Nikolay Gogol - Rojdestvo arafasidagi tun

Здесь есть возможность читать онлайн «Nikolay Gogol - Rojdestvo arafasidagi tun» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, Год выпуска: 1980, Издательство: «Yosh Gvardiya», Жанр: Классическая проза, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Rojdestvo arafasidagi tun: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Rojdestvo arafasidagi tun»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Rojdestvo arafasidagi tun — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Rojdestvo arafasidagi tun», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Haligi zaporojyeli:

— Bizlar tarki dunyo qilganlardan emasmiz, biz ham gunohkor bandalardanmiz. Isavilarning barisi yeingari biz ham ovqatlarga o‘chmiz. Oramizda uylanganlar ko‘p va lekin ular sechada xotinlari bilan turmaydilar. Xotinini Polshaga tashlab kelganlar ham bor, Ukrainada xotini borlar ham bor, Turk yurtida xotini borlar ham bor [7] Zaporojyening odati bo‘yicha u yerga xotin keltirganlarga o‘lim jazosi berilardi. . — dedi.

Shu orada temirchiga kavush keltirdilar. Temirchi uni mahkam ushlab olib:

— Xudoyo tavba, muncha chiroyli! Ulug‘ malika, muz otgani borganingizda ham oyog‘ingizga shunaqa kavush kiyib borasizmi, ajabo! Bunday kavush kiyadigan oyoqlar qanday ekan, toza qanddan bo‘lsa kerak deyman, — dedi.

Oyoqlari risoladagidek chiroyli va roso bo‘lgan malika, garchi qoracha bo‘lsa ham libosi o‘ziga yarashganidan kelishgan deguday soddadil temirchining og‘zidan bunday xushomadni eshitib kulimsirab qo‘ydi.

Malikaning iltifotidan taltayib ketgan temirchi, poshsholar bol bilan moydan boshqa narsa yemasliklari rostmi, yana shunga o‘xshash allanimalarni so‘ramoqchi bo‘lib turib edi, zaporojyelilarning biqiniga turtayotganlarini fahmlab, indamay qo‘ya qoldi. Malika qariyalarga boqib, ulardan yurtlaridagi rasm-rusumlarni surishtirib, hol-ahvol so‘rab turganida, sekin ketiga chig‘anib, cho‘ntagiga engashibroq: «Darrov meni bu yerdan olib ket», deyishi bilanoq, o‘zini g‘ovdan nariroqda ko‘rdi.

* * *

Bo‘zchining semiz xotini ko‘chaning o‘rtasida bir to‘p xotinni yig‘ib olib:

— Xudo ursin, suvga cho‘kdi, yolg‘on bo‘lsa turgan joyimdan siljimay o‘lay! — deb javrar edi.

— Axir, men yolg‘on gapirib yurgan xotinmanmi? Bitta-yarimtaning sigir-pigirini o‘g‘irladimmi? Birovga ko‘zim tegdimi, nega menga ishonmaysizlar? — deb baqirar edi, burni ko‘k, kazakcha ko‘ylak kiygan xotin qo‘lini paxsa qilib, — Temirchi o‘zini osganini kampir Pereperchixa o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan bo‘lsa suv icholmay o‘lay!

Chubnikidan chiqib kelayotgan da’voshi, bu gapni eshitib:

— Ana xolos, temirchi o‘zini osibdi-ya! — dedi-da, mojaro qilib turganlarga yaqinroq keldi.

— Araq icholmay o‘lay desangchi undan ko‘ra, qurib ketgur bangi! — deb javob qaytardi unga bo‘zchining xotini. — Senga o‘xshagan jinni bo‘lsa o‘zini-o‘zi osar edi, suvga tashladi, muzni yorib suvga cho‘kdi! Sening shu topda araqxonadan chiqqaningni annq bilsam, uning suvga cho‘kkanini ham shunday bilaman.

Burni ko‘kargan kampir achchig‘lanib:

— Voy manjalaqi, sharmanda, topgan gapini qarang, har kuni kechqurun munshi senikiga kirib yurganini bilmaydi, deb o‘ylaysanmi? — dedi.

Bo‘zchining xotini tutaqib ketdi.

— Munshing nimasi? Kimnikiga kiradi? Yolg‘onchi!

Ko‘k xitoyi mato bilan sirma qilib quyon terisidan tikilgan po‘stin kiygan munshining xotini mojarolashib turganlar tepasiga borib:

Munshi? — dedi cho‘zib. — Munshi bilan bo‘lgan jazosini yeydi, kim aytdi?

Burni ko‘kargan xotin bo‘zchining xotiniga ishora qilib:

— Munshi anavinikiga kirib-chiqib yuradi! — dedi.

Munshining xotini bo‘zchining xotini tepasiga o‘dag‘aylab borib:

— Sen mochag‘armi hali unga issiq-sovuq ichirib, boshini gangitib yurgan! — dedi.

Bo‘zchi xotini orqasiga tisarilib:

— Mal’un, nari tur-e! Nari tur-e, — derdi.

— Ha, la’nati yalmog‘iz, bolang o‘lsin iloyim, qurib ketgur, tuf basharangga… — munshining xotini bo‘zchi xotinining ko‘ziga tufurdi.

Bo‘zchining xotini ham uning basharasiga tufurmoqchi edi-yu, biroq, mojaroni tuzukroq eshitay deb xotinlarga yaqinroq kelib turgan da’voshining tarashlangan boshiga tufurib yubordi. Da’voshi etagi bilan basharasini artarkan: «Ha, mochag‘ar», deb qamchisini ko‘tarib dag‘dag‘a qilib edi, xotinlarning barisi har tarafga to‘zib qochdilar. Da’voshi aft-basharasini artarkan, so‘kinishini qo‘ymay: «Ha, iflos palid!» der edy yalang.

— Shunday qilib, temirchi suvga cho‘kibdi-da, xudov tovba! Xo‘p usta suratkash edi-ya! Qanday pishiq pichoqlar, o‘roqlar, omochlar yasardi! Juda kuchli azamat edi-ya, ha, — deb qo‘ydi, so‘ngra birpas o‘ylanqirab tur, gandan keyin, — qishlog‘imizda unday odam kam. Qop ichida o‘tirganimdayoq fahmlagan edim-a, bechoraning avzoi yomon edi. Ana xolos! Kecha bor edi, bugun yo‘q! Targ‘il baytalimni taqalatmoqchi edim-a!.. — Da’voshi bunday xayollarga cho‘mganicha asta-asta uyiga yetib keldi.

Oksana bu xabarni eshitib ichidan kuydi. Pereperchi. xaning o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, deganiga, xotinlarning, poyma-poy gaplariga uncha ishonmas edi, temirchininy xiyla taqvodor odam bo‘lib, o‘z joniga o‘zi qasd qili» shiga ham ishonmas edi. Lekin qishloqqa sira qaytib kelmaydigan bo‘lib, bosh olib chiqib ketgan bo‘lsa ni» ma qiladi? Temirchidek azamatning topilishi qiyin. U qizni juda yaxshi ko‘rardi! Hech kim chidolmagan erka. liklarini faqat u ko‘tarib kelayotib edi-ku. Go‘zal qiz tuni bilan betoqat bo‘lib, o‘rnida tinch yotolmay uyoqdanbuyoqqa ag‘anab, tong otguncha sira uxlamadi. Goh tun qorong‘isida o‘ziga-o‘zi dakki berib to‘lg‘anar, goh orom olib, hech o‘ylamay der edi-yu, ammo xayolidan yigit ket. masdi. Kechasi bilan kuyib-o‘rtanib, ertalabgacha temir. chining maftuni bo‘ldi. Temirchining taqdiriga Chub xafa ham, xursand ham bo‘lmadi. Uning fikri yolg‘iz bir narsa bilan band: So. loxaning bevafoligini hech unutolmadi, uyquga yotib ham uni so‘kar edi.

Tong otdi. Odamlar erta sahardan butxonaga keli. sha berdi. Doka ro‘mol o‘ragan, oq movut kamzul kiygan dindor keksa xotinlar butxona eshigidan kirar-kirmas cho‘qinishardi. Ko‘k va sariq nimcha, orqasida popuqli zar to‘n kiygan boyvuchcha xotinlar hammadan oldinda turardilar. Boshiga allaqancha rang-barang lenta bog‘lab olgan, bo‘yni to‘la marjon, but va tangalar taqib olgan qizlar mehrobga yaqinroq borib olishga harakat qilardilar. Ammo hammadan oldinda mo‘ylovdor, kokil qo‘ygan, bo‘yni yo‘g‘on, iyagi tarashlangan, aksarisi tagidan oq, ba’zida ko‘k kamzuli chiqib turgan, chakmon kiygan boyu kambag‘allar aralash turardilar. Qayoqqa qarasang bayram kayfiyati. Da’voshi ro‘zasini kolbasa bilan ochmoq xayolida tamshanar edi. Qizlar yigitlarga qo‘shilib, muzda uchamiz deb suyunar edilar, kampirlar duo-fotihani bugun astoydilroq o‘qir edilar. Kazak Sverbuguz bosh egib sajda qilganda butxonadagilarning hammasiga eshitilar, yolg‘iz Oksana o‘zidan bexabardek parishon holda turar edi. Namoz o‘qiyaptimi, yo‘qmi, ma’lum emas. Biridan-biri alamli, biridanbiri g‘amgin tuyg‘ular ko‘ngliga g‘am solar, qayg‘usi shunchalik oshgan ediki, chehrasida g‘amu hasratdan o‘zga hech narsa ko‘rinmas edi. Ko‘ziga jiq-jiq yosh to‘ldi. Qizlar uning bu holiga sabab nimaligini aslo tushunolmadilar, sabab temirchi ekani ularning xayoliga ham kelmadi. Ammo xayoli temirchi bilan band bo‘lgan yolg‘iz Oksana emasdi. Qishloq ahillarining barisi nazarida bayram bayramga o‘xshamas, bir narsa yetmaganday edi. Aksiga olib, munshi ham qopga tushgandan beri xirillab qolib, duoni bo‘g‘ilib zo‘rg‘a o‘qir edi. qal’adan kelgan hofiz yaxshi o‘qisa ham, temirchining‘ yo‘qligi bilinib turardi, chunki ibodat vaqtida: «E, bor xudoyo» ni yokn «g‘ulmonlar bilan» ni o‘qiganda temirchi ham hofizlar yoniga chiqib, poltavachasiga hofizlik qilib ketar edi. Bundan tashqari, temirchidan boshqa hech kim butxonaga mutavallilik qilmas edi. Er«

Talabki ibodat o‘tdi, peshingisi ham o‘tdi, lekin temirchi hayeqqa yo‘qoldiykin?

* * *

Shayton avvalgidan ham hattitsroq jadaliga olib biz zumda temirchini uyiga olib keldi. Temirchi qarasa, uyining oldida turibdi. Xuddi shu paytda xo‘roz sichqirdi. Shayton qutuldim, deb sevinib ketmohchi bo‘lgan edi, temirchi uning dumidan tutib: «Qayoqqa borasan? Shoshma, birodar, hali ishing bitgani yo‘q/xizmating muzdini berganim yo‘q», deb qo‘liga gavron olib uch marta boplab urdi. Bechora shayton, maslahatchining darrasini yegan kambagaldek juftakni urib qoldi. Shunday qilib, odamizodning dushmani vasvasa qilib, birovni yo‘ldan ozdiraman, deb o‘zi ta’zirini yedi Qeyin Vakula og‘ilxonaga kirib, tushgacha pichan ichida uxladi. Uyg‘ongach, oftobning ancha ko‘tarilib qolganini ko‘rib, ertalabki namozni ham, tushkisini ham o‘tkazib yuboribman, deb kapalagi uchib ketdi; namozxon temirchi, o‘z jonimga o‘zim qasd qilib, imonimni sotmoqchi bo‘lganimga xudoning qahri kelib, meni g‘aflat bosdiribdi, bunday ulug‘-ayyom kunlarda butxonaga borolmayapman, deb ko‘ngli ancha xira bo‘ldi. Ammo kelasi hafgadayeq pop qoshiga borib, gunohimni aytib tovba qilay, bugundan boshlab yil bo‘yi har kuni ellik martadan sajda qilay, degan niyatni qilib uyiga kirdi; uyda hech kim yo‘q. Soloxa hali qaytib kelmabdi shekilli, Kavushni sekin avaylab qo‘ynidan oldi, kosibiga qoyil qolib, yana bir marta tomosha qildi, so‘ngra o‘tgan kechasi ko‘rgan ajoyibotlariga xo‘p taajjublandi. Keyin yuvindi, zaporojyelilardan olgan to‘nini kiyib yasanib oldi. Poltavaga borganda olgan bo‘lsa ham haligacha sira kiymagan tepasi ko‘k barra telpagini ham sandiqdan oldi. Rang-barang yangi belbog‘ini ham oldi: bularning hammasini tugib, bitta qamchinni ham qo‘shib, to‘ppa-to‘g‘ri Chubnikiga jo‘nadi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Rojdestvo arafasidagi tun»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Rojdestvo arafasidagi tun» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Rojdestvo arafasidagi tun»

Обсуждение, отзывы о книге «Rojdestvo arafasidagi tun» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x