Paulo Coelho - Alkimyogar

Здесь есть возможность читать онлайн «Paulo Coelho - Alkimyogar» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Жанр: Современная проза, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Alkimyogar: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Alkimyogar»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

1982 yilda Coelho hech bir taʼsirga ega boʻlmagan oʻzining birinchi asari, «Hell Archives»'ni («Doʻzax arxivlari») yaratdi. 1985 yilda u keyinchalik «yomon sifati» uchun ommadan qaytarib olishga harakat qilgan «Practical Manual of Vampirism»'ga («Vampirizm boʻyicha amaliy qoʻllanma») hissa qoʻshdi. 1988 yilda Coelho Borges’ning «Ikki hayolparast ertagi»(«Tale of Two Dreamers»)ga asoslangan «Alchemist» asarini nashrdan chiqardi. Dastlabki sekin sur’atlardagi asar sotuvi nashriyotni asarni qaytarishiga olib keldi, lekin aynan ushbu asar Braziliyaning eng koʻp sotilgan asari boʻldi. U 11 milliondan ortiq nusxada sotilib, dunyoning 41 tiliga tarjima qilindi. Ushbu asar asosida Coelho asarlarini sevuvchi Laurens Fishburn kino yaratmoqda. Coelho 150dan ortiq mamlakatda 86 milliondan ortiq asarlari nusxasini sotib, uning asarlari 56 tilga tarjima qilingan. U turli xil adabiyot mukofotlariga, shu jumladan La Legion d’Honneur(Fransiya), Grinzane Cavour (Italiya) mukofotlariga sazovor boʻlgan.Yana Braziliya gazetasi Folha San Pauloda nashr etgan satrlari toplanmasi boʻlgan Maktub asari, «Sat down and wept», «The Valkyries» ni ham yozgan. Koel’o asarlarining Eronda mashhurligiga qaramay, uning 2005 yilda nashr etilgan «The Zahir» asari taʼqiqlanib, 1000ta nusxasi konfiskatsiya qilingan, lekin 1 hafta oʻtmay, ular yana kitob doʻkonlarida paydo boʻlgan. Uning asarlari bestsellerlar qatoridan nafaqat Braziliyada balki AQSh, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Eron, Kanada, Italiya, Isroil, Finlandiya, Serbiya, Gretsiya,Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Polsha va Litvalarda ham oʻrin olgan. U har vaqtning eng koʻp sotilgan Portugal tilli muallif hisoblanadi. U yana Sovgʻa(The Gift/Henry Drummond) va Paygʻambarning Sevgi maktublari (Love letters of a Prophet/Kalil Gibran) ham moslashtirgan. Coelho 45 dan ortiq davlatda haftalilik sahifalar uchun yozadi. Ushbular qatorida Turkiyaning Aksam va Austrian Kurier’ning Freizeitʼi ham oʻrin olgan.

Alkimyogar — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Alkimyogar», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

— Fotima — sahro qizi. Unga erkaklarning bir kuni uylariga qaytib kelishi uchun safarga jo’nab ketishlari oyday ravshan. U ham o’zining xazinasini qo’lga kiritdi — bu sen. Endi esa sening o’zing qidirayotgan narsangni topishingga umid qilayotir.

— Vohada qolishga qaror qilsam-chi?

— Unda Oqsoqolga Maslahatchi bo’lasan. Tillang ko’p bo’ladi, son-sanoqsiz qo’y, tuya sotib olasan. Fotimaga uylanasan, bir yilcha u bilan baxtli yashaysan. Sahroga mehr qo’yasan, besh ming to’p xurmo daraxtining har birini taniydigan bo’lasan, bo’yini bo’yingga o’lchab, ularning qanday o’sishini, dunyo muntazam o’zgarib turishini tushunasan. Kun osha belgi-alomatlarni teranroq farqlay borasan, zotan, sahrodan-da yaxshi muallim yo’q. Biroq oradan yil o’tib, sen xazina haqida o’ylaysan. Belgilar uni tez-tez yodingga solaveradi, biroq sen bunga e’tibor qilmaslikka urinasan. Bor bilimingni voha, uning ahli farovonligi uchun sarflaysan. Qabilalar boshliqlari sendan mamnun bo’lishadi, tuyalar senga ko’p boylik keltiradi va hokimiyatingni mustahkamlaydi.

Yana bir yil o’tadi. Belgilar xazina va Yo’lni muntazam uqtirib turadi. Uzoq tunlarda azongacha vohada sanqiysan, Fotima esa iztirob chekadi, chunki o’zi tufayli sening izlanishlaring barbod bo’lganini tushunib yetadi. Biroq sen Fotimani hanuz sevasan, u ham seni yaxshi ko’radi. Biror marta ham u seni qolishga undamaganini bot-bot eslaysan, chunki sahro ayollari erlari qaytib kelguncha kuta olishadi. Va sen Fotimadan biror-bir ayb topa olmaysan, biroq ko’p oqshomlarni birvarakayiga sahro va xurmozorlarni kezib o’tkazasan, Fotimaga bo’lgan muhabbatimga chin dildan ishonmaganimda bu yerdan jo’nab ketardim, deb o’ylaysan. Aslida seni vohada qo’rquv ushlab turibdi — bu makonga boshqa qaytib kelolmayman, deb qo’rqasan. Ana shunda belgilar xazinadan umrbod mahrum bo’lganingni senga aytadi.

To’rtinchi yilga kelib belgilar yo’qoladi, chunki sen ularni ilg’ashni xohlamaysan. Buni payqagan oqsoqol sening xizmatingdan voz kechadi, biroq bungacha sen boy-badavlat savdogarga aylanasan, ko’p do’konlaring va suruv-suruv toylaring bo’ladi. Va umringning oxirigacha, O’z Yo’lingdan yurmaganingni bila turib, xurmozorlaru sahroni kezasan, oxir-oqibat endi kech bo’lganini tushunib yetasan.

Shunday qilib, sevgi insonning O’z Taqdiri yo’lidan borishga hech qachon xalal bermasligini sen hech qachon anglab yetmaysan. Agar shunday bo’lsa, demak, bunday sevgi chin emas, haqiqiy emas, deyiladi Umum Tilida, — deya so’zini yakunladi Alkimyogar.

U qumga chizgan doirani buzdi va kobra sudralib, toshlar orasida ko’zdan g’oyib bo’ldi. Santyago bir umr Makkaga ziyoratni orzu qilgan billur sotuvchi savdogarni, Alkimyogarni qidirgan angliyalikni esladi. Bir kun kelib sahro o’zi suyishni istagan yigitni yetkazishiga ishongan ayolni ham esladi.

Ular otlarga minishdi. Bu safar Alkimyogar oldga tushdi. Shamol vohadagi odamlarning ovozini olib keldi va bo’zbola bu tovushlar orasida Fotimaning ovozini tanishga urindi. Jang bois u keyingi kunlar quduq oldida qizni uchratmagan edi.

Biroq bugun oqshom u qumga chizilgan doiradan chiqib ketolmagan kobrani kuzatdi, kiftida qirg’iy bilan yurgan sirli suvorining gaplarini tingladi, suvori unga sevgi va xazinalar haqida, sahro ayollari va O’z Taqdiri haqida gapirdi.

— Men sen bilan birga ketaman, — dedi Santyago va shu lahzada ruhi xotirjam bo’lganini his etdi.

— Biz ertaga yo’lga chiqamiz, bundan-da qorong’uroq pallada, — qisqa javob qildi Alkimyogar.

Tun bo’yi u ko’zlarini yummadi. Quyosh chiqishiga ikki soatlar qolganda o’zi bilan bir chodirda yotgan bolalardan bittasini uyg’otdi va Fotima qaerda yashayotganini so’radi. Ular tashqariga birga chiqishdi va Santyago unga minnatdor bo’lganidan qo’y sotib olishi uchun pul berdi.

Keyin qizni uyg’otishini so’rab, qaerda kutishini aytdi. Arab bola uning bu iltimosini ham bajardi va yana bitta qo’yga pul oldi.

— Endi bizni xoli qoldir, — dedi Santyago va bola kimsan Maslahatchiga yordam berganidan g’ururlanib, boz ustiga, endi qo’y sotib olish uchun puli borligidan quvonib, chodirga qaytdi va uxlagani yotdi.

Fotima chiqdi. Ular xurmozor oralab ketishdi. Santyago urf-odatga zid ish tutayotganini bilardi, biroq hozir bu hech qanday ahamiyatga ega emas edi.

— Men jo’nayapman, — dedi u. — Biroq sening ishonishingni xohlayman: men, albatta, qaytaman. Men seni sevaman, chunki…

— Gapirish shart emas, — uning so’zini bo’ldi qiz. — Odam yaxshi ko’rgani uchun ham sevadi. Sevgi dalil-isbotlarga muhtoj emas.

Biroq Santyago gapini davom ettirdi:

— … chunki men avval tush ko’rdim, keyin podshoh Malkisidqni uchratdim, billur sotdim, sahroni kesib o’tdim, vohaga kelib qoldim jang boshlanganda va quduqning oldida sendan Alkimyogarning qaerda yashashini so’radim. Men seni yaxshi ko’raman, chunki butun Olam bizning uchrashuvimizga xayrixoh.

Ular quchoqlashishdi va vujudlari ilk bor bir-biriga tegdi.

— Men qaytaman, — takrorladi Santyago.

— Avvallari men sahroga orzumand bo’lib qarardim, endi esa umid bilan termulaman. Mening otam ham bir necha bor sahroga ketgan, biroq har safar onamning yonlariga qaytgan.

Boshqa biror-bir so’z aytilmadi. Ular yana xurmozor tagida biroz yurishdi, so’ng Santyago Fotimani chodirgacha kuzatib qo’ydi.

— Men qaytaman, otang qaytib kelganiday.

U qizning ko’zlarida yosh yiltiraganini ko’rdi.

— Yig’layapsanmi?

— Men sahro ayoliman, — dedi Fotima, yuzini yashirib. — Biroq avvalambor men — oddiy ayolman.

Qiz chodir ichiga g’oyib bo’ldi. Tong oqarib kelardi. Odatdagi kun boshlangach, Fotima necha yillardan beri shug’ullanib kelayotgan ishi bilan mashg’ul bo’ladi, biroq endi hammasi boshqacha kechadi. Voha endi qizning nazdida burungi qimmatini bir qadar yo’qotadi, chunki vohada Santyago yo’q. Avval boshqacha edi — yaqinginada bu joy ellik ming tup xurmo daraxti gurkirab turgan, uch yuzta quduqli, sahro kezib chanqagan yo’lovchilar oroyish topadigan maskan edi. Endi qizning nazarida voha bo’shab, huvillab qoldi.

Bugundan boshlab sahroning qadri ortadi. Fotima endi sahroga umid ko’zi bilan termiladi, xazinalarini qidirib ketgan Santyagoning qaysi yulduzni mo’ljalga olib yo’l bosayotganini topishga urinadi. Shamol orqali o’zining qaynoq o’pichlarini yo’llab, ular Santyagoning yuziga tegishiga umidlanadi va pichirlab o’zining sog’-salomat ekanini, uni kutayotganini aytadi. Bugundan boshlab sahro Fotima uchun umid makoniga aylanadi: u yoqdan Santyago yoniga qaytadi.

— Ortda qolganlar haqida o’ylama, — dedi Alkimyogar, ular qum tepalar oralab yo’lga tushishganda. — Hammasi allaqachon Olam Qalbida qayd etildi va shu joyda mangu saqlanadi.

— Odamlar ketishdan ko’ra qaytish haqida ko’proq o’ylashadi, — dedi Santyago, sahroning sukunatiga tag’in ko’nika boshlarkan.

— Agar sen topgan topildiq pishiq narsadan yasalgan bo’lsa, unga hech qanday insu jins daxl qilolmaydi. Va sen bemalol qaytishing mumkin. Agar bu narsa, xuddi yulduz bir yilt etib uchgani kabi, nari-beri yasalgan bo’lsa, qaytgan chog’ingda ham hech nimaga ega chiqolmaysan. Biroq sen, harqalay, yilt etgan nurni ko’rgan bo’lasan. Demak, bu boshdan kechirishga arzirli hol.

U alkimyo haqida gapirayotganga o’xshardi, Santyagoga esa u Fotimani nazarda tutib gapirayotganday tuyuldi.

Ortda qolganlar haqida o’ylamaslik mushkul edi. Sahroning yakrang ko’rinishi eslashga, orzu qilishga majbur etardi. Santyagoning ko’z o’ngidan xurmozor, quduqlar va suyganining chehrasi ketmasdi. U angliyalikni shisha idishlari, asbob-anjomlari bilan uchratdi, Tuyakashni — o’zining aql-idrokini peshlamaydigan chinakam donishmandni uchratdi. “Balki Alkimyogar hech qachon hech kimni sevmagandir”, — o’yladi u.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Alkimyogar»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Alkimyogar» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Alkimyogar»

Обсуждение, отзывы о книге «Alkimyogar» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x