qilishim kerak?

— Ehromlarga qarab boraver. Belgilarni ko’zdan qochirma. Yuraging endi xazina qaerdaligini ko’rsatishga qodir.

— Oldinlari menga shu yetishmasmidi?

— Yo’q. Bilasanmi, senga nima yetishmaganini, — dedi Alkimyogar va tushuntira boshladi:

— Orzu amalga oshishidan oldin Olam Qalbi orzumand kishi uning saboqlarini to’la o’zlashtirib olganini sinab ko’rishga qaror qiladi. Olam Qalbi biz o’z orzularimiz bilan birga yo’l-yo’lakay o’zimizga berilgan ilmu saboqlarni ola bilishimiz uchun shunday qiladi. Ayni shu nuqtada aksariyat odamlar jasorat ko’rsatishdan yuz burishadi. Sahro tilida buni “voha ko’zga ko’ringan chog’da chanqoqlikdan o’lish”, deyiladi. Izlanishlar doimo Xayrli Ibtido bilan boshlanadi. Va mana shu sinov bilan intiho topadi.

Santyago yurtida ko’p aytiladigan bir hikmatni esladi: “Eng qorong’u payt — sahar oldi pallasi”.

Ertasi kuni birinchi marta chinakam xavf-xatarning alomatlari yuz ko’rsatdi.Yo’lovchilarga uch nafar jangchi yaqinlashib kelib, ular bu yerda nima qilishayotganini so’rashdi.

— Qirg’iy bilan ov qilayapman, — javob berdi Alkimyogar.

— Biz qurollaring yo’qligiga ishonch hosil qilmog’imiz kerak, — dedi uch jangchining bittasi.

Alkimyogar shoshilmay otdan tushdi. Santyago ham u kabi xotirjam otdan tushdi.

— Nega sen shuncha pulni o’zing bilan olib yuribsan? — dedi bo’zbolaning to’rvasini titkilayotgan jangchi.

— Bu pullar ehromlarga yetib olish uchun menga kerak.

Alkimyogarni tintuv qilayotgan arab uning yonidan qandaydir suyuqlik solingan kichkina shisha idish va sarg’ish, tovuqnikidan sal kattaroq shisha tuxum topdi.

— Bular nima? — so’radi jangchi.

— Iksir bilan Obi-hayot — alkimyogarlarning Buyuk Ijodi. Kimki Obi-hayotni ichsa, kasallikka chalinmaydi. Iksirning mayda ushog’i har qanday metalni oltinga aylantiradi.

Suvorilar o’zlarini tutolmay, qah-qah urib kulishdi, Alkimyogar ham ularga qo’shilib kuldi. Ular Alkimyogarning javobidan huzur qilishdi va hech qanday qarshiliksiz yo’lovchilarga yo’llarida davom etishga ruxsat berishdi.

— Aqldan ozdingmi? — so’radi Santyago, jangchilardan xiyla uzoqlashgach. — Nega bunday qilding?

— Nega deysanmi? Senga dunyoda amal qiladigan oddiy qonunni ko’rsatish uchun, — dedi Alkimyogar. — Biz hech qachon oldimizda qanaqa xazina borligini tushunmaymiz. Bilasanmi, nega shunday? Negaki, odamlar umuman xazinaga ishonishmaydi.

Ular yo’l yurishni davom ettirishdi. Kun sayin Santyagoning yuragi tobora sukut saqlashga odatlanib borayotgandi: uning na o’tmish va na kelajak bilan ishi bor edi; u sahroni tomosha qilish bilan birga bo’zbola qatori Olam Qalbi chashmasidan bahra olardi. Ular o’zaro haqiqiy do’st bo’lib olishdi va endi hech qaysi bir-birini sota olmasdi.

Yurak tilga kirgan chog’dayam, faqat Santyagoning ishonchini mustahkamlash va unga yangidan kuch-quvvat berish uchun gapirar, zotan, gohida sahro sukunati bo’zbolani juda toliqtirib qo’yardi. Yurak unga birinchi marta uning ajoyib fazilatlari, xususan, qo’ylaridan voz kechishga qaror qilganda jur’at ko’rsatgani va do’konda ishlab g’ayrat-ishtiyoqini namoyon etgani haqida gapirdi.

U yana Santyago hech qachon payqamagan bir jihat: o’ziga xavf solgan xatarlar haqida ham gapirdi. Yurak otasidan yashirincha olib chiqqan, qayoqdadir qolib ketgan miltiq haqida gapirdi, bu qurol bilan u o’zini yarador qilib yoki otib qo’yishi hech gap emasdi. Yana bir safar biyday dalada bo’zbola o’zini yomon his etgani, ko’ngli aynib qusa boshlagani, keyin esa hushini yo’qotib yiqilib uxlab qolganini yodiga soldi. Ayni o’sha paytda ikki nafar daydi o’zini o’ldirib, qo’ylarini haydab ketish niyatida uni poylagan. Biroq Santyago ha deganda kelavermagach, ular bo’zbola suruvini boshqa tarafga haydab ketgan bo’lishi kerak, deb jo’nab qolishgan.

— Yurak har doim ham odamga yordam beradimi? — so’radi u.

— Har kimga ham emas. Faqat o’z Taqdiri yo’lidan borayotganga. Va yana bolalarga, mastlar va qariyalarga.

— Bu degani, ular xavf-xatardan xoli deganimi?

— Bu — atigi ularning yuraklari bor kuchini safarbar etadi, degani.

Bir safar ular o’zaro dushman qabilalar jangchilari qo’nalg’alari yonidan o’tishdi. To’rt tomonda bejirim oq yaktakdagi qurolli odamlar ko’zga chalinardi. Ular chilim chekishar va janglar haqida gurunglashardi. Santyago bilan Alkimyogarga biror kishi zarracha e’tibor qaratmadi.

— Biz xavfdan xolimiz, — dedi bo’zbola lashkargohni ortda qoldirishgach.

— Yuragingga ishon, biroq o’zingning sahroda ekaningni bir zum yodingdan chiqarma! Odamlar o’zaro urushayotganda Olam Qalbiga jang shovqini yetib boradi. Quyosh ostida ro’y berayotgan voqealar oqibatidan hech kim qochib qutulolmaydi, — Alkimyogarning ovozida alam ohangini sezish qiyin emasdi.

“Hammasi — bir butun”, — o’yladi Santyago.

Shu payt, go’yo keksa Alkimyogarning haqligiga dalilday, sahroda yo’lovchilar ortidan quvib kelayotgan bir juft suvori ko’rindi.

— Yo’lni davom ettirishlaring xavfli, — dedi ularga yetib kelgan jangchilardan biri. — Bu yerda urush ketayapti.

— Biz ko’p yurmaymiz, — javob qildi Alkimyogar uning ko’ziga tik qarab.

Jangchilar bir lahza qotib turishdi, keyin esa yo’lovchilarni o’tkazib yuborishdi. Santyago hayratga tushdi.

— Sen ularni ko’zing bilan qotirdingmi?

— Ko’zning qarashi ruhning qudratini namoyon etadi, — javob qildi Alkimyogar.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Alkimyogar»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Alkimyogar» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Alkimyogar»

Обсуждение, отзывы о книге «Alkimyogar» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x