Ilhom kelganida
Abdulaziz Asqaraliyev
Редактор Ибратжон Хатамович Алиев
Редактор Фаррух Муроджонович Шарофутдинов
Корректор Ибратжон Хатамович Алиев
Дизайнер обложки Ибратжон Хатамович Алиев
Корректор Фаррух Муроджонович Шарофутдинов
© Abdulaziz Asqaraliyev, 2021
© Ибратжон Хатамович Алиев, дизайн обложки, 2021
ISBN 978-5-0055-3386-9
Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero
Har yangi kun biz uchun yangidan yangi g’oya va sovg’alarini taqdim etadi. Va albatta, bizning oramizdagi hamkasblarim soni ham oshib bormoqda. Va albatta, bizning qatorimizga kirmoqchi bo’lgan yosh insonlar ham bordir. Bu kitob, ularning biri – Abdulaziz Asqaraliyevning birinchi she’rlar to’plamidir.
Shoir, o’zining yoshiga qaramasdan, qiziq va katta mavzular haqida ham mulohazalarni olib bormoqda. Albatta, hatolarsiz bo’lmadi, lekin bu yosh shoirning yozgan satrlariga boqgan holda, yirik iqtidor sohibi borligini aytib o’tish shart.
Asqaraliyev Abdulaziz 2007-yilning 23-iyul kuni Farg'ona viloyati Rishton shahrida tavallud topgan. Hozirda Farg'ona viloyati Rishton tumanidagi 2-umumta'lim maktabdagi 9-A sinifida tahsil olmoqda. Sher yozishni 10 yoshdan boshlagan yosh shoirlarimizdan.
Ishonamiz-ki, kun kelib, bu yosh iqtidor sohibi, bizning qatorimizga kirib, bugungi kunda rivojlanayotgan «Electron» tashkiloti a’zosi bo’ladi va biz bilan birgalikda insoniyatning kelajagini yaratadi! Ilo, bizning maqsad – kelajakni barpo etishdir! Balki bu iqtidor kelajakda bizning ulug’ yurtimizni yangi o’rinlarga olib chiqib, she’riyatning go’zal olamida o’zining izini qoldirar, hozir esa, biz yosh shoirga omad tilab, uning ajoyib kichik asarlaridan bahramand bo’lishga oshiqmoqdamiz…
Bir tovuqni jo’jasi
Tuxumdan yorib chiqdi.
Shunday ko’zini ochsa,
Yonidan mushuk chiqdi.
Uni ko’rgan jo’jacha
Juftagini rostladi.
«Qani oyim?» – deb jo’ja,
Oyisin ko’p izladi.
Niyatiga yetti u,
Oyijonin topdi u,
Quchog’iga otilib,
Chichilab yig’ladi u.
Jo’jacha katta bo’lib,
Xo’rozboyga aylandi.
Erta tongda uyg’ondi.
Qichqirishga shaylandi.
Islom bobom bizlarni,
O’z farzandim deganlar,
Istiqlolni birinchi
Ular qurib berganlar.
Mustaqil o’zbegimni
Butun dunyo tan oldi.
O’zbekiston atalmish
Diyor borligin bildi.
Xotirangiz dilimizda
Abadiy mangu qolar.
Siz qilgan ishlaringiz
Biz yoshlarga yo’l bo’lar.
Biz maktabga borganda,
Chalinadi qo’ng’iroq.
Biz xonaga kirganda,
Qarshi olishar ustoz.
Shirin tabassum bilan,
Boshlanadi bizning dars.
Bor-yo’qdan so’ng boshlanar
Bizning o’qish darslik ham.
Ziyrakroq bo’l, do’stginam,
A’lochi bo’l, do’stginam,
Zehningni ishga solgin,
Bilimdan ol, do’stginam.
Dars paytida pichirlab
Fikrin bo’lma hammani,
Undan ko’ra tinglagin,
Jamilaxon ustozni.
Bu she’rimni kechasi,
Kechqurun tunda yozdim,
Davomini yozay deb,
G’aflatda uxlab qoldim.
Men bir notanish kitob,
Topib oldim ko’chadan.
Asta qolimga olib,
Sekin vaqog’in ochdim.
Yozilarmish unda she’r,
Yozilarmish g’azallar.
Yana unda yozilar,
Chiroyli so’z-naqllar.
Otam ayganlardek
Baqirdim kimniki deb
Hech kim quloq solmadi
Kitob o’zimg boldi.
U kitobdan ancha
Bilimim oshirib oldim
Kitob insonga do’st deb
Mag’zini chaqib oldim.
Oradan yillar o’tib,
Topdim kitob egasin.
Sov’ga uchun tanladim,
Bir do’stimning ukasin.
Vatan mrning onamdir,
Vatan mening jonimdir,
Tomirimda oqayotgan
Temuriylar qonidir.
Yer ustida qurilgan,
Jannatimsan sen mening.
Osmon ostida turgan,
Yagonamsan, sen mening.
Necha-necha olimlar-u
Donolarning makoni
Buxoriylar yurtidursan
Beruniylar oshiyoni.
Tari’fingni qancha maqray
Shuncha kam so’zim mening
Bobolardan meros qolgan
O’zbekistonim mening.
Seni sevmoq uymondandir
Degan Payg’ambarimiz
Senga jonim fido bo’lsin
Degan Islom bobomiz.
Badaning tarbiya qilmoq istasang
Erta tong turgin’u qilgil mashg’ulot
Aqling tarbiya qilmoqchi bo’lsang,
Erta tong o’qigin birmuncha kitob.
Qorningni to’ydirmoq bo’lsang agar sen
Dasturxon ustida «Bi ismi Ollohni» ayt
Endichi sen agar yeb to’ygan bo’lsang
Esingdan chiqarma-shukurni ko’p ayt.
Xurmating topaman desangchi do’stim
Saloming uzmagin yosh-u-qaridan,
Iymoning salomat bo’lmoq istasang,
Ha, do’stim, qo’shilma yomon-u pastga.
Sen agar tole’ni topaman desang
Bobolar, momolar duosin olgin
Sen agar davlatni topmoq istasang
Halol bo’l, pok bo’lgin, bo’lmagin nokas.
Bejizga aytmagan yoshi ulug’lar,
Bo’linganni bo’ri yer degan donolar.
Akalar, ukalar, opa-singillar,
Ahir bo’l inoq bo’l jon qarindoshlar.
Buvijonim siz mening,
Mehribonim siz mening.
Yaxshilikga undovchi,
Duoguyim siz mening.
Har gal kelganimda men,
Peshonamdan o’pasiz.
«Odobli bo’l, bolam» – deb,
Nasihatlar qilasiz.
Baxtimizga doimo
Sog’ bo’ling, omon bo’ling.
Bobom bilan bizga siz,
Doim bizga bosh bo’ling.
Yomon so’zdan yiroqdirlar,
Mening mehribon bobom,
Yaxshilikga undaydilar,
Mening mehribon bobom.
Yaxshilikni o’rgatganlar,
Yomonlikni o’qitganlar.
Oilamizga ustundirlar,
Mening mehribon bobom.
Doim yaxshilik tomon,
Yo’rganlar doim har on.
Yaxshilikdan qaytishman,
Yomon yo’ldan yashirmas.
Ey, mehribon ona yurt!
Sen bo’lding bizga o’rnak.
Chunki sening mehring,
Bo’lgaymiz biz, dovyurak.
Biz sening bolalaring,
Aqlli va donomiz.
Bo’lamiz senga sodiq,
Bunga va’da beramiz.
Dunyoda bor o’rnimiz
Chunki bizlar donomiz,
Chunki o’zbek bayrog’in
Ko’klarga ko’targanmiz.
Dunyodagi baxtlilar
Albat onasi borlar.
Chunki ular dunyoda
Mehrli va zo’r zotlar.
Bizlarga mehr berar
Faqat bizlarni o’ylar,
Bolalar ham ta’kidlar
Onalar eng zo’r zotlar.
Bizlarni katta qilar
Mehrini bizga berar
Bolalar ham ta’kidlar
Onalar eng zo’r zotlar.
Yoshlik biz uchun do’stim,
Bebaxo bir vaqt ekan
Uning har bir soati
Biz uchun muhim ekan.
Yoshlikda biz do’stlarim
Foydalanib olaylik.
Ustozardan vaqtida
Ilimni zo’r olaylik.
Yoshlikda olingan bilim
Toshga o’yilgan bezak
Shu naqlni do’stginam
Quloqga olish kerak.
Kelajakda biz do’stim
Yurtga xizmat qilaylik
O’zbekiston zaminga
Sodiq farzand bo’laylik.
Vatanimiz qalqonlarin
Albat hurmat qilamiz,
Chunki ular vatanimiz
Qo’riqlaydi har soat.
Ularni deb biz har kuni
Ko’chada tinch yuramiz
Shuning uchun doimo
Vatanimiz tinch bo’lsin
Vatanimiz qalqonlari
Doim tinch omon yursin!
Читать дальше