Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi

Здесь есть возможность читать онлайн «Aleksandr Belyayev - KETS Yulduzi» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Город: Toshkent, Жанр: Фантастика и фэнтези, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

KETS Yulduzi: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «KETS Yulduzi»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

KETS Yulduzi — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «KETS Yulduzi», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Bu ovoz menga yana o‘zimning dardisar vazifamni eslatdi. Men ko‘l va chiroqlarga shartta orqamni o‘girib, to‘da orasidan soqolli kishilarni qidira boshladim.

Bir payt qorasoqolli noganish kishini ko‘rganday bo‘ldik. Endi Tonyaga aytmoqchi bo‘lib turuvdim, uning o‘zi xitob qilib qoldi:

— Qarang, qarang! — dedi u osmonga ishora qilib.

Biz yerga yaqinlashib kelayotgan oltin yulduzni ko‘rdik. Olomon jim bo‘lib qoldi. Shu on olisdan gulduragan ovoz eshitildi. Beg‘ubor osmonda momaqaldiroq ovozi! Bu guldurosga tog‘lar bo‘g‘iq aks sado bilan javob berdilar. Daqiqa sayin shovqin kuchayib, yulduzcha kattalkshib borardi. Uning orqasida quyuq tutun ko‘rina boshladi va ko‘p o‘tmay yulduzcha qanotli sigara tusiga kirdi. Bu faqat qit’alararo uchadigan kema bo‘lishi mumkin. Olomon orasidan xitoblar eshitildi.

— Kets-yetti!

— Yo‘q, Kets besh!

Raketa birdan kichik doira yasadi-da, quyrug‘ini pastga qilib to‘ntarilib oldi. Undan alanga otilib chiqar, kemaning tezligi ham tobora pasayib, asta-sekin ko‘l ustiga yaqinlashib kelardi. Uning bo‘yi eng katta parovozning bo‘yidan ham ancha uzun edi. Og‘irligi ham, nazarimda, undan kam emasdi.

Mana, nihoyat, bahaybat narsa suv sathiga bir necha o‘n metr qolganda go‘yo havoda osilib qoldi: portlab yonayotgan gaz kuchi uni muallaq holda tutib turadi. Gaz chiqitlari suv yuzini titratib, mavjlantirardi. Ko‘l ustini tutun qoplab olgan edi.

Keyin po‘lat sigara sekin-sekin pastlay boshladi, ko‘p o‘tmay uning quyrug‘i suvga tegdi. Suv vaqirlab, jo‘sh urib ketdi. Raketa bug‘ bilan qoplandi. Gulduros shovqin to‘xtadi. Bug‘ bilan tutun orasidan raketaning o‘tkir uchi bir ko‘rindi-yu, g‘oyib bo‘ldi. Suv qattiq chayqaldi. Bahaybat to‘lqin kater va glisserlarni tebratib, butun ko‘l bo‘ylab taraldi. Raketa ko‘rinmasdi. Yo‘q, ana, irojektor nuri tushib, suv yuzida yarqirab ko‘rinib qoldi.

Odamlar baravariga qichqirishib, raketani muvaffaqiyatli qo‘ngani bilan tabriklashardi. Bir necha kater, xuddi qaldirg‘och kitga tashlanganday, chayqalib turgan raketa tomon suzib ketdi. Kichkina qora kater uni shatakka olib, sohilga sudrab keldi. Ikki baquvvat traktor maxsus ko‘prikdan qirg‘oqqa tortib chiqardi. Nihoyat lyuk ochilib raketadan qit’alararo sayohatchilar chiqishdi.

Birinchi chiqqan sayyoh qattiq aksira boshladi. Olomon orasida kulgi va xitoblar eshitildi: «Salomat bo‘ling!»

— Doim shunaqa bo‘ladi, — deb javob berdi osmondan tushgan sayyoh. — Yerga tushishim bilan shamollab qolaman, yo‘talaman.

Men poyonsiz samo qo‘ynida bo‘lgan bu odamga katta qiziqish va hurmat bilan qaradim. Shunaqa dovyuraklar ham boo-a! Men raketada uchishga hecham rozi bo‘lmasdim.

Sayyohlarni tantana bilan kutib olishdi, hamma ulardan nimalarnidir so‘rab-surishtirar, tinmay qo‘l qisishardi. Fazogirlar avtomobilga o‘tirib jo‘nab ketishdi. Olomon siyraklasha boshladi. Chiroqlar o‘chdi. Birdan oyoqlarim to‘ngib qolganini payqadim. Etim junjikib, ko‘nglim aynardi.

— Juda ko‘karib ketibsiz, — dedi nihoyat rahmdillik qilib Tonya. — Yuring uyga.

Mehmonxonaga kiraverishda meni semiz, tepakal kishi qarshi oldi. Ahvolimni ko‘rib:

— Toqqa mazangiz yo‘q ekan, yigit, — deb bosh chayqab qo‘ydi u.

— Sovqotdim, — javob berdim men.

Shinam oshxonada ovqatlanib o‘tirib, semiz kishi bilan gaplashib qoldik. U vrach ekan. Choy ustida undan shaharni va uchib kelgai raketani nima uchun Kets deb atashlarini so‘radim.

— Yulduzning ham nomi shunday, — javob berdi doktor. — Kets yulduzi. Eshitmaganmisiz? Hamma gai shunda. Bu shahar ham ana shu yulduz tufayli qurilgan. Nima uchun Kets deb ataladi? Nahot payqamagan bo‘lsangiz? Siz bu yoqqa uchib kelgan stratoplan kimning loyihasi bo‘yicha qurilgan?

— Siolkovskiy loyihasi bo‘yicha bo‘lsa kerak, — javob berdim men.

— Bo‘lsa kerak… — dedi doktor ranjiganday, cho‘zib. — Bo‘lsa kerak emas, xuddi shunday. Siz ko‘rgan raketa ham, yulduz ham uning loyihasi bo‘yicha qurilgan. Shuning uchun ham Kets deb ataladi: Konstantin Eduardovich Siolkovskiy. Tushundingizmi?

— Tushundim, — javob berdim men. — Kets Yulduzi qanaqa yulduz?

— Yerning sun’iy yo‘ldoshi. Fazodagi stansiya-laboratoriya, ayni vaqtda, sayyoralararo uchuvchi raketalar uchun raketodrom.

IV. BEHUDA QUVISH

Anchadan beri bu tungiday qattiq uxlamagan edim. Agar Tonya kelib soat oltida uygotmaganida kunduz soat o‘n ikkigacha uxlashim aniq edi.

— Tezroq ko‘chaga yuring, — dedi u. — Hozir ishchilar bilan xizmatchilar ishga borishadi.

Kallai saharlab yana izquvarlik rolimni bajarishga kirishdim.

— Paley degan odamning shu yerda yashash-yashamasligini spravka byurosi orqali bila qolsak bo‘lmasmikin?

— Be’mani gap, — dedi Tonya. — Buni Leningraddaligimizdayoq surishtirganman…

Biz tosh ko‘chadan borardik. Quyosh allaqachon tog‘ tepasiga ko‘tarilgan bo‘lsa ham badanim junjikar, hamon nafasim bo‘g‘ilardi. Muzliklar yarqirab, ko‘z ochirmasdi.

Uzoqda kichkina bog‘ ko‘rindi — bu mahalliy bogbonlarning o‘simliklarni iqlimga moslashtirish yo‘lidagi urinishlarining samarasi. Kets shahri qurilgunga qadar bu yerda, bir necha ming metr balandlikda hech qanday giyoh o‘smagan.

Yuraverib charchadim. Bir oz o‘tirishni taklif qildim. Tonya rozi bo‘ldi.

Oldimizdan odamlar tinimsiz o‘tib turardi. Ular bemalol gaplashib, kulishib borishardi — qisqasi, o‘zlarini juda tetik his qilishardi.

— Ana! Ana! — deb qichqirib yubordim birdan.

Tonya o‘rnidan sakrab turib, bilagimdan ushlab oldi, biz oyog‘imizni qo‘limizga olib mashina orqasidan chopa ketdik. Mashina raketodromga eltadigan to‘ppa-to‘g‘ri yo‘ldan yelday uchib borardi. —

Chopish qiyin edi. Nafasim qisilardi. Kunglim behuzur bo‘lardi. Boshim aylanib, oyoq-qo‘lim titrardi. Bu gal Tonyaning ham mazasi qochdi, lekin sira to‘xtay demasdi.

Shu alpozda o‘n minutlar chamasi yugurdik. Qora soqolli kishi o‘tirgan avtomobil hali ko‘zdan uzoqlashmagan edi. Tonya oirdan ko‘chani kesib o‘tdi-da, qo‘llarini yozib, ro‘paradan kelayotgan mashinaning yo‘lini to‘sdi. Mashina keskin to‘xtadi. Tonya kabinaga sakrab chiqib, meni qo‘limdan tortdi.

Shofyor bizga hangu mang bo‘lib tikilib turardi.

— Anavi mashinaning orqasidan haydang tezroq! — deb buyurdi Tonya. Uning ovozi shunday qat’iy chiqdiki, shofyor g‘ing demay, mashinasini orqaga qaytarib, gazni oxirigacha bosdi.

Yo‘l ajoyib edi. Tezda so‘nggi uylar ham ortda qolib, oldinda raketodrom kaftda turganday ko‘zga tashlandi. Keng «temir yo‘lda» ulkan laqqa baliq yanglig‘ raketa yotardi. Raketa atrofida odamlar uymalanishardi. Birdan sirena tovushi yangradi. Odamlar shoshib o‘zlarini chetga olishdi. Raketa temir izlardan yeirg‘angancha tezligini oshira borib, nihoyat, o‘qday uchib ketdi. Lekin hali raketaning portlatgichlari ishga tushirilmagan, u xuddi tramvayday, elektr toki bilan harakat qilardi. Yo‘l toqqa tomon o‘ttiz gradus qiyalik bilan ko‘tarilardi. Io‘lning tugashiga bir chaqirimcha qolganda raketaning quyrug‘idan bir suchoq alanga otilib chiqdi. Raketa tutun bilan qoplandi. Keyin kuchli portlash ovozi eshitildi. Bir necha daqiqadan so‘ng qudratli havo to‘lqini bizni gandiraklatib yubordi. Raketa orqasida, tutundan uzun oq iz qoldirib, samo qa’riga kirib borardi. Ko‘p o‘tmay u qora nuqtaga aylanib, ko‘zdan goyib bo‘ldi.

Biz raketodromga yetib keldik. Ammo, afsuski, yerda qolanlar orasida qora soqolli kishi yo‘q edi…

V. FAZODA YASHASHGA NOMZOD

Tonya olomon orasiga o‘zini urib, hammadan, qora soqolli kishini ko‘rmadinglarmi, deya so‘rab-surishtira ketdi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «KETS Yulduzi»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «KETS Yulduzi» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Манфред Кетс де Врис - Уравнение счастья
Манфред Кетс де Врис
Манфред Кетс де Врис
Aleksandr Puŝkin - La filino de la kapitano
Aleksandr Puŝkin
Aleksandr Puŝkin
Aleksandr Belyayev - Jahongir
Aleksandr Belyayev
Aleksandr Belyayev
Александр Кулешов - Победил Александр Луговой
Александр Кулешов
Александр Кулешов
Отзывы о книге «KETS Yulduzi»

Обсуждение, отзывы о книге «KETS Yulduzi» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x