Aleksandr Belyayev - Jahongir

Здесь есть возможность читать онлайн «Aleksandr Belyayev - Jahongir» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, Жанр: Фантастика и фэнтези, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Jahongir: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Jahongir»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Jahongir — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Jahongir», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Glyuk Shtirnerga o‘zi ham anglab yetmagan bir dahshat bilan qaradi. Shtirner bu nigohni payqadi va qizning nazarida, uning ko‘zlarida tabassum uchqun otganday bo‘ldi.

Yetoqxonadan qaytib chiqqan Zauyer Shtirnerning oldiga keldi-da, ko‘zlariga sinchkovlik bilan tikilib so‘radi:

— Nega bunday bo‘ldi?

Shtirner bu nigohga ham bardosh berdi — faqat qoshlari bir chimirildi, xolos va xotirjam javob qildi:

— Ko‘rmay qoldim. Gotlib mendan shoshilinch telegramma jo‘natishni so‘radi. Bunga atigi besh minutgina vaqt ketdi, xolos. Qaytib kelsam, bo‘lar ish bo‘pti. Ko‘rgan odamlarning aitishicha, kuchugim Brut parovozdan qo‘rqib o‘zini chetga otgan ekan, Gotlibning oyogiga urilibdi. Chol qalqib ketib kuchuk bilan birga relsga ag‘darilib tushibdi. Brutni poyezd ikkiga bo‘lib tashlabdi. Sho‘rlik kuchugim-yey! Gotlibni esa oyoqlarini…

— Faqat kuchugingizga ichingiz achiyaptimi?

— Bema’ni gaplaringizni qo‘ying, Zauyer. Qolaversa, ta’chiya izhor etishning rasmiy usullariga kupam zo‘r beravermang. Gotlib ajoyib odam edi, unga achinaman. Lekin bundan, to‘rt oyoqli do‘stim halokatidan taassuflanmasligim kerak, degan ma’no kelib chiqmaydi.

— Juda qiziq!.. — dedi Zauyer cho‘zib va bu bilan o‘z so‘zlariga alohida ma’no bermoqchiday bo‘ldi. — Gotlib Bout dastidan o‘libdi-ya!

— Brut odam emas, kuchuk. Gotlib ham Sezar emas, ban kir, — javob berdi Shtirner istehzoli kulib va Gotlibning otoqxonasiga o‘tib ketdi.

III. IKKI VASIYATNOMA

Germaniyaning yirik bankiri Karl Gotlibning fojiali halokati haqidagi xabar butun savdo olamida shov-shuv qo‘zg‘adi. ankirning kabineti mamlakatning moliya va sanoat tomirlari tutashgan bir joy edi. Gotlib faqat banklarnigina emas, oalki iirik sanoatni ham mablag‘ bilan ta’minlab turar edi. Pinobarin, Gotlibning nogahoniy o‘limi o‘sha kuniyoq butun mamlakatda gap-so‘z bo‘lib ketdi. Gazetalar u yoki bu kreditorlar uchun bu o‘limning oqibati qanday bo‘lishi haqida bahs yuritar, moliyaviy kuchlar nisbatidagi o‘zgarishlar va boshliqsiz qolgan bankning taqdiri xususida har xil taxminlar yozivdardi. Gotlibning o‘rnini birov egallaydimi yoki bank yopiladimi — o‘rtada ana shu savol turardi. Gazetalarning muxbirlari o‘quvchilarni Gotlibning merosxo‘rlari — qarindoshurug‘lari bilan tanishtirishdi: marhumning ukasi, yer egasi Oskar Gotlib, uning Rudolf ismli yigirma to‘rt yoshli o‘g‘li va to‘rtta qizi bor. Qaysidir bir gazeta yosh yigit bilan badavlat qizlarga hatto qanchadan meros tegishini ham hisoblab chiqdi. Aslida zse Gotlibdan qolgan boylik qanchaligini hali hech kim bilmasdi.

Savdo olami hayajonda, gazetalarda shov-shuv, Karl Gotlib uyida esa fojiali tugagan inson umriga so‘nggi nuqta qo‘yilmoqda edi.

Qonuniy merosxo‘rlar sifatida shoshilinch chaqirtirilgan yuzlari qip-qizil, basavlat Oskar Gotlib bilan uning sepkildor tirmizaklari uyda halitdan o‘zlarini xo‘jayinday tutishardi.

Oskar Gotlib labini tishlab, qovoqlarini uydy. Boyib ketish imkoniyati haqidagi xayol ko‘zlarida uchqun bo‘lib o‘ynardi. Ammo bir tomoni odob, bir tomoni esa akasidan judo bo‘lgani tufayli yuragini o‘rtayotgan achinish tuyg‘usi uni andak tiyib turardi. Lekin farzandlari ochiqdan-ochiq tantana qilishar, behisob mol-mulk qurshovida entikib, lazzatlanishardi. O‘g‘li Rudolf, Oskarning katta qizlari Luiza bilan Gertruda xonadan xonaga o‘tib, devordagi antiqa suratlarni tomosha qilishar, qimmatbaho buyumlarni siypalab ko‘rishar, yumshoq kreslolarga o‘tirib buyumlarni o‘zlaricha taqsimlashar, bahslashishar, tinmay xaxolab kulishar va har xil rejalar tuzishardi…

Karl Gotlibning majruh tanasiga kesilgan oyoqlarini qo‘shib, salobatli daxmaga ko‘mishdi. Dafn kunining ertasiga vasiyatnomani ochish tayin qilingandi.

Bu marosim ancha dabdabali bo‘ldi. Unga Karl Gotlibning ayrim xizmatchilari, jumladan, Zauyer, Shtirner, Glyuk va Fitlar taklif etilgandi.

Shtirner yozuv stoli ortida loqayd bir kayfiyatda oq qog‘ozga kuchuklarning rasmini chizib o‘tirardi.

— Marhum amakimning sekretari siz bo‘lasizmi? — deb so‘radi undan Rudolf Gotlib. — Marhamat qilib, meni yuqori qavatga olib chiqing, bir ko‘z tashlab qo‘yay…

Shtirner indamay stol ustidagi qo‘ng‘iroq tugmachasini bosdi. Eshikda xizmatkor ko‘rindi.

— Gans, mana bu janobni yuqori qavatga olib chiqing! — Shunday deb u yana rasm chizishga tushib ketdi.

Rudolf churq etmadi, ammo jahli chiqqanidan rangi o‘chib ketdi.

Bir burchakda Glyuk va Fit bilan bu manzarani kuzatib o‘tirgan Zauyer miyigida kulib qo‘edi.

— Qarang-a, Elza, Shtirner o‘zini xuddi merosxo‘rday tutadi-ya… Rostini aytsam, uning qiliqlariga sirayam tushunolmayapman. Yangi xo‘jayinlar ko‘chaga haydab chiqarishlarini kutyaptimi, hayronman…

— Bizning qismatimiz nima bo‘lishini ham xudo biladi, — dedi Emma tashvishli bir ohangda.

— Nima qipti, haydashsa — sayyor sirkka kassir bo‘lishga to‘g‘ri keladi, — kulib so‘z qotdi Elza.

— Hazilni qo‘ying, Elza. Men jiddiy gapiryapman. Shtirner katta bir o‘yin boshlaganga o‘xshaydi. — Zauyer ovozini pastlatib davom etdi: — Karl Gotlibning o‘limi g‘alatiroq tuyulmayaptimi sizga?

Elza Zauyerga qaradi.

— Bu bilan nima demoqchisiz, Otto? Axir Shtirner falokat ro‘y bergan paytda yo‘q ekan-ku…

— Ha-ha! Demak, Gotlibning o‘limi tasodifiy emasligi haqidagi fikr sizning ham xayolingizga kelibdi-da? Hamma gap kuchukda! Bordi-yu, u qandaydir bir narsaning ta’siri ostida harakat qilgan bo‘lsa-chi? Agar yanglishmasam, Shtirner o‘z ilmiy ishida ishontirish va uzoq masofadan kishi fikriga ta’sir qilish masalalari bilan shug‘ullangan… O‘z kuchuklari bilan qanday mashg‘ulotlar o‘tkazishini bilasizmi? O‘sha kuni kechqurun sayrdan qaytayotganimizda Falk chopib kelib etagingizdan tortgani yodingizdami?

— Qanday dahshat! — shivirladi Fit. — Kuchuklariga buyurib, bizni g‘ajitib tashlasa-ya!

Zauyer kuldi.

— Unga foydasi yo‘q buni. Shtirnerning kuchuklari yirikryuq o‘ljani ko‘zlashadi. Lekin Gotlibning o‘limidan unga nima foyda? Bu odamning turgan-bitgani sir. U bilan bir yildan ortiqroq vaqtdan beri birga ishlaymiz, har kuni uchrashib turamiz, lekin hech qaysimiz uning xonasiga kirmaganmiz, shunday: masmi? Nima qiladi u xonasida? Qamalvolib, qanday rejalar tuzarkin?

…Ovora bo‘lasan. Koroning manzara suratini olishing mumkin. Lekin muqaddas Sebastyanni o‘la qolsam bermayman!

Opa-singil Gotliblar amakilaridan qolgan meros ustida o‘. charo bahslashib, xonadan o‘tib qetishdi.

Zauyer nafasini ichiga yutdi.

Xonalardagi qo‘ng‘iroqlar chalinib, hammani marhum xo‘jayinning kattakon kabinetiga chorladi. Kabinetdagi yozuv stol ortida gardishi qora ko‘zoynak taqqan, ozgingina bir chol — notarius o‘tiradi. U nihoyatda rasmiyatchi odam edi, binobarin, konvertlar ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmupidan merosxo‘rlarni ogoh qilishdan qat’iyan bosh tortdi. Noiyuj qolgan Gotlib avlodlari notariusning meros sirini yashirib yotgan qalin portfeliga hayajon bilan tikilib o‘tirishardi. Notarius portfelidan shoshmasdan bir paketni olib, muhrlari butunligini hammaga ko‘z-ko‘z qilib ko‘rsatdi, so‘ng paketii ochib, vasiyatnomani o‘qiy boshladi.

Vasiyatga binoan hamma mol-mulk marhumning ukasi Oskar Gotlibga o‘tgan edi, shuningdek, ancha-muncha pul frau Shmitgofga, bir qism mablag‘ esa eski xizmatchilarga vasiyat qilingandi.

Gotlib va uning farzandlari vasiyatnoManI oxirigacha eshitib bo‘lib, yengil nafas olishdi. Ammo shu payt natarius:

— Bu birinchi vasiyatnoma… — deb e’lon qildi. Hamma dong qotib qoldi. „

— Demak, ikkinchysi ham bor ekan-da? — deb suradi oskar Gotlib tashvish bilan.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Jahongir»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Jahongir» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Александр Амфитеатров - Александр Иванович Чупров (II)
Александр Амфитеатров
Александр Амфитеатров
Aleksandr Puŝkin - La filino de la kapitano
Aleksandr Puŝkin
Aleksandr Puŝkin
Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi
Aleksandr Belyayev
Aleksandr Belyayev
Александр Кулешов - Победил Александр Луговой
Александр Кулешов
Александр Кулешов
Отзывы о книге «Jahongir»

Обсуждение, отзывы о книге «Jahongir» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x