Paulo Coelho - Alkimyogar

Здесь есть возможность читать онлайн «Paulo Coelho - Alkimyogar» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Жанр: Современная проза, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Alkimyogar: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Alkimyogar»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

1982 yilda Coelho hech bir taʼsirga ega boʻlmagan oʻzining birinchi asari, «Hell Archives»'ni («Doʻzax arxivlari») yaratdi. 1985 yilda u keyinchalik «yomon sifati» uchun ommadan qaytarib olishga harakat qilgan «Practical Manual of Vampirism»'ga («Vampirizm boʻyicha amaliy qoʻllanma») hissa qoʻshdi. 1988 yilda Coelho Borges’ning «Ikki hayolparast ertagi»(«Tale of Two Dreamers»)ga asoslangan «Alchemist» asarini nashrdan chiqardi. Dastlabki sekin sur’atlardagi asar sotuvi nashriyotni asarni qaytarishiga olib keldi, lekin aynan ushbu asar Braziliyaning eng koʻp sotilgan asari boʻldi. U 11 milliondan ortiq nusxada sotilib, dunyoning 41 tiliga tarjima qilindi. Ushbu asar asosida Coelho asarlarini sevuvchi Laurens Fishburn kino yaratmoqda. Coelho 150dan ortiq mamlakatda 86 milliondan ortiq asarlari nusxasini sotib, uning asarlari 56 tilga tarjima qilingan. U turli xil adabiyot mukofotlariga, shu jumladan La Legion d’Honneur(Fransiya), Grinzane Cavour (Italiya) mukofotlariga sazovor boʻlgan.Yana Braziliya gazetasi Folha San Pauloda nashr etgan satrlari toplanmasi boʻlgan Maktub asari, «Sat down and wept», «The Valkyries» ni ham yozgan. Koel’o asarlarining Eronda mashhurligiga qaramay, uning 2005 yilda nashr etilgan «The Zahir» asari taʼqiqlanib, 1000ta nusxasi konfiskatsiya qilingan, lekin 1 hafta oʻtmay, ular yana kitob doʻkonlarida paydo boʻlgan. Uning asarlari bestsellerlar qatoridan nafaqat Braziliyada balki AQSh, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Eron, Kanada, Italiya, Isroil, Finlandiya, Serbiya, Gretsiya,Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Polsha va Litvalarda ham oʻrin olgan. U har vaqtning eng koʻp sotilgan Portugal tilli muallif hisoblanadi. U yana Sovgʻa(The Gift/Henry Drummond) va Paygʻambarning Sevgi maktublari (Love letters of a Prophet/Kalil Gibran) ham moslashtirgan. Coelho 45 dan ortiq davlatda haftalilik sahifalar uchun yozadi. Ushbular qatorida Turkiyaning Aksam va Austrian Kurier’ning Freizeitʼi ham oʻrin olgan.

Alkimyogar — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Alkimyogar», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

“Men otamni, onamni ham, tug’ilgan qishlog’imdagi qal’ani ham tashlab keldim, — o’yladi u. — Ular ayriliqda yashashga ko’nikishdi, men ham shunga odatlandim. Demak, bunga qo’ylar ham ko’nikadi mening yo’g’imda”.

U yana maydonga tepadan turib qaradi. Makkabodroq savdosi qizigandan qizirdi: ana, qariya bilan haligina gurunglashgan so’rida endi bir juft oshiq qaymoqlashib o’tirishibdi.

“Savdogar…” — o’yladi Santyago, biroq fikrini yakunlashga ulgurmadi — kuchaygan “lavanta shamoli” shiddat bilan to’g’ri yuziga urildi.

Shamol faqat bosqinchi mavrlar yelkanlarini ko’tarib qolmagan, balki o’zi bilan xavotirli sahro garmselini, chodralarga o’rangan ayollar bo’yini, bir zamonlar nimalarnidir qidirib, oltinu sarguzasht ishtiyoqida izg’iganlarning ter va umid-orzulari hidini ham olib kelgan. Shamol ehromlar nafasini ham olib kelgan. Bo’zbolaning erkin, daydi shamolga havasi keldi va o’zi ham uningday bo’la olishini his etdi. O’zidan boshqa hech kim yo’lini to’sa olmaydi. Qo’ylar, movutchining qizi-yu Andalusiyaning yaylovlari — bular bari o’z Yo’lini topguncha bosib o’tiladigan so’qmoqlar, xolos.

Ertasi kuni choshgohda u bozor maydonida paydo bo’ldi va o’zi bilan oltita qo’yni haydab keldi.

— G’alati ish bo’ldi, — dedi u qariyaga. — Do’stim hech qanday gap-so’zsiz mendan butun bir otarni sotib oldi va umr bo’yi cho’pon bo’lishni orzu qilgandim, dedi. Yaxshilik alomati bu.

— Hamisha shunday bo’ladi, — javob qildi qariya. — Buni Xayrli Ibtido deyishadi. Agarda sen, misol uchun, hayotingda birinchi marta qarta o’ynashga o’tirsang, aftidan, yutgan bo’larding. Boshlovchilarning omadi keladi.

— Nega bunday bo’ladi?

— Chunki hayot sening o’z Taqdiring yo’lidan borishingni xohlaydi va omadlarni yor etib, ishtahangni ochadi.

Shundan so’ng qariya qo’ylarni kuzata boshladi va bittasi oqsoqlanayotganini aytdi. Bo’zbola buning ahamiyati yo’qligini, suruvdagi eng aqlli, boz ustiga, eng ko’p jun beradigan shu qo’y, deya tushuntirdi.

— Xo’sh, endi, xazinani qaerdan izlash kerak? — so’radi u.

— Misrdan, ehromning yonidan.

Santyago esankiradi. Lo’li kampir ham xuddi shu gapni aytgandi, faqat buning uchun undan hech nima olmadi.

— Tangri har bir odamning bu dunyodagi yo’lini belgilab qo’yadi, sen u yoqqa ana shu belgilar orqali yo’l topasan. Faqat sen belgilarni — nimalar yozib qo’yilganini o’qiy bilsang bas.

Santyago javob qilib ulgurmadi, u bilan qariya o’rtasida bir kapalak pirillab aylanaverdi. U bolaligida bobosidan go’yo kapalak omad keltirishi haqida eshitganini esladi. Xuddi qora chigirtka, kaltakesak va yo’ng’ichqaning bargchalariday.

— Aynan shunday, — ming’irladi qariya uning xayolidan o’tgan fikrni uqib. — Hammasi xuddi bobong senga aytganiday. Bu o’sha belgilar, ularga amal qilsang, yo’lingni yo’qotmaysan.

Shu so’zlarni ayta turib, u to’shini yalang ochdi va hayratga tushgan Santyago kecha ko’zini qamashtirgan yarqiroq jilvani esladi. Qariya oltindan quyulgan, qimatbaho toshlar bilan bezalgan sipar taqib yurardi. Aslida ham u podshoh edi, yupinroq kiyinib yurishining sababi esa, aftidan, talonchilar tashlanib qolmasligi uchun bo’lsa kerak.

— Mana, ol, — dedi qariya va sipardan ikkita, oq va qora toshni ko’chirib, ularni Santyagoga uzatdi. — Bular Urim va Tummim deyiladi. Oqi “ha”ni, qorasi esa “yo’q”ni anglatadi. Belgilarning ma’nosini uqolmay qolganingda ular senga asqotadi. So’rasang — javob beradi. Biroq yaxshisi, — davom etdi u, — har qanday holatda o’zing bir qarorga kelganing ma’qul. O’zing bilasan, xazina — ehrom yonida, oltita qo’yni men senga bir qarorga kelishingga ko’maklashganim uchun olaman.

Bo’zbola toshlarni to’rvasiga bekitdi. Endi, bundan keyin biror qaror qabul qilguday bo’lsa faqat o’ziga tayanadi, xolos.

— Unutma, dunyodagi hamma narsa bir butun, yaxlit. Alomatlar tilini yodingdan chiqarma. Va, eng muhimi, shuni yodingdan chiqarmaginki,sen oxirigacha o’z Taqdiring yo’lidan ketishing kerak. Endi men senga muxtasar bir rivoyatni aytib beraman.

Bir savdogar o’g’lini baxt nima, uning qanday sir-asrorlari bor, bilsin deb eng mash-hur donishmand huzuriga yuboribdi. O’g’lon qirq kecha-kunduz sahro kezib, nihoyat tog’ tepasidagi ajoyib bir qal’ani ko’ribdi. Bu qal’ada u izlab yurgan Donishmand yasharkan.

Kutilganidek, qal’a donishmandning uzlatga chekingan kimsasiz kulbasiga sira ham o’xshamas, aksincha, odam bilan to’la edi: savdogarlar lash-lushlarini ko’rsatib u yoq bu yoqqa chopqilashar, ba’zilari burchak-burchaklarda gaplashib turishar, mo’’jazgina sozandalar guruhi mayin kuy ijro etar, zalning o’rtasida, bu o’lkada topsa bo’ladigan jamiki noz-ne’matlarga to’la to’kin dasturxon tortilgan.

Donishmand bamaylixotir mehmonlar bilan bir-bir ko’rishib-so’rashib chiqadi va yigitchaning navbati yetguncha rosa ikki soat kutishiga to’g’ri keladi.

Nihoyat Donishmand uning tashrifidan ko’zlagan maqsadini eshitadi, biroq baxt nimaligiyu, uning qanday sir-asrorlari borligini hozir tushuntirib o’tirishga vaqti yo’qligini aytadi. Yigitchaga qal’ani tomosha qilib, aylanib chiqqin, ikki soatdan keyin shu joyga kelasan, deb tayinlaydi.

“Darvoqe,sendan yana bir so’rovim bor, — deydi u yigitchaga ikki tomchi moy solingan choyqoshiqni uzatib. — Bu qoshiqchani olgin, qara, tag’in moy to’kilmasin”.

Yigitcha, ko’zini qoshiqchadan uzmay, zinalardan chiqib-tushib saroyni aylanadi, ikki soatdan so’ng yana Donishmand qoshida hozir bo’ladi.

“Xo’sh, — deydi Donishmand, — oshxona zalidagi forsiy gilamlar senga yoqdimi? Bog’dagi dov-daraxtlar, gulzorlar-chi? Ularni qo’li gul bog’bonlar o’n yil deganda barpo etishgan. Mening kutubxonamdagi eski qalin kitoblar, teriga bitilgan qo’lyozmalar-chi?”

O’sal bo’lgan yigitcha bularni ko’rmaganini tan oladi, zotan, qal’ani aylanganda u butun diqqatini xo’jayin qo’liga ishonib topshirgan choyqoshiqdagi moydan uzmagan edi.

“Izingga qayt va mening uyimdagi mo’’jizalarni tomosha qil, — dedi shunda Donishmand. — Turish-turmushini ko’rib bilmagan odamingga qanday ishonasan”.

Yigitcha qo’lida qoshiq bilan yana saroyni aylangani jiladi. Bu safar u oldingiday diqqat bo’lmay, xonalarni bezab turgan kamyob jihozlarni, san’at asarlarini ko’rib chiqadi. U bog’larni va qal’ani o’rab turgan qoyalarni kuzatadi, gullarning va suratu haykallarning go’zalligini o’zicha baholaydi. Donishmandning oldiga qaytgach, u ko’rganlarining hammasini oqizmay-tomizmay aytib beradi.

“Ikki tomchi moy qani, men senga to’kib qo’yma deb taylagandim?”— so’raydi Donishmand.

Shunda yigitcha qoshiqchadagi moyning to’kilganini payqaydi.

“Mana shu men senga beradigan birdan-bir maslahat, — deydi unga donolar donosi. — Baxtning siru asrori dunyoning bor jozibasiyu tarovatini ko’ra bilishda va ayni paytda choyqoshiqdagi ikki tomchi moyni ham hech qachon yoddan chiqarmaslikda”.

Santyago rivoyatni eshitib uzoq jim qoldi. U qariyaning nima demoqchi bo’lganini tushundi. Cho’pon dashtu dala kezishni yaxshi ko’radi, biroq qo’y-qo’zisini hech qachon unutmaydi.

Santyagoga qadalib qarab, podshoh Malkisidiq qo’llarini tutashtirdi va g’alati harakat bilan bo’zbolaning boshi ustidan sermadi. Keyin esa, qo’ylarni oldiga solib, o’z yo’liga ravona bo’ldi.

Mo’’jazgina Tarif shaharchasi ustida, bir zamonlar mavrlar qurgan, eski qal’a qad rostlab turibdi. Agar minoraga chiqib qaralsa, makkabodroq sotuvchisining qutisi turgan maydon kaftdagiday ko’rinadi. Bu joydan Afrika qirg’oqlarining uzunchoq parchalari ham ko’zga tashlanadi. O’sha kuni qal’a devorida, yuzini mashriqdan esayotgan shamolga tutib, Malkisidq — Salim podshohi o’tirgan edi. Taqdirlarida kechgan alg’ov-dalg’ov o’zgarishlardan bezovtalanayotgan qo’ylar yangi xo’jayinidan nariroqda qo’shoqlanganday g’uj bo’lib turardi. Ularni hali ham qiziqtirib turgan eng muhim narsa yemish edi.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Alkimyogar»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Alkimyogar» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Alkimyogar»

Обсуждение, отзывы о книге «Alkimyogar» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x