Aleksandr Belyayev - Jahongir

Здесь есть возможность читать онлайн «Aleksandr Belyayev - Jahongir» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, Жанр: Фантастика и фэнтези, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Jahongir: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Jahongir»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Jahongir — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Jahongir», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

— Ha, bor. Hozir o‘Qyb beraman, — dedi notarius va bu paketni ham hammaga ko‘z-ko‘z qilib ko‘rsatib chiqqach, Karl Gotlib o‘limidan atigi bir oy oldin yozilgan ikkinchi vasiyatnomani olib, o‘qiy boshladi:

— «Ilgari yozilgan barcha vasiyatnomalarimni bekor qilio, o‘zimga tegishli butkul boylik va mol-mulklarni, ular qanday holatda bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘laligicha stenografistkam Elza Glyuk ixtiyoriga o‘tkazaman. O‘z qarindoshlarimni merosdan mahrum etib, uni Elza Glyukka qoldirayotganligimning ayrim sabablari borki, uni oshkor etolmayman. Ammo qarindoshlarim sud orqali Elza Glyukning vasiyatdan kelib chiqadigan huquqlariga daxl qilmaslikLari uchun meni shu ishga undagan ba’zi sabablarini aytib o‘tmoqchiman: 1) Elza Glyuk menga shunday bir yaxshilik Qilganki, — u haqda gapirib o‘tirmayman, — bu yaxshilikni qaytarish uchun men qoldirayotgan boylik ham kamlik qiladi. 2) Mutlaqo shaxsiy xarakterdagi ba’zi bir sabablar meni ukam Oskar Gotlibni o‘zimga yaqin kishilar ro‘yxatidan o‘chirishga majbur qildi…» Meros qoldiruvchining mol-mulki dollarga chaqilganda, taxminiy hisoblarga ko‘ra, ikki milliardni tashkil qiladi, — deb so‘zini tugatdi notarius. „

Oskar Gotlib kreslo suyanchig‘iga gavdasini tashladi. Kuz oldi qorong‘ilashib ketdi. U asabiy bir tarzda barmoqlarini ishqalab, og‘ir-og‘ir nafas olardi. Shu topda u boshiga og‘ir bir narsa bilan urilgan kishini eslatardi. Opa-singil Gotliblar esa boshlarini bir-birilarining yelkalariga qo‘yib, ho‘ng-hung yig‘lashardi.

Rudolfning yuzi shu darajada oqarib ketdiki, sepkillari xuddi loy sachraganday qorayib qoldi.

— Bo‘lishi mumkin emas! Bo‘lishi mumkin emas!.. — deb qichqirdi u birdan jazavasi tutib. — Yelgon! Aldamchilik! Jinoyat! Biz buni shu holda qoldirmaymiz! Bu yerdagilarning hammasi firibgar!

Notarius yelkasini qisdi.

— Tilingizni sal tiyibroq gapiring, yigitcha. Men faqat uz burchimni bajardim. Agar vasiyatnomani noto‘g‘ri deb topsangiz, qonun yo‘li bilan da’vo qilishingiz mumkin. Hozir esa buni merosxo‘rga topshirishga majburman.

Notarius stol ortidan turib, Elza Glyukning oldiga keldi-da, tavoze bilan vasiyatnomani uzatdi.

Elza hangu mang bo‘lib qoshlarini chimirdi-yu, beixtiyor qog‘ozni oldi.

Dong qotib qolgan Zauyer Elzaga tikildi. Emma Fit esa suyunishini ham, yig‘lashini ham bilmasdi. Faqat notarius bilan Shtirner xotirjam edilar.

Birdan Oskar Gotlib bir chayqaldi-yu, kreslodan sirg‘alib tusha boshladi. Hamma uning ustiga yopirildi.

— Doktorni chaqiringlar!

Xona bir zumda to‘s-to‘polon bo‘lib ketdi.

IV. BAXTIYOR QAILIQ

Karl Gotlibning mol-mulki ustidan yozgan vasiyatnomasi tasdiqlangunga qadar vasiylik tayin qilindi, shunisi ham borki, Oskar Gotlib o‘zini vasiy qilib tayinlashlariga erishdi. Shu boisdan Gotlib o‘z farzandlari bilan marhum bankirning uyida istiqomat qilish uchun qoldi. Endi yosh Rudolf Gotlib adolatli sud «qonuniy merosxo‘rlarning huquqlarini tiklashiga» qattiq ishonganidan yana o‘zini bo‘lajak voris sifatida daxlsiz tutardi.

Marhumning behisob boyliklarini hisob-kitob qilish uchun hashma xizmatchilar ishtirok etishi shart edi. Binobarin, vasiyatnoma o‘qilgan kunning ertasiga hamma ishga keldi, jumladan, Elza ham.

— Iye, sizmisiz? — taajjublanib kutib oldi uni Zauyer. — Kim sifatida bu yerga keldingiz?

— Stenografistka sifatida, — jo‘ngina javob berdi Elza.

— Milliarderlar stenografistka bo‘lib ishlamaydi! — dedi Zauyer va Elzani bir chetga tortib, davom etdi. — Iltimos, o‘tiring… Siz bilan jiddiy gaplashib olishimiz kerak.

Ular o‘tirishdi. Tun bo‘yi uxlay olmagan Otto fikrlarini bir yerga jamlamoqchi bo‘lganday peshonasini ishqadi.

— Kechadan buyon hushim boshimdan uchgan, sira o‘zimga kelolmayapman. Yeki men Shtirnerni jinoyatchi deb noo‘rin shubhalandim, yoki bo‘lmasa… U men o‘ylagandan ko‘ra ham xavfliroq. Lekin shu narsa menga ayonki, ikkovimizning o‘rtamizda o‘tib bo‘lmas to‘siq paydo bo‘lyapti… Mendan uzoqlashib ketyapsiz, Elza!

Elza unga ham taajjub, ham andak ta’na bilan qaradi.

— Rostini ayting, Elza, sizni kutayotgan baxtdan xabaringiz bormidi, yo‘qmidi?

— Xabarim yo‘q edi, — qat’iy javob berdi Elza.

— Hech bo‘lmasa Karl Gotlib o‘zining butun boyligidan ustun qo‘ygan o‘sha bebaho yaxshiligingiz yodingizdadir, axir?

— Unga biror yaxshilik qilganimni eslayolmayman.

Zauyer yana kaftini qizib ketgan peshonasiga qo‘edi.

— Aqldan ozish hech gapmas… Aytaylik, bunda Shtirnerning qo‘li bordir, — lekin bunga o‘zimam endi ishonmayman, — deylik, u qariya Gotlibga bir balo qilib ta’sir o‘tkazgaidir, qilinmagan yaxshilikka ustalik bilan ishontirib, uni ana shunday oliyasanob harakatga undagandir… U holda nima uchun Shtirner vasiyatnomani o‘z nomiga yozdirib olmadi? Yeki… — Zauyer birdan qaddini rostladi, yuzida allaqanday og‘riq ifodasi paydo bo‘ldi. — Meni kechiring, Elza, sizdan yana bitta nozik narsani so‘rashim kerak: ehtimol Karl Gotlib bilan oralaringizda biror…

Elzaning jahli chiqib, o‘rnidan turib ketdi.

— Bo‘pti, bo‘pti, gapirmayman, tinchlaning! O‘tiring, iltimos… Ko‘rib turibsiz-ku, ahvolimni… Miyam butunlay g‘ovlab ketdi. Eh, shunaqa azobda qoldimki! Yuragimdagi shubhalarimni sizga aytishim kerak, tun bo‘yi uxlayolmay chiqdim. Nima xayollarga bormadim-ye!.. Ehtimol, sizni… Gotlibning qizidir, deb ham o‘yladim…

— Menga qarang, Zauyer, hoziroq ketaman, agar…

— Balki siz… xa-xa-xa! Shtirner bilan sherikdirsiz, uning uchun niqob vazifasini bajarayotgandirsiz…

Elza yana o‘rnidan turib ketdi, ammo Zauyer uni qo‘lidan tortib, zo‘rlab o‘tqazib qo‘edi.

— O‘tiring! Oxirigacha eshiting. Tushunsangiz-chi, men yuzingizga shartta-shartta, ochiq-oydin aytayotgan gaplarni boshqalar orqangizdan gapiradi, gapiryapti ham. Bu vasiyatnoma nomingizga dog‘ tushirishini nahotki tushunmasangiz?

— Menga qarang, Zauyer, men sizni sevaman, ko‘ryapsizmi, ochiq aytyapman, ammo sabr-toqatning ham chegarasi bo‘ladi. Hatto aqldan ozgan bo‘lsangiz ham… men bunaqa tentaklikka toqat qilolmayman. Bekordan-bekorga meni haroqat qilishga kim huquq bergan sizga?

— Huquq, huquq! Meni shubhalar o‘tida azoblashga kim huquq bergan? Qayoqdan keldi bu shubhalar? — Shunday dedi-da, Zauyer jim bo‘lib qoldi, horg‘inlik bilan boshini quyi egdi.

Elzaning unga rahmi kelib ketdi. Asta bilagidan ushlab shivirladi.

— Sizni hech kim azoblayotgani yo‘q. Siz o‘zingizni-o‘zingiz azoblayapsiz. Nima keragi bor? Bizning munosabatlarimizda hech qanday o‘zgarish bo‘lgani yo‘q, Otto, qanaqa to‘siq haqida gapirayotganingizni tushunmayapman.

— Nega o‘zgarish bo‘lmas ekan? Karl Gotlibning millionlari, milliardlari-chi! Siz mamlakatdagi eng badavlat ayollardan birisiz, men bo‘lsam… Mening erkaklik g‘ururimdan bo‘lak hech narsam yo‘q. Men kambag‘alman, binobarin, puliga uchib uylandi, degan gap-so‘z bo‘lishini xohlamayman. Pul! Nahotki bu to‘siq bo‘lmasy?

— Tilla to‘la qoplar oramizda to‘siq bo‘ladi, deb kim aytdi sizga? Hech qanday To‘siq yo‘q, bo‘lmaydi ham!

Otto Zauyer Elzaga garangsibroq tikildi, lekin endi o‘zini ancha yengil sezdi.

— Nima demoqchisiz, Elza?

— Aytmoqchimanki, bu merosni olish naqadar o‘ng‘aysizligini anglash uchun Otto Zauyerga o‘xshash yuriskOnsult bo‘lish ham, kechalari uxlamay savdoyi darajasiga yetish ham shart emas. Karl Gotlibning in’omini qabul qilishni xayolimga ham keltirayotganim yo‘q. Merosxo‘rlik huquqidan voz kechaman, vassalom.

— Elza! Nahotki? — Zauyer beixtiyor qichqirib yuborgan edi, xonaning narigi burchagida mashinkasini chiqillatib o‘tirgan Emma Fit bir cho‘chib tushdi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Jahongir»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Jahongir» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Александр Амфитеатров - Александр Иванович Чупров (II)
Александр Амфитеатров
Александр Амфитеатров
Aleksandr Puŝkin - La filino de la kapitano
Aleksandr Puŝkin
Aleksandr Puŝkin
Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi
Aleksandr Belyayev
Aleksandr Belyayev
Александр Кулешов - Победил Александр Луговой
Александр Кулешов
Александр Кулешов
Отзывы о книге «Jahongir»

Обсуждение, отзывы о книге «Jahongir» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x