Paulo Coelho - Alkimyogar

Здесь есть возможность читать онлайн «Paulo Coelho - Alkimyogar» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Жанр: Современная проза, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Alkimyogar: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Alkimyogar»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

1982 yilda Coelho hech bir taʼsirga ega boʻlmagan oʻzining birinchi asari, «Hell Archives»'ni («Doʻzax arxivlari») yaratdi. 1985 yilda u keyinchalik «yomon sifati» uchun ommadan qaytarib olishga harakat qilgan «Practical Manual of Vampirism»'ga («Vampirizm boʻyicha amaliy qoʻllanma») hissa qoʻshdi. 1988 yilda Coelho Borges’ning «Ikki hayolparast ertagi»(«Tale of Two Dreamers»)ga asoslangan «Alchemist» asarini nashrdan chiqardi. Dastlabki sekin sur’atlardagi asar sotuvi nashriyotni asarni qaytarishiga olib keldi, lekin aynan ushbu asar Braziliyaning eng koʻp sotilgan asari boʻldi. U 11 milliondan ortiq nusxada sotilib, dunyoning 41 tiliga tarjima qilindi. Ushbu asar asosida Coelho asarlarini sevuvchi Laurens Fishburn kino yaratmoqda. Coelho 150dan ortiq mamlakatda 86 milliondan ortiq asarlari nusxasini sotib, uning asarlari 56 tilga tarjima qilingan. U turli xil adabiyot mukofotlariga, shu jumladan La Legion d’Honneur(Fransiya), Grinzane Cavour (Italiya) mukofotlariga sazovor boʻlgan.Yana Braziliya gazetasi Folha San Pauloda nashr etgan satrlari toplanmasi boʻlgan Maktub asari, «Sat down and wept», «The Valkyries» ni ham yozgan. Koel’o asarlarining Eronda mashhurligiga qaramay, uning 2005 yilda nashr etilgan «The Zahir» asari taʼqiqlanib, 1000ta nusxasi konfiskatsiya qilingan, lekin 1 hafta oʻtmay, ular yana kitob doʻkonlarida paydo boʻlgan. Uning asarlari bestsellerlar qatoridan nafaqat Braziliyada balki AQSh, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Eron, Kanada, Italiya, Isroil, Finlandiya, Serbiya, Gretsiya,Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Polsha va Litvalarda ham oʻrin olgan. U har vaqtning eng koʻp sotilgan Portugal tilli muallif hisoblanadi. U yana Sovgʻa(The Gift/Henry Drummond) va Paygʻambarning Sevgi maktublari (Love letters of a Prophet/Kalil Gibran) ham moslashtirgan. Coelho 45 dan ortiq davlatda haftalilik sahifalar uchun yozadi. Ushbular qatorida Turkiyaning Aksam va Austrian Kurier’ning Freizeitʼi ham oʻrin olgan.

Alkimyogar — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Alkimyogar», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Shunday deb u qo’shib qo’ydi: qalb faqat odamlarga xos xususiyat emas, olamdagi jamiki unsurlarda — u toshmi, giyohmi, hayvon yoki hatto fikrmi — barisida qalb bor.

— Barchasi, yerda neki mavjud, doimo o’zgarib turadi, chunki yerning o’zi — tirik va qalbga ega. Biz hammamiz shu ulkan Qalbning qismlarimiz, shuning uchun o’zimizga, uning mudom ezgulik qilishi haqida, hisob bermaymiz. Ammo sen, o’sha do’konda ishlagan paytingda billur omadingga imkon tug’dirganini tushunishing kerak edi.

Santyago miq etmay goh oyga, goh oppoq qumga qarab qo’yib, uning gaplarini eshitdi.

— Men karvonning sahroda qanday yurishini ko’rdim, — dedi u nihoyat. — Karvon sahro bilan bir tilda muomala qiladi, shuning uchun ham sahro uning yo’lini ochib qo’yadi. Sahro uning har bir qadamini nazorat qiladi va sinovdan o’tkazadi, agarda o’zi bilan uyg’unligiga ishonch hosil qilsa, uni vohaga o’tkazadi. Bu tilni bilmagan kishi, qanchalik jasur bo’lmasin, safarning boshidayoq halok bo’ladi.

Endi ular ikkalasi ham oyga qarashardi.

— Bu o’sha belgilar sehrining ayni o’zi, — davom etdi Santyago. — Men tuyakashlarning sahro belgilarini qanday uqishlarini ko’rdim — karvon qalbining sahro qalbi bilan sirlashishi bu.

Uzoq jim turganidan so’ng, nihoyat angliyalik so’z qotdi:

— Ha, aftidan, karvonga zehn solib qarashim kerakka o’xshaydi.

— Men esa sening kitoblaringni o’qishim kerak, — javob qildi bo’zbola.

Bu kitoblarni tushunish qiyin edi. Ularda simob va tuz, podshohlar va ajdaholar haqida yozilgandi, biroq harchand urinmasin Santyago hech nimani tushunmadi. Shunday esa-da, baribir, hamma kitoblarda takrorlanadigan bir fikrni u anglab yetdi: olamdagi barcha mavjud unsurlar — ayni bir narsaning turli-tuman ko’rinishlaridir.

Bitta kitobdan u alkimyo haqidagi eng muhim ma’lumotlar — zumrad sathiga chizilgan sanoqli satrlarda ekanini bilib oldi.

— Bu “Zumrad Lavhasi” deyiladi, — dedi angliyalik, yo’ldoshiga bilmagan narsalarni o’rgata olishidan mamnun bo’lib.

— Unda buncha kitobning nima keragi bor?

— Mana shu sanoqli satrlarni tushunish uchun, — dedi angliyalik o’ziga unchalik ishonqiramagan ohangda.

Santyagoni, ayniqsa, mashhur alkimyogarlar haqida hikoya qilingan kitoblar qiziqtirdi. Ular laboratoriyalarda metallarni tozalashga umrlarini bag’ishlagan kishilar edi: agar biror-bir metalga uzoq yillar mobaynida ishlov berilaversa, oxir-oqibat o’z xususiyatini yo’qotadi va bu unsur Olam Qalbiga molik bo’ladi, deb ishonishardi ular. Va shunda donishmandlar yer yuzida mavjud har qanday unsurning mohiyatini anglab yetadilar, zotan, Olam Qalbi bu unsurlar o’zaro muloqot qiladigan o’sha tilning ayni o’zi. Ular bu kashfiyotni Ulug’ Ijod deb atashadi, u esa ikki: qattiq va suyuq unsurlardan tarkib topgan.

— Bu tilni egallash uchun odamlar va belgilarni o’rganishning o’zi yetarli emasmi? — bilgisi kelib so’radi Santyago.

— Yuzaki qarashga bunchalik o’ch bo’lmasang! — toqatsizlanib javob qildi angliyalik. — Alkimyo — jiddiy fan. Bu fan har bir harakating donishmandlarning yo’l-yo’riqlariga to’la-to’kis muvofiq bo’lishini talab qiladi.

Bo’zbola Ulug’ Ijodning suyuq unsuri Obi-hayot deb atalishini, u alkimyogar umriga umr qo’shishidan tashqari, hamma kasalliklarga davo ekanini bildi. Qattiq unsur — bu Iksir.

— Uni topish oson emas, — dedi angliyalik. — Alkimyogarlar ko’p yillar laboratoriyalarida metalga ishlov berish uchun ter to’kishadi. Ular mudom olovga tikilishadi, o’z mashg’ulotlari bilan band bo’lib, tiriklik tashvishlarini unitishadi va bir kun kelib metalni tozalab o’zlari ham poklanishganini payqashadi.

Shunda Santyago billur sotuvchining: idishlarni yuvganingda o’zingning ruhing ham ortiqcha illatlardan tozalanadi, degan gapini esladi. Bo’zbola alkimyoga kundalik turmushda ham o’rgansa bo’lishiga tobora ishonch hosil qilardi.

— Bundan tashqari, — davom etdi angliyalik, — Iksir g’aroyib xususiyatga ega: uning bir ushog’i ham xohlagan hajmdagi metalni oltinga aylantira oladi.

Bu gapni eshitgandan so’ng Santyagoning alkimyoga qiziqishi juda oshdi. Faqat ozgina sabr-toqat kerak, shunda xohlagan narsani oltinga aylantirsa bo’ladi, deb o’yladi u. Axir, u mana shu ishni uddalashgan donishmandlar: Gelvetsiy, Elias, Fulkanelli, Geber haqida o’qigan, o’qiganlari uni hayajonga solgan. Bu odamlar o’z Yo’llarini oxirigacha bosib o’tishgan. Ular dunyo kezishgan, allomalar bilan uchrashishgan, olam sirini bilib bo’lmaydi, degan skeptiklarni lol qoldirish uchun mo’’jizalar yaratishgan, chunki — eng muhimi — ular oxir-oqibat Iksir va Obi-hayotni o’z qo’llariga olish imkoniga ega bo’lishgan.

Biroq Santyago Ulug’ Ijod nimaligini kitoblardan bilib olishga uringanida boshi berk ko’chaga kirib qoldi: ular ko’plab almoyi-aljoyi suratlardan tashqari, nuqul oldi-qochdi gaplar bilan ham to’lib-toshgan edi.

— Nega alkimyogarlarning ishlari bu qadar chalkash-chulkash? — so’radi bo’zbola bir kuni oqshom o’zining kitoblarini o’qiy olmay zerikib o’tirgan angliyalikdan.

— Chunki ularni tushunish imkoni alkimyo bilan bog’liq jarayonlarning butun mas’uliyatini anglaydigan kishilargagina berilgan. Tasavvur qilib ko’r, agar xohlagan odam cho’yanni oltinga aylantiraversa nima bo’lishini. Tez orada oltinning qadri cho’yan bilan tenglashadi. Qat’iyatli va bilimdonlargagina Ulug’ Ijod sirlari nasib etdi. Shuning uchun men hozir bu yerda, sahroning o’rtasidaman. Men sirli yozuvni o’qiy oladigan chin alkimyogarni uchratishim kerak.

— Bu kitoblar qachon yozilgan?

— Ko’p asrlar burun.

— Axir, o’sha paytlar bosmaxonalar bo’lmagan-ku. Qadimda ham, hozir ham — baribir alkimyoni duch kelgan odam egallay olmagan. Shunday ekan, nima uchun bu kitoblar bunaqa murakkab tilda yozilgan, suratlari nega g’alati?

Angliyalik javob bermadi. Faqat keyincha, biroz jimlikdan so’ng: necha kundan beri karvonni sinchiklab kuzatayapman, biroq hech qanday yanglikni payqamadim, dedi. Faqat qabilalar o’rtasida janglar bo’layotgani tez-tez quloqqa chalina boshladi.

Oradan bir necha kun o’tib, Santyago angliyalikka kitoblarini qaytardi.

— Xo’sh, nimalarni tushunding endi ulardan? — yarim hazil, yarim umid ilinjida so’radi angliyalik: tashvishli o’y-xayollardan chalg’ishi uchun uning kim bilandir gurunglashgisi keldi.

— Tushunganim shu bo’ldiki, olamning qalbi bor ekan va kimda kim bu qalbga uyg’unlasha bilsa, mavjudlikning tilini tushunarkan. Tag’in shuni tushundimki, ko’pgina alkimyogarlar o’z Yo’lini topishgan va Olam Qalbi, Iksir hamda Obi-hayotni kashf etishgan, — dedi Bo’zbola va biroz jim turgach, qo’shib qo’ydi: — Eng muhimi, bular bari shu qadar oddiyki, hammasi jajji zumrad sathiga sig’arkan.

Angliyalikning kayfiyati buzildi. Na o’zining uzoq vaqt o’qiganiyu na timsollar, na dono kalomlaru na turli-tuman kimyoviy tajribada ishlatiladigan idishlar — birortasi Santyagoda hech qanday taassurot uyg’otmagan edi.

“U juda sodda ekan, shu bois tushunmaydi”, — o’yladi angliyalik, keyin kitoblarini yig’ib, tuyaga ortilgan jomadonlariga joyladi.

— Endi o’zingning karvoning bilan shug’ullanaver, — dedi u. — Menga ulardan, xuddi senga mening kitoblarimdan yuqmaganiday, zig’ircha zang yuqqani yo’q.

Santyago tag’in sahro sukunatini tinglamoqqa va qumning tuyalar tuyoqlarida to’zg’iyotganini kuzatmoqqa kirishdi.

“Har kimning o’zining o’qib-o’rganish usuli bor, — o’yladi u. — Unga meniki to’g’ri kelmaydi, meniki esa — unga. Biroq har ikkalamiz ham o’z yo’limizni qidirayapmiz va faqat shuning uchungina uni hurmat qilmaslik qo’limdan kelmaydi”.

Quyosh ufqdan bosh ko’tara boshlaganda Santyago uyg’ondi. Tunda yulduzlar jilvalangan tomonda endi son-sanoqsiz xurmo daraxtlari ko’zga ilinar, go’yo butun sahroni xurmozor bosib ketganday tuyulardi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Alkimyogar»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Alkimyogar» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Alkimyogar»

Обсуждение, отзывы о книге «Alkimyogar» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x