Aleksandr Grin - Yashil chiroq

Здесь есть возможность читать онлайн «Aleksandr Grin - Yashil chiroq» весь текст электронной книги совершенно бесплатно (целиком полную версию без сокращений). В некоторых случаях можно слушать аудио, скачать через торрент в формате fb2 и присутствует краткое содержание. Издательство: “Ma’rifat” gazetasi, Жанр: Классическая проза, uz. Описание произведения, (предисловие) а так же отзывы посетителей доступны на портале библиотеки ЛибКат.

Yashil chiroq: краткое содержание, описание и аннотация

Предлагаем к чтению аннотацию, описание, краткое содержание или предисловие (зависит от того, что написал сам автор книги «Yashil chiroq»). Если вы не нашли необходимую информацию о книге — напишите в комментариях, мы постараемся отыскать её.

Yashil chiroq — читать онлайн бесплатно полную книгу (весь текст) целиком

Ниже представлен текст книги, разбитый по страницам. Система сохранения места последней прочитанной страницы, позволяет с удобством читать онлайн бесплатно книгу «Yashil chiroq», без необходимости каждый раз заново искать на чём Вы остановились. Поставьте закладку, и сможете в любой момент перейти на страницу, на которой закончили чтение.

Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Aleksandr Grin

Yashil chiroq

(hikoya)

I

Londonda 1920-yili qish payti Pikadelli ko‘chasini kesib o‘tgan bir chorrahada yaxshi kiyingan o‘rta yoshli ikki kishi bir zum to‘xtashdi. Ular hozirgina qimmatbaho bir restorandan chiqqan edilar. U yerda ikkovlari kechki ovqatdan so‘ng sharobxo‘rlik qilishgan, Dryurilen teatrining artistkalari bilan hazillashib valaqlashgandilar.

Endi yerda harakatsiz yotgan, tepasiga odamlar yig‘ila boshlagan eski kiyimli yigirma besh yoshlardagi yigit ularning e’tiborini tortdi.

— Stilton! — Semiz jentelmen o‘zining baland bo‘yli oshnasi yerda yotgan odamga sinchiklab qarayotganini ko‘rib, jirkanish bilan uning yengidan tortqiladi. — Rostini aytsam, shu o‘laksa odam shuncha o‘ralashishga arzimaydi. U mast yoki o‘lgan.

— Men ochman… ham tirikman, — g‘o‘ldiradi u bechora badbaxt va nimanidir o‘ylab qolgan Stiltonga ko‘z tashlamoqchi bo‘lib sal o‘rnidan ko‘tarildi. — Hushdan ketib, yiqilibman, shekilli.

— Reymar! — dedi Stilton. — Rosa hazilbop voqea bu. Menda bir qiziq fikr tug‘ildi. Bir xil ermaklar jonimga tegdi. Faqat bir yo‘l: odamlarni o‘yinchoq qiladigan hazil — eng yaxshi hazil.

Bu so‘zlar shu qadar sekin aytildiki, hozirgina yerda yotgan, endi esa panjaraga suyanib turgan odam bularni eshitmadi.

Hamma narsaga loqayd qaraydigan Reymar ensasi qotib, yelkalarini qisdi, Stilton bilan xayrlashib, tunni o‘tkazish uchun o‘rgangan klubiga qarab yo‘l oldi. Stilton esa odamlarning tahsini ostida va polismenning yordami bilan holsiz odamni keb (bitta derazali usti yopiq arava)ga o‘tqazdi.

Fayton Gay ko‘chasidagi karvonsaroyli restoranga qarab ketdi. Daydining oti Jon Iv ekan. Irlandiyadan Londonga xizmatmi, ishmi izlab kelibdi. Iv yetimlikda bir o‘rmonchining xonadonida tarbiyalanibdi. Boshlang‘ich maktabdan keyin hech qanday ma’lumot olmabdi. Iv 15 yoshga kirganda, tarbiyachisi vafot etibdi. O‘rmonchining katta bolalari kimi Amerikaga, kimi Janubiy Uelsga, kimi Ovro‘poga ketib qolishibdi, shundan keyin Iv ham bir fermerning qo‘lida ishlay boshlabdi. So‘ngra shaxtyor (ko‘mir qazuvchi), dengizchi, qovoqxona xizmatchisi kabi ishlarning tuzini totishga to‘g‘ri kelibdi, 22 yoshida o‘pkasi shamollab, qattiq kasallanibdi, kasalxonadan chiqqach, Londonga kelib, baxtini sinab ko‘rishga ahd qilibdi. Ammo raqobat va ishsizlik tufayli tezda ish topish oson emasligini ko‘ribdi. U istirohat bog‘lari, bandargohlarda tunar, kundan-kunga ko‘proq och qolardi, natijada ozib-to‘zib, ramaqijon bo‘lib ketibdi. Sitidagi savdo omborlarining boshlig‘i Stilton uni yuqorida ko‘rganimizday ko‘tarib olgandi.

40 yoshli Stilton shu paytgacha qo‘noq va ovqat tashvishini bilmaydigan, pulga nima qilish mumkin bo‘lsa, o‘shaning hammasini qilib yurgan bo‘ydoq kishi edi. U 20 million funtlik mol-mulk egasi edi. Uning Iv uchun o‘ylab topgan maynavozchilik hazili juda arzimagan bir ish edi, ammo Stilton o‘z ixtirosi bilan g‘ururlanar— di, chunki o‘zini juda katta tasavvur qobiliyatiga ega va mug‘ombirona o‘y-xayollar ustasi deb bilishni yoqtirardi.

Iv ozroq musallas ichib, ishtaha bilan ul-bul yeb olgach, Stilton xayolida o‘zi to‘qigan tarixni gapirib berdi.

— Sizga bir taklifim bor, aytsam, shu ondayoq ko‘zingiz chaqnab ketadi. Diqqat bilan eshiting: men sizga o‘n funt beraman, shart shuki, siz ertagayoq markaziy ko‘chalarning biridan bir xonani ijaraga olasiz. Derazasi ko‘chaga qaragan, o‘zi ikkinchi qavatda bo‘lsin.

Har kuni kechqurun roppa-rosa soat beshdan kechasi o‘n ikkigacha har doim bitta deraza tokchasida yashil qalpoqli chiroq yoqilgan bo‘lishi kerak. Chiroq belgilangan muddatda yonib turarkan, siz soat beshdan o‘n ikkigacha uydan chiqmaysiz, hech kimni uyga kiritmaysiz, hech kim bilan gaplashmaysiz. Bir so‘z bilan aytganda, qiyinmas. Agar rozi bo‘lsangiz, men sizga har oyda o‘n funtdan yuborib turaman. Sizga kimligimni aytmayman.

Iv dahshatli darajada hayratga tushdi.

— Agar hazillashmayotgan bo‘lsangiz, — deb javob berdi u, — hatto men o‘z nomimni unutishga ham tayyorman. Ammo, mumkin bo‘lsa, ayting-chi, mening bunday tinch hayotim qancha davom etadi?

— Bunisi noma’lum. Ehtimol, bir yil, balki, umr bo‘yi davom etar.

— Yanayam yaxshi. Ammo so‘raganim uchun aybga qo‘shmang — bu yashil illyuminatsiya (charog‘bonlik) sizga nima uchun zarur bo‘lib qoldi?

— Sir! — deb javob berdi Stilton. — Buyuk sir! Chiroq siz hech qachon tushunib yetmaydigan odamlar va ishlar uchun ishora bo‘lib xizmat qiladi.

— Tushundim. To‘g‘rirog‘i, hech narsaga tushunmadim. Yaxshi: pulni cho‘zing va bilib qo‘ying: ertagayoq men ma’lum qilgan manzilda Jon Iv chiroq bilan derazani yoritib qo‘yadi!

Shu tariqa g‘alati bitim tuzildi, so‘ngra daydi bilan millioner bir-birlaridan mamnun holda xayrlashdilar.

Xayrlashayotganda Stilton shunday dedi:

— Yo‘qlab olinadigan xatga mana bunday: «3-33-6» deb yozing. Yana bir narsani yodingizda tuting, balki bir oydan keyin, balki bir yildan keyin, qachonligi noma’lum, qisqasi, hech kutilmaganda sizni ziyorat qilgani odamlar kelishadi va sizni boy qilib yuborishadi. Bu nima uchun va qanday bo‘lishini sizga izohlashga haqqim yo‘q. Ammo bu voqea, albatta, sodir bo‘ladi…

Iv Stiltonni olib ketayotgan faytonga qarab:

— Jin ursin, — deb ming‘illab qo‘ydi va xayolga botgancha qo‘lidagi o‘n funtlik pulni aylantirib ko‘rdi. — Yo bu odam aqldan ozdi, yoki men o‘ta baxtli odamlardanman! Bor-yo‘g‘i kuniga yarim litr kerosin yoqib bitkazishim uchun shuncha marhamat ato qilsa-ya!

Ertasiga River ko‘chasidagi 52-uyning ikkinchi qavatidagi bir deraza mayingina yashil yog‘du tarata boshladi. Chiroq derazaning kesakisiga taqab qo‘yilgandi.

Qarshidagi uyning yo‘lkasida ikki yo‘lovchi birmuncha vaqt yashil derazaga qarab turishdi, keyin Stilton shunday dedi:

— Mana, ko‘rdingizmi, azizim Reymar, zerikkan paytlaringizda shu yerga keling va jilmayib qo‘ying. Deraza ortida, anov uyda bir ahmoq o‘tiribdi. Arzon garovga sotib olingan, haqini bo‘lib-bo‘lib bersa bo‘ladigan, uzoq vaqtgacha shu holda tutib turishing mumkin bo‘lgan bir ahmoq. Zerikkanidan bora-bora mayxo‘r bo‘lib ketadi yoki aqldan ozadi… Lekin o‘zi bilmagan narsasini kutib yashaydi. Ana o‘zi, qara!

Chindan ham, derazaga manglayini bosib turgan odamning qora sharpasi yarim qorong‘i ko‘chaga qarab turardi, xuddiki: «Kim u yerda? Nima qilaman kutib? Kim kelarkin» deb so‘rayotganga o‘xshardi.

— Ammo siz ham axmoqqinasiz, azizim, — dedi Reymar, oshnasini qo‘ltiqlab avtomobil tomonga tortib ketarkan. — Bu hazilning nima qizig‘i bor?

— O‘yinchoq… tirik odamdan o‘yinchoq, — dedi Stilton, — eng mazali taom bu!

II

1928-yilda Londonning chekka dahalaridan birida joylashgan kambag‘allar kasalxonasi birdan dahshatli oh-vohlar bilan to‘ldi: hozirgina keltirilgan qari chol, yuzlari ozib-to‘zib ketgan, iflos va yomon kiyingan bir odam qattiq og‘riqqa chidayolmay dod-voy solardi. U qorong‘i bir buzuqxonaning qora zinapoyasida qoqilib ketib, oyog‘i sinibdi.

Sho‘rlikni ko‘rikdan o‘tkazarkan, to‘qimalarda darhol boshlangan shamollash jarayonini ko‘rgan jarroh uni operatsiya qilish kerak, degan xulosaga keldi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, cholni o‘ringa olib kelib yotqizishdi. U tezda uyquga ketdi, uyg‘onganda esa oldida o‘zini o‘ng oyoqdan mahrum qilgan o‘sha jarroh o‘tirganini ko‘rdi.

— Uchrashgan joyimizni qarang-a! — dedi doktor, ko‘z qarashlari ma’yus novcha kishi, jiddiy bir ohangda. — Meni taniyapsizmi, mister Stilton: Men — Jon Ivman, siz menga har kuni yoniq turgan yashil chiroq yonida navbatchilik qilishni topshirgandingiz. Men sizni bir ko‘rishda tanidim.

Читать дальше
Тёмная тема
Сбросить

Интервал:

Закладка:

Сделать

Похожие книги на «Yashil chiroq»

Представляем Вашему вниманию похожие книги на «Yashil chiroq» списком для выбора. Мы отобрали схожую по названию и смыслу литературу в надежде предоставить читателям больше вариантов отыскать новые, интересные, ещё непрочитанные произведения.


Отзывы о книге «Yashil chiroq»

Обсуждение, отзывы о книге «Yashil chiroq» и просто собственные мнения читателей. Оставьте ваши комментарии, напишите, что Вы думаете о произведении, его смысле или главных героях. Укажите что конкретно понравилось, а что нет, и почему Вы так считаете.

x